bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Numbers 25
Numbers 25
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 24
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 26 →
1
Isroil xalqi Shitimda o‘rnashganda, Isroil erkaklari Mo‘ab ayollari bilan zino qila boshlashdi.
2
Mo‘ab ayollari ularni o‘z xudolariga bag‘ishlangan qurbonlik ziyofatlariga taklif etishdi. Isroil xalqi ularning qurbonligidan tanovul qilib, xudolariga ham sajda etdi.
3
Isroil xalqi Piyor tog‘idagi Baalga qattiq bog‘lanib qolgani uchun, Egamiz ulardan g‘azablandi.
4
U Musoga shunday dedi: — Bu xalqning boshliqlarini ushla, ularni kuppa–kunduzi Men, Egangizning oldida qatl qil, jasadlarini esa tik o‘rnatilgan xodaning uchiga qoqtir. Shunda Men Isroil xalqidan qahr–g‘azabimni qaytaraman.
5
Muso Isroil hakamlariga: — Piyordagi Baalga sajda qilgan har bir odamingizni o‘ldiringlar, — deb buyruq berdi.
6
Shu payt Isroil xalqidan bittasi Musoning va butun Isroil jamoasining ko‘zi oldida qarorgohga Midiyonlik bir ayolni boshlab kelib qoldi. Jamoa Uchrashuv chodiriga kiraverishda yig‘lab turgan edi.
7
Ruhoniy Horunning nabirasi — Elazar o‘g‘li Finxaz buni ko‘rdi–yu, o‘rnidan turib, jamoa orasidan chiqib ketdi. U nayzasini olib,
8
Isroil xalqidan bo‘lgan o‘sha odamning orqasidan chodirga kirdi–da, nayzasi bilan ikkovini ham o‘ldirdi. Finxazning sanchgan nayzasi o‘sha odamning badanini teshib o‘tib, ayolning qorniga kirgan edi. Shundan keyingina Isroil xalqi orasidagi o‘lat to‘xtadi.
9
Lekin o‘latdan 24.000 odam o‘lib bo‘lgan edi.
10
Shunda Egamiz Musoga:
11
— Ruhoniy Horunning nabirasi — Elazar o‘g‘li Finxaz Mening qahr–g‘azabimni Isroil xalqidan qaytardi, — dedi. — Isroil xalqi orasida u Menga jon kuydirgani uchun, Men g‘azab ustida ularga qirg‘in keltirmadim.
12
Sen unga ayt: Men Finxaz bilan alohida tinchlik ahdimni tuzaman.
13
Bu ahdga muvofiq, Finxazning o‘zi va uning avlodi to abad ruhoniy bo‘lishadi, chunki u o‘z Xudosiga — Menga jon kuydirib, qilgan ishi bilan Isroil xalqidan Mening g‘azabimni qaytardi.
14
Midiyonlik ayol bilan birga o‘ldirilgan Isroil odamining ismi Zimri bo‘lib, Shimo‘n qabilasining urug‘boshisi Soluning o‘g‘li edi.
15
O‘ldirilgan ayolning ismi esa Xozbi edi, u Midiyonlikning urug‘boshisi Zurning qizi edi.
16
Egamiz Musoga:
17
— Midiyon xalqini dushman deb bilinglar, ularni qirib tashlanglar! — dedi.
18
— Chunki ular sizlarga dushmanlik qilib, Piyordagi voqea orqali sizlarni yo‘ldan ozdirishdi. Bundan tashqari, Piyorda o‘lat hukmronlik qilgan kuni o‘lgan Midiyonlik yo‘lboshchining qizi Xozbi orqali sizlarni aldashdi.
← Chapter 24
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 26 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36