bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
2 Chronicles 13
2 Chronicles 13
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 12
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 14 →
1
Isroil shohi Yeribom hukmronlik qilayotganiga o‘n sakkiz yil bo‘lganda, Abiyo Yahudoga shoh bo‘ldi.
2
U Quddusda uch yil shohlik qildi. Onasining ismi Mixiyo bo‘lib, Givolik Uriyolning qizi edi. Abiyo bilan Yeribom o‘rtasida urush bo‘ldi.
3
Abiyo saralangan odamlardan tashkil topgan 400.000 botir jangchisini urushga boshladi. Yeribom esa Abiyoga qarshi 800.000 saralangan bahodir jangchini saf torttirdi.
4
Abiyo Efrayim qirlaridagi Zamorayim tog‘i yonbag‘riga chiqib, gapirdi: “Ey Yeribom va butun Isroil xalqi, gapimni eshiting!
5
Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shoh Dovud bilan qat’iy ahd tuzib, Isroil ustidan hukmronlik qilishni to abad unga va uning nasliga topshirgan. Nahotki buni bilmasangiz?!
6
Shunday bo‘lsa–da, Nabat o‘g‘li Yeribom Dovud o‘g‘li Sulaymonning xizmatida bo‘la turib, o‘z xo‘jayiniga qarshi bosh ko‘tardi.
7
Atrofiga bir guruh allaqanday yaramas odamlarni to‘plab, Sulaymon o‘g‘li Raxabomga qarshi fitna uyushtirdi. Raxabom o‘sha paytda yosh, tajribasiz bo‘lgani uchun ularga qarshilik ko‘rsata olmadi.
8
Endi esa sizlar Dovud nasli qo‘lidagi Egamizning shohligiga qarshi urush qilmoqchisizlar. Ha, sizlar ko‘pchiliksiz. Yeribom xudolar sifatida yasattirib bergan oltin buzoqlar ham yoningizda.
9
Sizlar Horunning naslidan bo‘lgan Egamizning ruhoniylarini va levilarni quvib yubordingizlar. Begona xalqlardan o‘rnak olib, oddiy odamlarni ruhoniy qilib tayinladingizlar. Qoyil–e! Yosh buqasi yoki yettita qo‘chqori bo‘lgan har kim soxta xudolaringizga ruhoniylik qila oladi–ya!
10
Lekin bizning Xudo Egamizdir, biz undan yuz o‘girmadik. Egamizga xizmat qilayotgan ruhoniylarimiz Horun naslidandir. Levilar ularga xizmatda yordam berishyapti.
11
Ular har kuni ertalab va kechqurun Egamizga kuydiriladigan qurbonliklar atashadi, xushbo‘y tutatqilar tutatishadi, toza oltindan qilingan xontaxtaga muqaddas nonlar qo‘yishadi, har oqshom oltin chiroqpoyadagi moychiroqlarni yoqishadi. Ha, biz Egamiz Xudoning talablarini bajaramiz, sizlar esa Uni tark etdingizlar.
12
Xudo biz bilan birgadir, U bizning yo‘lboshchimizdir. Uning ruhoniylari karnaylar chalib, sizlarga qarshi jangga da’vat qiladi. Ey Isroil xalqi! Ota–bobolaringizning Xudosi — Egamizga qarshi jang qilmang, siz baribir muvaffaqiyatga erishmaysiz!”
13
Shu orada Yeribom bildirmay sipohlarining bir qismini Yahudo lashkarlarining orqa tomoniga pistirma qo‘yish uchun jo‘natdi. Sipohlarining asosiy qismi esa Yahudo lashkarlarining old tomonida saf tortgan edi.
14
Yahudo lashkarlari qarasalar, qurshovda qolishibdi. Ular Egamizdan yordam so‘rab yolvorishdi, ruhoniylar karnaylarini chalishdi.
15
Yahudo lashkarlari ovozi boricha hayqirdilar. Ularning jangovar hayqirig‘i ostida Xudo Yeribomni hamda butun Isroil lashkarlarini Abiyo va Yahudo xalqi oldida mag‘lub qildi.
16
Isroil lashkarlari Yahudo lashkarlari oldiga tushib qochdilar. Xudo Isroil lashkarlarini Yahudo lashkarlarining qo‘liga berdi.
17
Abiyo va uning lashkarlari ularga og‘ir talafot yetkazdilar. Isroil lashkarlarining 500.000 ta saralangan sipohi qurbon bo‘ldi.
18
Yahudo lashkarlari ota–bobolarining Xudosi — Egamizga tayanganlari uchun, jangda Isroil lashkarlarini mag‘lub qilib, g‘alabaga erishgan edilar.
19
Abiyo Yeribomni ta’qib qilib, Baytil, Yashono va Efro‘n shaharlarini hamda o‘sha shaharlar atrofidagi qishloqlarni qo‘lga kiritdi.
20
Yeribom Abiyo davrida oldingi qudratini tiklay olmadi. Egamiz shoh Yeribomning jonini olib, uni halok qildi.
21
Abiyo esa kuchayib boraverdi. U o‘n to‘rtta xotinga uylanib, ulardan yigirma ikkita o‘g‘il va o‘n oltita qiz ko‘rdi.
22
Abiyoning boshqa ishlari, uning faoliyati va tutgan yo‘llari payg‘ambar Yiddoning tarixida bayon etilgan.
← Chapter 12
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 14 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36