bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
2 Chronicles 12
2 Chronicles 12
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 11
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 13 →
1
Raxabom o‘z hukmronligini mustahkamlab, kuchayib ketgach, u bilan birga butun Isroil xalqi Egamizning qonunlaridan yuz o‘girdi.
2
Ular Egamizga qilgan bevafoligi uchun, Raxabom shohligining beshinchi yilida Misr shohi Shishax Quddusga bostirib keldi.
3
Shishax o‘zi bilan 1200 jang aravani, 60.000 otliq lashkarni, shuningdek, Misrdan Liviyalik, Suxo‘tlik va Habashistonlik son–sanoqsiz qo‘shinni tortib keldi.
4
Shishax Yahudoning mustahkam shaharlarini qo‘lga kiritib, Quddusgacha yetib bordi.
5
Shunda payg‘ambar Shamayo Raxabomning va Yahudo lashkarboshilarining oldiga keldi. Ular o‘sha paytda Shishaxdan qochib, Quddusga to‘planishgan edi. Payg‘ambar Shamayo ularga dedi: — Egamiz shunday demoqda: “Sizlar Meni tark etdingiz, shuning uchun Men ham sizlarni tark etib, Shishaxning qo‘liga beraman.”
6
Shunda lashkarboshilar bilan shoh o‘zlarining ayblarini tan olib: “Egamiz adolatlidir”, dedilar.
7
Ular ayblarini tan olganlarini Egamiz ko‘rgach, Shamayoga shu so‘zlarini ayon qildi: “Ular gunohlariga iqror bo‘ldilar, shuning uchun ularni qirib tashlamayman. Shishax hujum qilganda, ularni qisman xalos etaman. Shishaxning qo‘li orqali Quddusga g‘azabimni sochmayman.
8
Biroq ularni Shishaxga qaram qilib qo‘yaman, shunda ular Menga xizmat qilish bilan boshqa yurtlarning shohlariga xizmat qilish orasidagi farqni bilib oladilar.”
9
Misr shohi Shishax Quddusga bostirib keldi. U Egamizning uyidagi va saroydagi xazinalarni tortib oldi, qo‘liga nima ilinsa, hammasini oldi. Sulaymon yasattirgan hamma oltin qalqonlarni ham oldi.
10
Shoh Raxabom oltin qalqonlar o‘rniga bronza qalqonlar yasatdi va ularni shoh saroyi darvozasini qo‘riqlaydigan soqchilar boshliqlari qo‘liga berdi.
11
Shoh Egamizning uyiga kirganda, soqchilar qalqonlarni ko‘tarib borishar, keyin esa qalqonlarni joyiga eltib qo‘yishardi.
12
Raxabom ayblarini tan olgani uchun, Egamiz g‘azabidan tushib, Yahudo xalqini tamomila qirib yubormadi. Yahudodagi ahvol yaxshilandi.
13
Shoh Raxabom Quddusda hukmronlik qilib, kuchayib boraverdi. U taxtga o‘tirgan paytda qirq bir yoshda edi. Uning onasi Ommonlik bo‘lib, ismi Namax edi. Raxabom Quddusda o‘n yetti yil shohlik qildi. Egamiz hamma Isroil qabilalarining shaharlari orasidan Quddus shahrini O‘ziga sajda qilishlari uchun tanlab olgan edi.
14
Raxabom chin yurakdan Egamizga intilmagani uchun, qabihlik qilaverdi.
15
Raxabomning butun faoliyati boshdan oxirgacha payg‘ambar Shamayo va valiy Yiddo yozgan nasabnomada bayon etilgan. Raxabom bilan Yeribom butun umri davomida urishib keldilar.
16
Nihoyat, Raxabom ham olamdan o‘tib, Dovud qal’asida ota–bobolari yoniga dafn qilindi. Uning o‘rniga o‘g‘li Abiyo shoh bo‘ldi.
← Chapter 11
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 13 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36