bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
2 Chronicles 8
2 Chronicles 8
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 7
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 9 →
1
Sulaymon Egamizning uyini va o‘z saroyini yigirma yilda bitirgan edi.
2
So‘ngra shoh Xiram bergan shaharlarni qaytadan qurib, Isroil xalqini o‘sha shaharlarga joylashtirdi.
3
Sulaymon Xomat–Zo‘voga yurish qilib, u joyni qo‘lga kiritdi.
4
U sahrodagi Tadmo‘r shahrini va Xomatdagi ombor shaharlarni tuzatib mustahkamladi.
5
U yana tepadagi Bayt–Xo‘ronni va pastki Bayt–Xo‘ronni qaytadan qurdi, bu shaharlarni devor bilan o‘radi, tambalanadigan darvozalar o‘rnatdi.
6
Baalat shahrini, o‘zining hamma ombor shaharlarini, hamma jang aravalari saqlanadigan shaharlarni, otliqlari turadigan shaharlarini qaytadan tuzatib mustahkamladi. Bundan tashqari, Quddusda, Lubnonda, shohlikning hamma burchaklarida nima istasa, barpo qildi.
7
Shu o‘lkada qolib ketgan Amor, Pariz, Xiv, Xet va Yobus xalqlari Isroil xalqidan emasdi.
8
Isroil xalqi ularning bu yurtda qolib ketgan avlodlarini qirib bitirmagan edi. Sulaymon o‘sha qolib ketganlarini qarol qilib oldi. Ular bugungacha bor.
9
Lekin Sulaymon Isroil xalqidan birortasini qarollik uchun qul qilmadi. Shohning sipohlari, a’yonlari, jang aravalarining qo‘mondonlari va suvorilarining qo‘mondonlari Isroil xalqidan edi.
10
Sulaymonning ishboshilari 250 kishi bo‘lib, ular odamlar ustidan nazoratchi edilar.
11
Sulaymon Fir’avnning qizini Dovud qal’asidan unga atab barpo qilgan yangi saroyga ko‘chirtirdi. U shunday degan edi: “Mening xotinim Dovud qal’asida ortiq yashay olmaydi, chunki Ahd sandig‘i saqlangan har qanday joy muqaddasdir.”
12
Sulaymon Ma’bad ayvonining qarshisida qurgan qurbongoh ustida Egamizga qurbonliklar kuydira boshladi.
13
U bu qurbonliklarni Musoning talablariga rioya qilgan holda Shabbat kunlarida, yangi oy shodiyonalarida va yilda bir martadan nishonlanadigan Xamirturushsiz non bayramida, Hosil bayramida va Chayla bayramida keltirar edi.
14
Sulaymon, otasi Dovud joriy qilgan qoidaga ko‘ra, ruhoniylar va levilarning xizmatlarini taqsimlab berdi. Levilar Egamizni madh qilishda va kundalik ishlarda ruhoniylarga yordam berardilar. Sulaymon Ma’bad darvozabonlarini ham guruhlarga bo‘lib, har bir darvozada ularning har kuni qiladigan ishlarini taqsimlab berdi. U bularning hammasini Xudoning odami Dovudning farmoniga muvofiq qildi.
15
Shoh Dovudning ruhoniylarga, levilarga, xazinalarga va boshqa narsalarga oid birorta ko‘rsatmasi e’tibordan chetda qolmadi.
16
Shunday qilib, Sulaymon hamma ishni o‘z nihoyasiga yetkazdi. Egamiz uyining poydevori qo‘yilgandan boshlab, to uy tamomila qurilib bo‘lgunicha bajarilgan hamma ish muvaffaqiyatli bo‘ldi.
17
Shundan so‘ng Sulaymon Edom yurtidagi Qizil dengiz qirg‘og‘ida joylashgan Ezyo‘n–Geber va Elet shaharlariga ketdi.
18
Shoh Xiram Sulaymonga o‘z kemachilari va tajribali dengizchilari boshchiligida kemalarni jo‘natdi. Ular Sulaymonning odamlari bilan birga Ofir yurtiga suzib borib, u yerdan Sulaymonga 960 pud oltin keltirib berdilar.
← Chapter 7
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 9 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36