bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
2 Chronicles 16
2 Chronicles 16
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 15
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 17 →
1
Oso hukmronligining o‘ttiz oltinchi yilida Isroil shohi Basho Yahudoga hujum qildi. Odamlar Yahudo yurtiga osonlikcha kirib chiqa olmasligi uchun, u Rama shahrini mustahkamladi.
2
Oso Egamizning uyidagi va saroydagi xazinalardan kumush va oltinlarni olib, Damashqda o‘tirgan Oram shohi Banhadadga jo‘natdi. Oso unga shu xabarni ham yubordi:
3
“Sening otang bilan mening otam o‘rtasida ittifoq bo‘lgani kabi, sen bilan mening o‘rtamda ham ittifoq bo‘lsin. Senga kumush va oltin berib yuboryapman. Isroil shohi Basho bilan ittifoq tuzgan eding, endi o‘shani bekor qil, toki u yurtimdan jo‘nab qolsin.”
4
Banhadad shoh Osoning taklifini qabul qildi, lashkarboshilariga: “Isroil shaharlariga hujum qilinglar”, deb ularni o‘sha yoqqa yubordi. Ular Iyxon, Dan, Ovil–Mayim shaharlarini va Naftali hududidagi barcha ombor shaharlarni bosib oldilar.
5
Basho bu voqeani eshitgach, Ramani mustahkamlash fikridan voz kechib, ishni to‘xtatib qo‘ydi.
6
Shoh Oso jamiki Yahudo xalqini chaqirtirib, ularga Rama shahrini mustahkamlashda Basho ishlatgan tosh va yog‘ochlarni tashittirdi. Oso o‘sha tosh va yog‘ochlar bilan G‘ibo hamda Mispax shaharlarini mustahkamladi.
7
Shu vaqtda valiy Xonin Yahudo shohi Osoning huzuriga kelib, unga aytdi: “Sen Egang Xudoga suyanmasdan, Oram shohiga suyanding. Shuning uchun Oram shohining lashkarlarini qo‘ldan boy berding.
8
Nahotki Habashistonliklar bilan Liviyaliklar esingda bo‘lmasa?! Ular son–sanoqsiz lashkari, ko‘plab jang aravalari va otliq sipohlari bilan kelgan edi–ku. O‘shanda Sen Egamizga suyanganing uchun, Egamiz ularni sening qo‘lingga bergan edi.
9
Egamiz yer yuzidagi hammani kuzatib turadi, Unga sodiq bo‘lganlarga U kuch–qudrat beradi. Sen aqlsizlarcha ish tutding. Bundan buyon sening boshing urushdan chiqmaydi.”
10
Oso valiyning bu gaplaridan g‘azablandi. U g‘azab ustida valiyni zindonga tashladi. Xalqdan ba’zilarini ham shafqatsizlarcha eza boshladi.
11
Osoning butun faoliyati, boshidan oxirigacha “Yahudo va Isroil shohlari tarixi” kitobida yozib qoldirilgan.
12
Hukmronligining o‘ttiz to‘qqizinchi yilida Osoning oyoqlari og‘riydigan bo‘lib qoldi. Uning ahvoli juda og‘ir bo‘lishiga qaramay, u kasallik paytida ham Egamizga yuzini burmadi, faqat tabiblardan yordam so‘radi.
13
Nihoyat, Oso hukmronligining qirq birinchi yilida olamdan o‘tdi.
14
Uni attorlar tayyorlagan turli–tuman ziravorlar bilan to‘la tobutga yotqizdilar. U Dovudning qal’asida, o‘zi uchun qoyadan o‘ydirgan qabrga dafn qilindi. Uning sharafiga katta gulxan yoqdilar.
← Chapter 15
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 17 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36