bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
2 Chronicles 11
2 Chronicles 11
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 10
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 12 →
1
Raxabom Quddusga kelib, Yahudo va Benyamin qabilalaridan 180.000 odamni sipohlikka tanlab oldi. “Shohlikni qaytarib olaman”, degan maqsadda ularni Isroil xalqiga qarshi jang qilish uchun tayyorladi.
2
Lekin o‘shanda payg‘ambar Shamayoga Egamizning quyidagi so‘zlari ayon bo‘ldi:
3
— Sulaymonning o‘g‘li, Yahudo shohi Raxabomga hamda Yahudo va Benyamin hududlarida istiqomat qilayotgan butun Isroil xalqiga shu gaplarni yetkaz:
4
“ Egamiz shunday deb aytmoqda: — Qarindoshlaringizga qarshi urush boshlamanglar! Har kim o‘z uyiga qaytsin! Chunki bu ishlar hammasi Mendan bo‘ldi.” Ular Egamizning aytganini qilib, Yeribomga qarshi urush qilmadilar.
5
Raxabom Quddusda yashadi, u mudofaa uchun Yahudodagi quyidagi shaharlarni mustahkamladi:
6
Baytlahm, Etom, Taxuva,
7
Bayt–Zur, So‘xo‘, Adullam,
8
Gat, Morisho, Zif,
9
Odorayim, Laxish, Ozikah,
10
Zorox, Oyjavlon va Xevron. Bu shaharlar Yahudo va Benyamin hududlaridagi mustahkam shaharlar bo‘ldi.
11
Raxabom qal’alarni mustahkamladi. U yerga qo‘mondonlar tayin qilib, oziq–ovqat, zaytun moyi va sharob g‘amladi.
12
Har bir shaharni qalqon va nayzalar bilan ta’minlab, mudofaani g‘oyat kuchaytirdi. Shu tariqa u Yahudo va Benyamin qabilalarini qo‘li ostida saqladi.
13
Isroilning barcha hududlaridagi ruhoniylar va levilar Raxabomning tarafdorlari edilar.
14
Levilar hatto o‘z yaylovlarini va mulklarini tashlab, Yahudo va Quddusga kelgan edilar. Chunki Isroil shohi Yeribom va uning o‘g‘illari levilarga Egamizning ruhoniylari sifatida xizmat qilishga yo‘l qo‘ymagan edilar.
15
Yeribom begona xudolarga atalgan sajdagohlarda xizmat qilish uchun o‘z ruhoniylarini tayinladi. Ular Yeribom yasattirgan oltin buzoqlarga va echki jinlariga topinar edilar.
16
Isroilning hamma qabilalaridan Egamiz Xudoga chin yurakdan intilganlar esa ota–bobolarining Xudosi — Egamizga qurbonlik qilish uchun levilar va ruhoniylarga ergashib, Quddusga keldilar.
17
Buning natijasida Yahudo shohligi mustahkam bo‘ldi. Ular Dovud bilan Sulaymonga qanday xizmat qilgan bo‘lsalar, Raxabomga ham uch yil davomida sadoqat bilan xizmat qildilar.
18
Raxabom Dovud o‘g‘li Yarimo‘tning qizi Maxalatga uylandi. Maxalatning onasi Abuhayil, Essay o‘g‘li Eliyobning qizi edi.
19
Raxabom Maxalatdan Yoush, Shamariyo va Zaham degan o‘g‘illar ko‘rdi.
20
Keyinchalik u Absalomning qizi Maxoni o‘ziga xotin qilib oldi. Maxodan Abiyo, Attay, Zizo va Shalumit degan o‘g‘illar ko‘rdi.
21
Raxabom boshqa xotinlari va cho‘rilariga qaraganda, Absalomning qizi Maxoni yaxshi ko‘rardi. Raxabomning o‘n sakkizta xotini va oltmishta cho‘risi bo‘lib, u bulardan yigirma sakkiz o‘g‘il va oltmish qiz ko‘rdi.
22
Maxodan tug‘ilgan o‘g‘li Abiyoni taxt vorisi qilish niyatida, hamma aka–ukalari orasida bosh shahzoda qilib tayinladi.
23
Raxabom donolarcha ish tutib, qolgan o‘g‘illariga mas’uliyatni taqsimlab berdi, ularni Yahudo va Benyamin hududidagi mustahkam shaharlarga o‘rnashtirdi. Ularga hamma narsani mo‘l qilib yetkazdi, ularni ko‘p xotinlarga uylantirdi.
← Chapter 10
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 12 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36