bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
2 Chronicles 5
2 Chronicles 5
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 4
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 6 →
1
Shunday qilib, Sulaymon Egamizning uyiga oid hamma ishlarni bitirdi. So‘ngra u otasi Dovud nazr qilgan narsalarni olib kelib, kumush, oltin va hamma buyumlarni Xudoning uyi xazinasiga qo‘ydi.
2
Shundan so‘ng Sulaymon Isroil oqsoqollarini, hamma qabila yo‘lboshchilarini, Isroil xalqi urug‘boshilarini Quddus shahriga to‘pladi. U Egamizning ahd sandig‘ini Dovud qal’asidan — Siondan Egamizning uyiga olib kelmoqchi edi.
3
Ularning hammasi yettinchi oyda nishonlanadigan Chayla bayrami paytida shohning huzuriga yig‘ilishdi.
4
Isroil oqsoqollarining hammasi kelgach, levilar sandiqni yerdan ko‘tarishdi.
5
Ruhoniylar va levilar sandiq bilan birga Uchrashuv chodirini, chodirdagi barcha muqaddas buyumlarni Egamizning uyiga olib kelishdi.
6
Shoh Sulaymon va to‘plangan butun Isroil jamoasi sandiqning oldida qo‘ylar, buqalar so‘yib qurbonlik qilishdi. Qurbonlik qilingan qo‘y va buqalar shu qadar ko‘p ediki, hisobiga yetib bo‘lmasdi.
7
Ruhoniylar Egamizning ahd sandig‘ini unga atalgan joyga — Eng muqaddas xonaga, karublarning qanotlari ostiga qo‘yishdi.
8
Karublarning qanotlari sandiq usti bo‘ylab cho‘zilgan va sandiq hamda uning xodalarini berkitib turardi.
9
Xodalar shunchalik uzun ediki, ularning uchi Eng muqaddas xonaning shundaygina oldidan ko‘rinib turardi, boshqa joydan esa ko‘rinmasdi. Xodalar bugungacha ham o‘sha yerda turibdi.
10
Sandiqning ichida Muso Sinay tog‘ida qo‘ygan ikkita tosh lavhadan boshqa hech narsa yo‘q edi. Isroil xalqi Misrdan chiqqandan keyin Sinay tog‘ida Egamiz ular bilan ahd tuzgan edi.
11
[11-14] Bu yerda hozir bo‘lgan ruhoniylarning hammasi, qaysi guruhga qarashli bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘zlarini poklagan edilar. Jamiki levi sozandalari — Osif, Xaman, Yodutun, ularning o‘g‘illari va qarindoshlari mayin zig‘ir matosidan tikilgan liboslarni kiyib olgan edilar. Levilar zang, arfa va liralarni ko‘tarib qurbongohning sharq tomoniga turdilar. Ularning yonidan karnay chaladigan 120 ruhoniy joy oldilar. Sozandalaru karnaychilar jo‘r bo‘lib, Egamizga hamdu sano va shukrona aytar edilar. Karnay, zang va boshqa sozlar jo‘rligida qo‘shiqchilar Egamizga shunday hamdu sano kuylar edilar: “Egamiz yaxshidir, Uning sodiq sevgisi abadiydir.” Ruhoniylar Xudoning uyidan chiqib ketayotganlarida, birdaniga uyni bulut qoplab, Egamizning ulug‘vorligi u yerni to‘ldirdi. Shuning uchun ruhoniylar o‘z xizmatini davom ettira olmadilar.
← Chapter 4
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 6 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36