bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
2 Chronicles 2
2 Chronicles 2
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 1
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 3 →
1
Sulaymon Egamizga atab Ma’bad va o‘zi uchun shohona saroy bunyod etishga qaror qildi.
2
Sulaymon 70.000 yuk tashuvchini, qirlarda tosh kesadigan 80.000 sangtaroshni va bular ustidan nazoratchi qilib 3.600 kishini yolladi.
3
Sulaymon Tir shohi Xiramga shu xabarni jo‘natdi: “Bir vaqtlar siz otam Dovudga saroyini qurish uchun sadr yog‘ochlarini jo‘natganingiz kabi menga ham sadr yog‘ochlarini jo‘nating.
4
Men Egam Xudoga atab bir uy qurmoqchiman. U yerda xushbo‘y hidli tutatqilar tutatiladi, doimiy ravishda muqaddas nonlar nazr qilinib, xontaxta ustiga teriladi. Ertalab va kechqurunlari qurbonliklar kuydiriladi, shuningdek, Shabbat kunlarida, yangi oy bayramlarida va Egamiz Xudo belgilagan bayramlarda kuydiriladigan qurbonliklar keltiriladi. Isroil xalqi bularga doimo, avlodlar osha rioya qiladi.
5
Men qurmoqchi bo‘lgan uy hashamatli bo‘ladi, chunki Xudoyimiz boshqa xudolardan buyukdir.
6
Lekin kim Unga bir uy qura olar?! U osmonga, hatto osmoni falakka ham sig‘maydi–ku! Men kim bo‘libmanki, Unga uy qura olsam?! Faqat Unga qurbonliklar keltirish uchun bir joy tayyorlay olaman, xolos.
7
Shunday ekan, menga mohir bir ustani yuboring. U o‘ymakorlikdan bo‘lak, oltin, kumush, bronza va temirga ishlov bera oladigan, safsar, qizil va ko‘k matolar to‘qiy oladigan bo‘lsin. U Yahudo va Quddusda, otam Dovud saralagan mohir ustalarim bilan birga ishlaydi.
8
Menga Lubnondan sadr, sarv va sandal yog‘ochlarini jo‘nating. Sizning xizmatkorlaringiz Lubnon daraxtlarini kesishga usta ekanini bilaman. Mening odamlarim sizning odamlaringiz bilan birga ishlaydilar.
9
Ular men uchun katta miqdorda yog‘och tayyorlab berishsin. Men qurmoqchi bo‘lgan uy ulkan va hashamatli bo‘lishi kerak.
10
Men yog‘och kesadigan xizmatkorlaringizga ish haqi qilib 200.000 tog‘ora yanchilgan bug‘doy, 200.000 tog‘ora arpa, 40.000 ko‘za sharob va 40.000 ko‘za zaytun moyi yuboraman.”
11
Shundan keyin Tir shohi Xiram maktub orqali Sulaymonga shunday javob berdi: “ Egamiz O‘z xalqini sevgani uchun, ular ustidan sizni shoh qildi.”
12
Xiram yana shu gaplarni aytdi: “Yeru ko‘kni yaratgan Isroil xalqining Xudosi — Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin. U shoh Dovudga dono, aqlli, fahm–farosatli o‘g‘il ato qilibdi. Shu o‘g‘il Egamizga atab Ma’badni va o‘zi uchun saroyni bunyod qiladi.
13
Sizga Xurom ismli aqlli, mohir bir ustani yuboryapman.
14
Uning onasi — Dan qabilasidan, otasi esa — Tirlik. Uning o‘zi oltin, kumush, bronza, temir, tosh va yog‘ochga ishlov beradigan mohir ustadir. U safsar, ko‘k, qizil matolarni va mayin zig‘ir matoni ham to‘qishni biladi. Shuningdek, turli o‘ymakorlik ishlarni bajara oladi, unga berilgan har qanday naqshni sola oladi. Xurom sizning ustalaringiz va otangiz bo‘lmish xo‘jayinim Dovud yetishtirgan ustalar bilan birga ishlaydi.
15
Janobi oliylari! O‘zingiz aytgan bug‘doy, arpa, zaytun moyi, sharobni qullaringizga yuboring.
16
Sizga kerak bo‘ladigan har qanday daraxtni biz Lubnondan kesib beramiz, yog‘ochlardan sol qilib, dengiz sohili bo‘ylab Yaffaga qadar keltirib beramiz. Siz o‘sha yerdan yog‘ochlarni Quddusga olib ketaverasiz.”
17
Shundan keyin Sulaymon otasi Dovud singari, Isroil yurtida istiqomat qilayotgan musofirlarning hammasini ro‘yxatga oldi. Musofirlarning soni 153.600 kishi ekan.
18
Sulaymon ularning 70.000 tasini og‘ir yuk tashuvchi, 80.000 tasini qirlarda tosh kesadigan sangtarosh, 3.600 tasini esa ishlayotganlar ustidan nazoratchi qilib tayinladi.
← Chapter 1
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 3 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36