bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
2 Chronicles 19
2 Chronicles 19
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 18
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 20 →
1
Yahudo shohi Yohushafat Quddusdagi saroyiga sog‘–salomat qaytib keldi.
2
Xonin o‘g‘li valiy Yohu shoh Yohushafat bilan uchrashgani borib, unga dedi: “Qabihlarga yordam berib, Egamizdan nafratlanganlarni yaxshi ko‘rish to‘g‘rimi? Qilgan bu ishing uchun Egamiz sendan g‘azablandi.
3
Shunga qaramay, sen yaxshi ishlar ham qilgansan. Sen Asheraning ustunlarini Yahudo yurtidan yo‘q qilgansan, butun yuraging bilan Xudoga intilishga qat’iy qaror etgansan.”
4
Yohushafat Quddusda yashar edi. Biroq u tez–tez xalq orasiga chiqib, janubdagi Bershevadan tortib, to shimoldagi Efrayim qirlarigacha borar edi. Butun xalqni ota–bobolarining Xudosi — Egamizga yuz burishga da’vat etardi.
5
U Yahudodagi mustahkam shaharlarning har biriga hakamlar tayinlab,
6
ularga shunday ko‘rsatma berdi: “Hukm qilishda ehtiyot bo‘linglar, chunki sizlar inson nomidan emas, balki Egamiz nomidan hukm qilasiz. Hukm qilayotganingizda U sizlar bilan birga bo‘ladi.
7
Egamizdan qo‘rqing. Hukm chiqarganingizda ehtiyot bo‘ling, chunki Egamiz Xudo nohaqlikka, tarafkashligu poraga toqat qilmaydi.”
8
Egamizning qonuni bilan bog‘liq bo‘lgan hukmlarni chiqarish va odamlar orasidagi munozaralarni yechish uchun Yohushafat Quddusda ba’zi levilarni, ruhoniylarni va Isroil urug‘boshilarni tayinladi. Ular Quddusda yashardilar.
9
Yohushafat ularga shunday deb uqtirdi: “O‘z vazifangizni Egamizdan qo‘rqqan holda, sidqidildan, odilona bajaring.
10
Boshqa shaharda istiqomat qiladigan birodarlaringiz oldingizga qotillik yoki qonun, amr, farmon, qoidalar bilan bog‘liq bo‘lgan da’volar bilan kelsa, ularni ogohlantiring, toki ular Egamizga qarshi gunoh qilib qo‘ymasinlar, o‘zlarining va sizning boshingizga Egamizning qahrini keltirmasinlar. Shunday qilsangiz, aybdan holi bo‘lasizlar.
11
Sizlar Xudoning ishlari yuzasidan hamma hisobotni oliy ruhoniy Emoriyoga, shohning ishlari yuzasidan bo‘lgan hisobotni esa Yahudo qabilasining boshlig‘i Ismoil o‘g‘li Zabadiyoga berasizlar. Sud qarorlari amalga oshishini levilar nazorat qilib turadilar. Dadil bo‘linglar, to‘g‘ri ish qilganga Egam yor bo‘lsin!”
← Chapter 18
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 20 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36