bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
2 Chronicles 4
2 Chronicles 4
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 3
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 5 →
1
Shoh Sulaymon bronza qurbongoh yasatdi. Qurbongohning uzunligi 20 tirsak, eni ham 20 tirsak, balandligi 10 tirsak edi.
2
Keyin bronzani eritib, dumaloq shaklda hovuz yasatdi. Hovuzning bir qirg‘og‘idan narigi qirg‘og‘igacha 10 tirsak, balandligi esa 5 tirsak edi. Aylanasi 30 tirsak edi.
3
Hovuzning tashqi tomonida, qirg‘og‘i ostida aylanasiga ikki qator buqa shakli bor edi. Har bir tirsak masofada o‘ntadan shunday shakl qilingan edi. Bronza eritilib, hovuz yasalayotgan paytda, bu buqa shakllari ham qilingan edi.
4
Hovuz bronzadan yasalgan o‘n ikkita buqa ustiga o‘rnashtirilgan edi. Buqalarning uchtasi shimolga, uchtasi g‘arbga, uchtasi janubga va uchtasi sharqqa qaratilgan edi. Buqalarning orqa tomoni hovuzning ichkarisiga qaratilgan edi.
5
Hovuzning qalinligi to‘rt enli bo‘lib, chetlari kosaning chetlariga o‘xshar, shakli lolagulga o‘xshardi. Unga 6.000 ko‘za suv sig‘ardi.
6
Sulaymon o‘nta tog‘ora ham yasatdi. Tog‘oraning beshtasi hovuzning chap tomoniga, beshtasi o‘ng tomoniga o‘rnatildi. Bu tog‘oralar qurbonlik qilib kuydiriladigan hayvonlarni yuvish uchun mo‘ljallangan edi. Hovuz esa ruhoniylarning yuvinishi uchun edi.
7
[7-8] Sulaymon loyihaga binoan o‘nta oltin chiroqpoya bilan o‘nta xontaxta yasatib, ularni Ma’badning asosiy xonasiga o‘rnashtirdi. Beshta chiroqpoya bilan beshta xontaxtani xonaning o‘ng tomoniga, qolgan beshta chiroqpoya bilan beshta xontaxtani xonaning chap tomoniga o‘rnashtirdi. Bulardan tashqari, oltindan yuzta tog‘oracha ham yasatdi.
8
***
9
Sulaymon ruhoniylar uchun ichki hovlini qurdirdi. Bundan tashqari, tashqi hovlini qurdirib, ikki hovli orasiga eshiklar yasatdi. Eshiklarni bronza bilan qoplatdi.
10
Hovuzni Egamiz uyining janubi–sharq tomonidagi burchagiga o‘rnashtirdi.
11
Xurom qozonlar, kurakchalar va tog‘orachalar ham yasadi. Shunday qilib, u shoh Sulaymon uchun Xudoning uyiga oid quyidagi ashyolarni yasab berdi:
12
ikkita ustun, ustunlarning tepasidagi ikkita doira shaklidagi ustunqosh, ustunqoshni o‘rab turgan ikkita to‘rsimon bezak,
13
ikkala bezakning yonlarida to‘rt yuzta anor surati, ya’ni ustunlar tepasida doira shaklidagi ikkita ustunqoshni qoplab turish uchun har bir to‘rsimon bezakning ikkala chekkasidagi anor suratlari,
14
aravalar, aravalar ustidagi tog‘oralar,
15
bitta hovuz, hovuz ostidagi o‘n ikki buqa shakli,
16
qozonlar, kuraklar, sanchiqlar va bularga aloqador barcha buyumlar. Xurom shoh Sulaymon uchun Egamizning uyiga oid ana shu ashyolarni sayqallangan bronzadan yasab berdi.
17
Shoh bu narsalarni Iordan vodiysi atroflarida — Suxo‘t va Zarido orasida loydan yasalgan qoliplarda quydirdi.
18
Sulaymon bu narsalarning hammasini ko‘p miqdorda yasattirdi, shuning uchun ishlatilgan bronzaning hisobini aniqlab bo‘lmadi.
19
Sulaymon Xudoning uyi uchun quyidagi hamma buyumlarni ham yasattirdi: oltindan yasalgan tutatqi qurbongohi, ustida muqaddas nonlar turadigan xontaxtalar,
20
toza oltindan ishlangan chiroqpoyalar va ularning moychiroqlari, bular loyihaga binoan Eng muqaddas xonaning oldida yonib turishlari kerak edi,
21
yana toza oltindan gullar, moychiroqlar, qisqichlar,
22
qaychilar, tog‘orachalar, kurakchalar va olovkuraklar yasatdi. Eng muqaddas xona va asosiy xona eshiklari ham toza oltindan yasalgan edi.
← Chapter 3
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 5 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36