bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Numbers 23
Numbers 23
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 22
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 24 →
1
Balom Boloqqa dedi: — Shu yerda men uchun yettita qurbongoh qurib, yettita buqa va yettita qo‘chqorni tayyorlab qo‘y.
2
Boloq Balom aytganday qildi. So‘ng ikkovlari har bir qurbongohda bittadan buqa va bittadan qo‘chqorni qurbonlik qilishdi.
3
Keyin Balom Boloqqa dedi: — Sen kuydirilgan qurbonliklaring yonida qol, men esa borib ko‘ray, Egamiz menga peshvoz chiqarmikin. U menga nimani ayon qilsa, shuni senga aytaman. Balom tepalikka chiqdi.
4
Xudo Balom bilan uchrashgach, Balom Xudoga dedi: — Men yettita qurbongoh qurdirib, har bir qurbongohda bittadan buqa va bittadan qo‘chqorni qurbonlik qildim.
5
Egamiz Balomning og‘ziga so‘z solib: — Boloqning oldiga qaytib bor, unga Men aytgan so‘zlarimni yetkaz, — dedi.
6
Balom Boloqning oldiga qaytib keldi. Boloq hamma Mo‘ab a’yonlari bilan birga kuydirilgan qurbonliklarning yonida turgan edi.
7
Balom quyidagicha bashorat qildi: “Meni Mo‘ab shohi Boloq sharqiy tog‘lardan, Oramdan olib kelib, dedi: “Kel, men uchun Yoqub naslini la’natla, Kel, Isroil xalqini sen qarg‘a!”
8
Xudo la’natlamaganni men qanday la’natlayin?! Egamiz qarg‘amaganni qanday qilib qarg‘ayin?!
9
Qoyaning tepasida turib men ularni ko‘ryapman, Tepalikdan ularga qarab turibman, Yashaydi bu xalq hammadan alohida. O‘zgachadir ular xalqlar orasida.
10
Qumday sanoqsiz bo‘lgan Yoqub naslini kim sanab chiqar?! Isroilning choragini kim hisoblab chiqa olar?! Men ham to‘g‘ri odam kabi olamdan o‘tay, Iloyim, bo‘lsin ularnikiday oxiratim baxayr.”
11
— Sen nima qilyapsan o‘zi? — dedi Boloq Balomga. — Men seni, dushmanlarimni la’natlaydi, deb chaqirtirib kelgan edim, sen esa ularni duo qilyapsan–ku!
12
— Men faqat Egamiz og‘zimga solgan so‘zni aytishim kerak–ku! — deb javob berdi Balom.
13
— Kel, men bilan birga boshqa joyga bora qol, — dedi unga Boloq. — Sen o‘sha joydan Isroil xalqining bir qismini ko‘rasan. O‘sha joydan turib Isroilni men uchun la’natla.
14
Boloq Balomni Fisgax tog‘ tizmasi tepasidagi Zo‘fim degan yassi joyga boshlab keldi. U yerda ham yettita qurbongoh qurib, har bir qurbongoh ustida bittadan buqa va bittadan qo‘chqorni qurbonlik qildi.
15
So‘ng Balom Boloqqa dedi: — Sen shu yerda — kuydirilgan qurbonliklaring yonida qol, men esa hov anavi yerga borib, Egamiz bilan uchrashib kelaman.
16
Egamiz Balomga peshvoz chiqib, uning og‘ziga so‘z soldi. So‘ng: — Boloqning oldiga qaytib bor, unga Men aytgan so‘zlarimni ayt, — dedi.
17
Balom Boloqning oldiga qaytib keldi. Boloq Mo‘ab a’yonlari bilan birga kuydirilgan qurbonliklarning yonida turgan edi. — Egang nima dedi? — deb so‘radi undan Boloq.
18
Balom quyidagicha bashorat qildi: “Menga qara, ey, Zippur o‘g‘li Boloq, Gaplarimni eshit, yaxshilab solgin quloq.
19
Xudo inson emaski, U yolg‘on gapirsa, U odam emaski, fikrini o‘zgartirsa. U doim va’dasi ustidan chiqar! O‘z aytganlarin albatta bajarar!
20
Xudo menga berdi duo so‘zlarini, O‘zgartira olmayman men Xudoning barakasini.
21
Men Isroilning kelajagini ko‘ryapman, Yoqub nasli boshiga kulfat tushmas, Bu xalq biror ko‘rgilik ko‘rmas. Egasi Xudo ularning orasida, Shoh, deya olqishlar Uni hamma.
22
Yovvoyi buqaning kuchi bilan Xudo ularni Misrdan olib chiqqan.
23
Yoqub nasliga qarshi sehr–jodu yo‘q, Isroilga qarshi folbinlik yo‘q. Odamlar Yoqub nasli haqida, Isroil to‘g‘risida: “Qaranglar, Xudo nimalarni qilgan”, deb aytishar.
24
Isroil xalqi sher kabi qo‘zg‘alar, Arslonday sakrab turar, O‘ljasini yeb bitirmaguncha, Qurbonlarning qoniga to‘ymaguncha yotmas.”
25
Shundan so‘ng Boloq Balomga aytdi: — Isroil xalqini la’natlamagin ham, duo ham qilmagin!
26
Lekin Balom Boloqqa: — Men sizga, faqat Egamizning aytganini qilaman, deb aytmaganmidim?! — dedi.
27
— Yur, endi men seni boshqa joyga olib boraman, — dedi Boloq. — Balki shunda Xudo mamnun bo‘lib, o‘sha yerdan turib men uchun Isroilni la’natlashingga yo‘l qo‘yar.
28
Boloq Balomni Piyor tog‘ining tepasiga boshlab olib chiqdi. Bu tog‘dan sahroning manzarasi ko‘rinib turardi.
29
Balom Boloqqa dedi: — Shu yerda menga yettita qurbongoh qurib, yettita buqa bilan yettita qo‘chqorni tayyorlab qo‘y.
30
Boloq Balom aytganday qilib, har bir qurbongohda bittadan buqa va bittadan qo‘chqorni qurbonlik qildi.
← Chapter 22
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 24 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36