bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Numbers 30
Numbers 30
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 29
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 31 →
1
Shunday qilib, Egamiz, yetkaz, deb buyurgan hamma qonunlarni Muso Isroil xalqiga aytdi.
2
Muso Isroil yo‘lboshchilariga Egamiz bergan quyidagi qonunlarni ham aytib berdi:
3
agar birorta erkak kishi Egamizga va’da bergan bo‘lsa yoki biror narsadan o‘zini tiyishga qasam ichgan bo‘lsa, aytganlarining hammasini bajarsin. U so‘zidan qaytmasin.
4
Agar qiz bola otasining uyida yashab yurgan davrda Egamizga va’da bersa yoki o‘zini biror narsadan tiyishga qasam ichsa,
5
otasi qizining bergan va’dasi yoki ichgan qasamini eshitib indamasa, qiz bola aytganlarining hammasini bajarishi shart.
6
Bordi–yu, otasi bularni eshitganda e’tiroz bildirsa, qizning bergan va’dasi yoki ichgan qasami bekor qilinadi. Otasi qiziga e’tiroz bildirgani uchun, Egamiz qizni bergan va’dasi yoki ichgan qasamidan ozod qiladi.
7
Agar qiz va’da bergandan keyin yo o‘ylamasdan qasam ichib qo‘ygandan keyin turmushga chiqsa,
8
uning eri bu haqda eshitib indamasa, qiz aytganlarining hammasini bajarishi shart.
9
Lekin er bu haqda eshitib e’tiroz bildirsa, er xotinining bergan va’dasi va o‘ylamasdan ichgan qasami asosidagi majburiyatlarini bekor qilgan bo‘ladi. Egamiz xotinni o‘sha majburiyatlardan ozod qiladi.
10
Beva yoki eridan ajralgan ayol bergan hamma va’dalari va o‘zini biror narsadan tiymoqchi bo‘lib, ichgan qasamlari ustidan chiqishi lozim.
11
Agar turmushga chiqqan ayol va’da bersa yoki o‘zini biror narsadan tiyishga qasam ichsa,
12
eri bu haqda eshitib indamasa, xotiniga e’tiroz bildirmasa, ayol aytganlarining hammasini bajarishi shart.
13
Lekin er bu haqda eshitib ularni taqiqlasa, xotinning og‘zidan chiqqan hamma va’dalaru qasamlar bekor qilinadi. Er ularni taqiqlagani uchun, Egamiz ayolni bergan va’dasi yoki ichgan qasamidan ozod qiladi.
14
Shunday qilib, er xotinining har qanday va’dasi yoki qasamini bajarishiga ijozat berishi yoki taqiqlashi mumkin.
15
Agar er bir kun ichida xotiniga hech qanday e’tiroz bildirmasa, xotinining zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishiga ijozat bergan hisoblanadi.
16
Ammo bir kun o‘tgandan keyin ularni bekor qilsa, xotinining gunohi uchun o‘zi jazo tortadi.
17
Egamiz Musoga bergan er va xotin o‘rtasidagi, ota va hali otasining xonadonida yashayotgan qiz o‘rtasidagi munosabatlarga oid qonunlar ana shulardan iboratdir.
← Chapter 29
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 31 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36