bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
2 Chronicles 31
2 Chronicles 31
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 30
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 32 →
1
Bayram tugagandan keyin, o‘sha yerdagi butun xaloyiq Yahudo, Benyamin, Efrayim va Manashe hududidagi shaharlarga borib, butsimon toshlarni parchalab tashladilar, Asheraning ustunlarini kesdilar, cajdagohlar va qurbongohlarni vayron qildilar. Bittasini ham qoldirmadilar. Shundan keyin hammasi o‘z shaharlariga, o‘zlarining mulkiga qaytdilar.
2
Hizqiyo ruhoniylarni va levilarni guruhlarga bo‘ldi. Har bir guruhga quyidagi vazifalarini taqsimlab berdi: Egamizning Ma’badi hovlisida quydiriladigan qurbonliklarni va tinchlik qurbonliklarini nazr qilish, u yerda xizmat qilib, hamdu sano va madhiyalar aytish.
3
Egamizning qonuniga ko‘ra, har kuni ertalab va kechqurun, Shabbat kunlari, yangi oy shodiyonalari va tayinlangan bayram kunlari kuydiriladigan qurbonliklar keltirilishi lozim edi. Shoh Hizqiyo o‘zining shaxsiy mulkidan bu qurbonliklar uchun hayvonlarni berdi.
4
U Quddusda yashagan xalqqa: “Ruhoniylar va levilarga tegishli ulushni beringlar, toki ular o‘zlarini to‘liq Egamizning qonunlarini bajarishga bag‘ishlasinlar”, deb farmon berdi.
5
Farmon berilgach, xalq bug‘doyning, sharob, zaytun moyi, asal va dalada yetishitirilgan donlarning birinchi hosilidan mo‘l qilib, olib keldilar. Ular olib kelgan hamma narsaning ushri nihoyatda mo‘l edi.
6
Yahudo shaharlarida yashagan Isroil va Yahudo xalqi mol–qo‘ylarining ushrini hamda Egasi Xudoga atab bag‘ishlangan in’omlarning ushrini olib kelib, uyum–uyum qildilar.
7
Xalq in’omlar olib kelishni uchinchi oyda boshlab, yettinchi oyda tugatdi.
8
Hizqiyo va uning a’yonlari kelib uyum–uyum in’omlarni ko‘rishgach, Egamizga hamdu sano aytib, Isroil xalqini duo qilishdi.
9
Hizqiyo ruhoniylar va levilardan bu in’omlar haqida so‘raganda,
10
Zodo‘x xonadonidan bo‘lgan oliy ruhoniy Ozariyo Hizqiyoga shunday javob berdi: “Xalq in’omlarni Egamizning uyiga olib kela boshlaganidan beri, yetarlicha ozuqamiz bor. Juda ko‘p ortib qolgani ham bor. Ha, Egamiz O‘z xalqiga baraka berdi, ortganning ko‘pligini bir ko‘rib qo‘ying.”
11
Shunda Hizqiyoning buyrug‘i bilan Egamiz uyining hovlisida omborxonalar qurildi.
12
Bu omborxonalarga hamma hadyalar, ushrlar va bag‘ishlangan in’omlar qo‘yildi. Bularga nazoratchi qilib levi Xonaniyo, uning yordamchisi qilib ukasi Shimax tayinlandi.
13
Ularning qo‘li ostida quyidagi o‘nta levi ishlaydigan bo‘ldi: Yoxiyol, Ozaziyo, Naxat, Osoyil, Yarimo‘t, Yo‘zabad, Eliel, Yismaxiyo, Maxat va Binayo. Bularning hammasi shoh Hizqiyo va oliy ruhoniy Ozariyo tomonidan tayinlangan edilar.
14
Ma’badning sharqiy darvozasi darvozaboni Kori Xudoga ko‘ngildan qilingan nazrlar uchun mas’ul edi. Kori levi Yimnaxning o‘g‘li edi. Uning vazifasi Egamizga atalgan in’omlarni va eng muqaddas nazrlarni ruhoniylar va levilarga bo‘lib berish edi.
15
Uning sodiq yordamchilari Eden, Minyomin, Yeshuva, Shamayo, Emoriyo va Shaxaniyo edilar. Ular ruhoniylarga qarashli shaharlarda xizmat qilib, u yerdagi ruhoniylarning oilalariga guruhlari bo‘yicha ulush taqsimlab berishar edi. Yoshu qariga bir xil ulush ajratishardi:
16
Egamizning uyidagi xizmatni guruhlari bo‘yicha bajaradigan hamma erkaklarga, shuningdek, nasabnomada nomlari qayd etilgan uch va undan yuqori yoshdagi o‘g‘il bolalarga ulush berishardi.
17
Ular xonadonlari bo‘yicha ro‘yxatga olingan ruhoniylarga, shuningdek yigirma va undan yuqori yoshdagi levilarga ulush ajratishardi. Levilarning ro‘yxati bajaradigan vazifalari va guruhlari asosida tuzilgan edi.
18
Nasabnomada nomilari qayd etilgan hamma erkaklarning oilalariga — chaqaloq, xotin, o‘g‘il–qizlariga ham ulush berilardi. Zotan ular o‘zlarini sadoqat bilan poklar edilar.
19
Shaharlarning chetlarida istiqomat qilgan, Horun naslidan bo‘lgan ruhoniylarga kelsak, ularga ham ulush tarqatadigan odamlar tayinlangan edi. Bu odamlar ruhoniy urug‘idan bo‘lgan har bir erkak zotiga va ro‘yxatga olingan har bir leviga ulush berishar edi.
20
Shu yo‘sin, Hizqiyo butun Yahudo bo‘ylab ulush tarqatish vazifasini uddaladi. U Egasi Xudo oldida yaxshi, to‘g‘ri va halol ishlar qildi.
21
Ma’bad xizmatiga, Xudoning qonunlari va amrlariga oid qilgan har bir ishini Xudoga intilgan holda, chin yurakdan qilgani uchun, ko‘p muvaffaqiyatga erishdi.
← Chapter 30
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 32 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36