bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Numbers 19
Numbers 19
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 18
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 20 →
1
[1-2] Muso bilan Horun orqali Isroil xalqiga Egamiz quyidagi qonunni berdi: sizlar bizga bitta nuqsonsiz malla g‘unajinni olib kelinglar. G‘unajinga bo‘yinturuq urilmagan bo‘lsin.
2
***
3
Malla g‘unajinni ruhoniy Elazarga beringlar. So‘ng g‘unajinni qarorgohdan tashqariga olib chiqib, Elazarning oldida so‘yinglar.
4
Ruhoniy Elazar g‘unajinning qoniga barmog‘ini botirib, qonni Uchrashuv chodirining oldi tomoniga qarata yetti marta sepsin.
5
So‘ng jonivor butunligicha — terisi, go‘shti, qoni, ichak–chovoqlari bilan birga Elazarning ko‘zi oldida kuydirilsin.
6
Ruhoniy sadr yog‘ochini, issop o‘tining bir tutamini va qirmizi ipni olib, yonayotgan g‘unajin ustiga tashlasin.
7
So‘ng ruhoniy yuvinib, kiyimlarini ham yuvsin. Shundan keyingina u qarorgohga qaytib kirishi mumkin. Lekin ruhoniy kechgacha harom bo‘ladi.
8
G‘unajinni yoqqan odam ham yuvinib, kiyimlarini yuvsin. U ham kechgacha harom bo‘ladi.
9
Keyin birorta pok odam g‘unajinning kulini yig‘ishtirib, qarorgoh tashqarisidagi toza joyga olib borib qo‘ysin. Isroil xalqi bu kulni poklanish suviga solib ishlatish uchun saqlasin. Bu kul odamlarni gunohlardan poklash marosimida ishlatiladi.
10
G‘unajinning kulini yig‘ishtirgan odam ham kiyimlarini yuvsin, u ham kechgacha harom bo‘ladi. Bu — Isroil xalqi uchun ham, ularning orasida yashayotgan musofirlar uchun ham doimiy qonun–qoida.
11
Har qanday kishining murdasiga tekkan odam yetti kun harom bo‘ladi.
12
Murdaga tekkan odam poklanish suvi bilan uchinchi va yettinchi kuni o‘zini poklasin. Shunda u pok bo‘ladi. O‘sha odam uchinchi va yettinchi kuni o‘zini poklamasa, harom bo‘lib qolaveradi.
13
Murdaga tegib, o‘zini poklamagan odam Egamizning Muqaddas chodirini bulg‘agan bo‘ladi. Poklanish suvi o‘sha odamning ustiga sepilmagani uchun u haromligicha qoladi. Bunday odam Isroil xalqi orasidan yo‘q qilinsin.
14
Agar odam chodirda vafot etsa, quyidagi qoidaga rioya qilinglar: o‘sha paytda chodirda bo‘lgan va chodirga kirgan hamma odamlar yetti kun harom bo‘lishadi.
15
Chodirdagi qopqog‘i yopilmagan, usti ochiq har qanday idish ham harom bo‘ladi.
16
Agar birorta odam ochiq maydonda o‘ldirilgan yoki o‘z ajali bilan o‘lgan kimsaning jasadiga, marhumning suyagiga yoki qabriga tegsa, u yetti kun harom bo‘ladi.
17
Harom bo‘lgan odam uchun gunohdan poklash maqsadida kuydirilgan malla g‘unajinning kulidan olib idishga solinglar, so‘ng kulning ustiga oqar suvdan quyinglar.
18
Pok odam issopni olib, suvga botirsin–da, suvni chodirga, chodirdagi hamma jihozlarga, chodirdagi odamlarga sepsin. Odamning suyagiga, marhumga, o‘ldirilgan kimsaning jasadiga yoki qabrga tekkan odamning ustiga ham o‘sha suvdan sepsin.
19
Uchinchi va yettinchi kunlari pok odam harom odamga suvdan sepib, yettinchi kuni uni poklasin. Poklangan odam yuvinib, kiyimlarini yuvsin. Ana shunda kechqurunga borib u pok bo‘ladi.
20
Harom bo‘la turib o‘zini poklamagan har qanday odam Isroil jamoasi orasidan yo‘q qilinsin. Chunki poklanish suvi sepilmagan o‘sha odam haromligicha qolib, Egamizning Muqaddas chodirini bulg‘agan bo‘ladi.
21
Bu — sizlar uchun doimiy qonun–qoida. Poklanish suvini sepgan odam kiyimlarini yuvsin. Poklanish suviga tekkan har qanday odam kechgacha harom bo‘lib qoladi.
22
Harom odam tekkan har qanday narsa haromdir. Harom odamga tekkan odam ham kechgacha harom bo‘ladi.
← Chapter 18
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 20 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36