bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
2 Chronicles 1
2 Chronicles 1
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 2 →
1
Dovud o‘g‘li Sulaymon o‘z hokimiyatini mustahkamlab oldi. Egasi Xudo u bilan birga bo‘lib, uni nihoyatda yuksaltirdi.
2
Sulaymon jamiki Isroil xalqini — mingboshilarni, yuzboshilarni, hakamlarni, Isroilning hamma yo‘lboshchilarini va urug‘boshilarini chaqirtirdi.
3
Sulaymon bilan butun jamoa Givondagi sajdagohga yo‘l olishdi. Egamizning quli Muso sahroda qurdirgan Xudoning Uchrashuv chodiri o‘sha davrda Givonda joylashgan edi.
4
Xudoning ahd sandig‘i esa Dovudning tashabbusi bilan Xirat–Yorimdan Quddusga olib kelingan edi, chunki Dovud sandiq uchun Quddusda bir joy tayyorlab, chodir o‘rnatib qo‘ygan edi.
5
Bazalil qurgan bronza qurbongoh esa hanuz Givondagi Egamiz chodirining qarshisida joylashgan edi. Bazalil Urining o‘g‘li va Xurning nevarasi edi. Sulaymon va jamoa qurbongoh oldida Egamizdan Uning xohish–irodasini so‘radilar.
6
So‘ng Sulaymon Egamizning oldida Uchrashuv chodirining qarshisidagi o‘sha bronza qurbongoh ustiga chiqib, mingta qurbonlik kuydirdi.
7
O‘sha kuni kechasi Xudo Sulaymonga zohir bo‘lib, unga: — Tila tilagingni! — dedi.
8
Sulaymon Xudoga aytdi: — Sen otam Dovudga ulug‘ sevgingni ko‘rsatding. Meni uning o‘rniga shoh qilding.
9
Ey Parvardigor Egam! Otam Dovudga bergan va’dang ustidan chiq. Axir, Sen meni yerning qumiday ko‘p bo‘lgan bir xalq ustidan shoh qilding.
10
Bu xalqni boshqara olishim uchun, menga donolik va ilmu ma’rifat bergin. Bo‘lmasa Sening shu qadar behisob xalqingga kim hukmronlik qila olar?!
11
Xudo Sulaymonga shunday javob berdi: — Sen o‘zing uchun mol–mulk, boylik, shon–shuhrat yoki dushmanlaringning jonini so‘ramading, hatto o‘zingga uzoq umr ham tilamading. Aksincha, Men seni ustidan shoh qilgan xalqimni boshqaray deb, donolik va ilmu ma’rifat so‘raganing uchun
12
donolik va ilmu ma’rifat senga hadya bo‘lsin. Bularga qo‘shimcha qilib senga boylik, mol–mulk va shon–shuhrat beraman, sengacha o‘tgan va sendan keyin bo‘ladigan hech qaysi shoh senga teng kelmaydi.
13
Shundan keyin Sulaymon Givondagi sajdagohda joylashgan Uchrashuv chodiridan Quddusga qaytib ketdi. U Isroil ustidan hukmronlik qila boshladi.
14
Sulaymon jang aravalari va otlarni to‘pladi. Uning 1.400 ta jang aravasi va 12.000 ta oti bor edi. Sulaymon bularning bir qismini jang aravalari saqlanadigan shaharlarga va bir qismini Quddusga — o‘zining yoniga joylashtirdi.
15
Shoh Quddusda kumushu oltinni oddiy tosh bilan baravar qilib qo‘ydi. Sadr yog‘ochlari esa ko‘pligidan Yahudo qir etaklarida o‘sadigan oddiy shikamora–anjir daraxtiga tenglashib qoldi.
16
Shohning savdogarlari Misrdan va Quvaydan Sulaymon uchun otlar olib kelishardi. Ular otlarni Quvaydan sotib olishardi.
17
Misrdan keltirgan har bir jang arava uchun 600 kumush tanga, har bir ot uchun 150 kumush tanga to‘lashardi. So‘ng bularni barcha Xet shohlariga va Oram shohlariga sotishardi.
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 2 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36