bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Numbers 4
Numbers 4
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 3
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 5 →
1
Muso bilan Horunga Egamiz yana dedi:
2
“Endi Levi qabilasidan bo‘lgan Qohot avlodini urug‘i va xonadoni bo‘yicha sanab chiq.
3
Uchrashuv chodirida xizmat qilishga yaroqli, o‘ttiz yoshdan ellik yoshgacha bo‘lganlarni sana.
4
Qohot urug‘ining xizmati Uchrashuv chodirining eng muqaddas ashyolari bilan bog‘liq bo‘ladi.
5
Yo‘lga chiqqaningizda, Horun va uning o‘g‘illari chodirga kirib, ahd sandig‘ini to‘sib turadigan ichki pardani yechishsin. O‘sha parda bilan sandiqni yopishsin.
6
So‘ng uning ustidan yumshoq teridan qilingan yopinchiq tashlashsin. Uning ustidan esa sidirg‘a ko‘k choyshab tashlashsin. So‘ng xodalarni joy–joyiga o‘rnatishsin.
7
Keyin muqaddas nonlar qo‘yiladigan xontaxtaga ko‘k choyshab to‘shashsin. Xontaxtaga lagan, piyola, sharob nazr qilish uchun kosa va ko‘zalar qo‘yishsin. Xontaxta ustida muqaddas nonlar doimo tursin.
8
Bu narsalarning ustidan qirmizi choyshab tashlashsin. Keyin yumshoq teridan qilingan yopinchiq bilan yopib, xodalarni joy–joyiga o‘rnatishsin.
9
So‘ng ko‘k choyshab bilan chiroqpoyani, uning moychiroqlarini, qisqichlarini, patnislarini va zaytun moyi solingan hamma idishlarini yopib qo‘yishsin.
10
So‘ng bularning ustidan yumshoq teridan qilingan yopinchiq bilan yopib, zambilga solishsin.
11
Oltin qurbongohga ko‘k choyshab tashlab, uning ustidan yumshoq teridan qilingan yopinchiq bilan yopishsin va xodalarni joy–joyiga o‘rnatishsin.
12
Keyin Muqaddas xonada ishlatiladigan buyumlarni olib, ko‘k choyshab ustiga qo‘yishsin. So‘ng ustini yumshoq teridan qilingan yopinchiq bilan yopib, zambilga solishsin.
13
Bronza qurbongohni kuldan tozalab, uni safsar rangdagi choyshab bilan yopishsin.
14
So‘ng qurbongohda ishlatilgan hamma buyumlarni — olovkurak, sanchqi, kurak, tog‘orachalarni qurbongoh ustiga qo‘yishsin. Yumshoq teridan qilingan yopinchiq bilan qurbongohni yopib, xodalarni joy–joyiga o‘rnatishsin.
15
Horun va uning o‘g‘illari Muqaddas chodirdagi jihozlarni va buyumlarni yopib bo‘lganlaridan keyin, yo‘lga chiqish vaqti bo‘lganda, Qohot urug‘i bu ashyolarni ko‘tarib borsin. Lekin ular bu muqaddas ashyolarga qo‘l tekkizishmasin, aks holda ular o‘ladilar. Demak, Qohot urug‘i Uchrashuv chodiridagi ashyolarni ko‘tarib boradi.
16
Ruhoniy Horun o‘g‘li Elazar chiroqpoya uchun zaytun moyi, xushbo‘y hidli tutatqi, kundalik don nazri va muqaddas qiladigan moyga mas’ul bo‘ladi. Xullas, butun Muqaddas chodir va u yerdagi hamma narsalar, muqaddas jihozlar va buyumlar Elazar nazorati ostida bo‘ladi.”
17
Egamiz Muso bilan Horunga yana dedi:
18
“ Levi qabilasi orasidan Qohot urug‘ining qirilib ketishiga yo‘l qo‘ymanglar.
19
[19-20] Qohot urug‘idan bo‘lgan har bir odamga xizmat vaqtida nima qilishini va nimani ko‘tarib borishini Horun va uning o‘g‘illari aytishsin. Muqaddas ashyolarga bir lahza bo‘lsa ham qaragani Qohot urug‘i chodirga kirmasligi kerak. Shunda Qohot urug‘idagi erkaklar eng muqaddas ashyolarga yaqin kelganlarida, o‘lmay tirik qolishadi.”
20
***
21
So‘ng Musoga Egamiz shunday dedi:
22
“Gershon avlodini ham urug‘i va xonadoni bo‘yicha sanab chiq.
23
Uchrashuv chodirida xizmat qilishga yaroqli, o‘ttiz yoshdan ellik yoshgacha bo‘lganlarini sana.
24
Gershon urug‘ining xizmati va ko‘taradigan yuklari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
25
Ular Muqaddas chodirning ichki qavatini, chodirning qoplamasi va yumshoq teridan qilingan tashqi qoplamani, chodirga kiraverishdagi pardani,
26
chodir bilan qurbongoh atrofini to‘sib turadigan pardalarni, hovliga kiraverishdagi pardani va unga tegishli arqonlar va hamma buyumlarni ko‘tarib borishlari lozim. Bu ashyolar bilan aloqador ishlarning hammasini Gershon urug‘i bajarsin.
27
Horun va uning o‘g‘illari Gershon urug‘ining xizmatini, tashiydigan yuklarini va bajaradigan vazifalarini to‘liq nazorat qilib turishsin. Gershon urug‘i ularning aytganlarini qilib, aytgan yuklarni ko‘tarishsin.
28
Gershon urug‘ining Uchrashuv chodirida qiladigan xizmati mana shulardan iboratdir. Ular ruhoniy Horun o‘g‘li Itamarning nazorati ostida xizmat qilishadi.
29
Endi Marori avlodini urug‘i va xonadoni bo‘yicha sanab chiq.
30
Uchrashuv chodirida xizmat qilishga yaroqli o‘ttiz yoshdan ellik yoshgacha bo‘lganlarini sana.
31
Ularning Uchrashuv chodiridagi vazifasi quyidagi ashyolarni ko‘tarib yurishdan iborat bo‘ladi: chodirning romlarini, tambalarini, ustunlar va ustun tagliklarini,
32
hovlining atrofidagi ustunlar va ustun tagliklarini, qoziq va arqonlarini, ularga tegishli hamma buyumlarni. Qaysi odam qaysi narsani ko‘tarib borishini aniq belgilanglar.
33
Marori urug‘ining Uchrashuv chodirida qiladigan ishlari mana shulardan iboratdir. Ular ruhoniy Horun o‘g‘li Itamarning nazorati ostida xizmat qilishadi.”
34
Muso, Horun va jamoaning yo‘lboshchilari Qohot avlodini urug‘i va xonadoni bo‘yicha sanab chiqishdi.
35
Uchrashuv chodirida xizmat qilishga yaroqli, o‘ttiz yoshdan ellik yoshgacha bo‘lgan erkaklarning soni
36
2750 ta chiqdi.
37
Qohot urug‘ining Uchrashuv chodirida xizmat qiladiganlari ana shular edi. Muso orqali Egamiz bergan amrga ko‘ra, Muso bilan Horun ularni sanadi.
38
Gershon avlodi ham urug‘i va xonadoni bo‘yicha sanab chiqildi.
39
Uchrashuv chodirida xizmat qilishga yaroqli o‘ttiz yoshdan ellik yoshgacha erkaklarning soni
40
2630 ta chiqdi.
41
Gershon urug‘ining Uchrashuv chodirida xizmat qiladiganlari ana shular edi. Egamizning amriga ko‘ra, Muso bilan Horun ularni sanadi.
42
Marori avlodi ham urug‘i va xonadoni bo‘yicha sanab chiqildi.
43
Uchrashuv chodirida xizmat qilishga yaroqli o‘ttiz yoshdan ellik yoshgacha erkaklarning soni
44
3200 ta chiqdi.
45
Marori urug‘i ana shular edi. Muso orqali Egamiz bergan amrga ko‘ra, Muso bilan Horun ularni sanadi.
46
Shunday qilib, Muso, Horun va Isroil yo‘lboshchilari Levi qabilasini urug‘i va xonadoni bo‘yicha sanab chiqishdi.
47
Uchrashuv chodirida xizmat qilishga va chodir ashyolarini ko‘tarishga yaroqli, o‘ttiz yoshdan ellik yoshgacha bo‘lgan erkaklarning
48
umumiy soni 8580 ta chiqdi.
49
Ular Muso orqali Egamiz bergan amrga ko‘ra, har bir odamga qiladigan ishlarini va ko‘tarib boradigan buyumlarini taqsimlab berishdi. Musoga Egamiz amr etganday, hamma odam ro‘yxatga olindi.
← Chapter 3
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 5 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36