bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
2 Chronicles 34
2 Chronicles 34
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 33
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 35 →
1
Yo‘shiyo sakkiz yoshida shoh bo‘lib, Quddusda o‘ttiz bir yil hukmdorlik qildi.
2
U Egamiz oldida to‘g‘ri ishlar qildi. O‘ngga ham, chapga ham og‘masdan, bobosi Dovudning yo‘lidan yurdi.
3
Hukmronligining sakkizinchi yilida, yoshligidan bobosi Dovudning Xudosiga intila boshladi. Hukmronligining o‘n ikkinchi yilida esa Yahudo va Quddusni sajdagohlardan, Asheraning ustunlaridan, o‘yma va quyma butlardan tozalay boshladi.
4
Uning ko‘rsatmasi bilan Baalning qurbongohlari buzdirildi, bu qurbongohlarning yonidagi tutatqi qurbongohlari ham sindirib tashlandi. Asheraning ustunlari, shuningdek, o‘yma va quyma butlar parchalanib, bo‘laklari o‘sha butlarga qurbonlik qilganlarning qabrlari ustiga sochib tashlandi.
5
Yo‘shiyo butparast ruhoniylarning suyaklarini o‘zlari sajda qilgan qurbongohlar ustida yoqdi. Shunday qilib, u Yahudo va Quddusni pokladi.
6
Shimoldagi Naftali hududigacha bo‘lgan Manashe, Efrayim va Shimo‘n shaharlaridagi va bularning atrofidagi vayronalardagi
7
qurbongohlarni sindirdi, Asheraga atalgan ustunlarni kesdi, butlarni parchalab tashladi. Isroil yurti bo‘ylab hamma tutatqi qurbongohlarini buzdi. Shundan keyin Quddusga qaytib ketdi.
8
Yo‘shiyo yurtni va Egamizning uyini poklagandan keyin, hukmronligining o‘n sakkizinchi yilida Ozaliyo o‘g‘li Shofonni, Quddus hokimi Masiyoni va mushovir Yo‘xoz o‘g‘li Yo‘xni Egasi Xudoning uyini tuzatishga yubordi.
9
Ular oliy ruhoniy Xilqiyoning oldiga kelib, Xudoning uyiga keltirilgan kumushni unga topshirdilar. Levi darvozabonlari bu kumushni Manashe, Efrayim va Isroil xalqining omon qolganlaridan, shuningdek, Yahudo, Benyamin qabilalaridan va Quddus aholisidan to‘plab olgan edilar.
10
Ular kumushni Egamizning uyida mehnat qilayotgan ishboshilarga topshirdilar. Ishboshilar esa kumushni olib, Egamizning uyidagi buzilgan joylarni tuzatib ta’mir etayotganlarga to‘ladilar.
11
Qolganini esa duradgor va binokorlarga berdilar. Ular bu kumushga Yahudo shohlari qarovsiz qoldirgan xarob binolarni tuzatish uchun tosh va yog‘ochlarni sotib oldilar.
12
Ishchilar sidqidildan mehnat qildilar. Ularga nazoratchi qilib Marori naslidan levilar Yaxat va Obodiyo tayinlandi, Qohot urug‘idan esa levilar Zakariyo va Mashullom tayinlandi. Musiqa asboblarini chaladigan hamma levilar
13
yuk tashuvchilarga hamda turli xizmatdagi ishchilarga mas’ul edilar. Levilarning ba’zilari esa kotib, ma’mur va darvozabon edilar.
14
Egamizning uyidagi kumush olib chiqilayotganda, ruhoniy Xilqiyo Egamizning Muso orqali bergan Tavrot kitobini topib oldi.
15
U kotib Shofonga: — Egamizning uyidan Tavrot kitobi topib oldim, — deb kitobni Shofonga berdi.
16
[16-17] Shofon esa kitobni shohga olib borib: “Qullaringiz topshirilgan hamma ishlarni bajaryaptilar. Egamizning uyidagi kumushlar o‘sha yerdagi ishboshilarga va ishchilarga berildi, — deya hisobot bergach,
17
***
18
— Ruhoniy Xilqiyo mana bu kitobni menga berdi”, deb qo‘shimcha qildi, so‘ng Tavrot kitobini shohga ovoz chiqarib o‘qib berdi.
19
Shoh Tavrot so‘zlarini eshitgach, vahimaga tushganidan kiyimlarini yirtdi.
20
Keyin ruhoniy Xilqiyoga, Shofon o‘g‘li Oxixamga, Mixo o‘g‘li Abdo‘nga, kotib Shofonga va o‘zining mulozimi Osoyohga shunday farmon berdi:
21
— Boringlar, topilgan bu kitobdagi so‘zlarga muvofiq, men to‘g‘rimda ham, Isroil va Yahudo xalqlarining omon qolganlari to‘g‘risida ham Egamizning xohish–irodasini so‘ranglar. Otalarimiz bu kitobdagi so‘zlarga quloq solmaganlari uchun, yozilganlarga rioya qilmaganlari uchun, Egamizning dahshatli g‘azabi bizning ustimizga yog‘ildi.
22
Ruhoniy Xilqiyo va shoh jo‘natgan odamlar payg‘ambar Xulda huzuriga borib, unga maslahat soldilar. Xulda Egamizning uyidagi muqaddas liboslar posboni Shallunning xotini edi. Shallun Toqqatning o‘g‘li, Xasraning nabirasi edi. Xulda Quddusning yangi dahasida yashardi.
23
Xulda ularga shunday dedi: “Isroil xalqining Xudosi — Egamiz demoqda: — Sizlarni Mening huzurimga yuborgan odamga shu gaplarimni aytinglar:
24
“Men bu yurtga ham, bu yurtda yashayotgan xalqqa ham falokat keltiraman. Yahudo shohi huzurida o‘qilgan kitobdagi hamma la’natlarni yog‘diraman.
25
Ular Mendan yuz o‘girganlari uchun, boshqa xudolarga qurbonliklar keltirib, o‘z qo‘llari bilan yasagan butlar tufayli qahrimni keltirganlari uchun, bu yurtga g‘azabim yog‘iladi va aslo bosilmaydi.”
26
Egamizning xohish–irodasini bilish uchun sizlarni yuborgan Yahudo shohiga shu xabarni beringlar: Isroil xalqining Xudosi — Egamiz eshitgan so‘zlaring to‘g‘risida shuni aytmoqda:
27
— Sen bu yurtga va yurtning xalqiga qarshi aytgan so‘zlarimni eshitganingdan keyin, yuraging yumshadi, Menga bo‘yin egding. Sen Menga bo‘yin egganing uchun, liboslaringni yirtib, huzurimda yig‘laganing uchun Men iltijolaringni eshitdim.
28
Shunga ko‘ra, sen ota–bobolaring yoniga xotirjam ketasan, o‘z qabringga dafn etilasan. Bu yurtga va uning ahliga Men keltiradigan jamiki falokatlarni sen ko‘rmaysan.” Xilqiyo va uning hamrohlari bu xabarni shohga yetkazdilar.
29
Shoh Yo‘shiyo xabar berib, Yahudo va Quddusning hamma oqsoqollarini o‘z huzuriga to‘pladi.
30
Jamiki Yahudo xalqi va Quddus aholisi, ruhoniylar, levilar, zodagonlaru avom xalq shoh boshchiligida Egamizning uyiga bordi. Shoh Egamizning uyidan topilgan Ahd kitobini boshidan oxirigacha ularning oldida o‘qidi.
31
U Egamizning uyi eshigi oldidagi o‘z joyida turib: “Egamiz ko‘rsatgan yo‘ldan yuraman, amrlariga itoat etaman. Shartlariga, farmonlariga butun qalbim bilan, jonu dilim bilan quloq solaman. Bu kitobda yozilgan ahd so‘zlarini ado etaman”, deb Egamiz bilan qayta ahd qildi.
32
So‘ngra u Benyamin qabilasiga va Quddusdagi hamma odamlarga bu ahdga rioya qilish to‘g‘risida farmon berdi. O‘sha kundan boshlab Quddus aholisi ota–bobolarining Xudosi bilan qilgan ahd talablarini bajara boshladilar.
33
Yo‘shiyo Isroil xalqiga qarashli hamma hududlardan makruh butlarni yo‘qotdi. Isroil xalqining hammasini Egasi Xudoga sajda qildirdi. Uning davrida xalq ota–bobolarining Xudosi — Egamizdan yuz o‘girmay, Unga xizmat qildi.
← Chapter 33
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 35 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36