bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
2 Chronicles 15
2 Chronicles 15
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 14
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 16 →
1
Odod o‘g‘li Ozariyoni Xudoning Ruhi qamrab oldi.
2
Ozariyo Osoning huzuriga borib dedi: “Ey shoh Oso! ey Yahudo va Benyamin xalqi! Gapimga quloq solinglar. Sizlar Egamiz bilan bo‘lar ekansiz, U ham sizlar bilan birga bo‘ladi. Agar sizlar Egamizni izlasangizlar, Uni topasizlar. Agar Uni tark etsangizlar, U ham sizlarni tark etadi.
3
Isroil xalqi uzoq vaqt davomida haqiqiy Xudosiz yashadi. Ularga ta’lim beradigan ruhoniy yo‘q edi, qonundan mahrum edilar.
4
Lekin boshlariga og‘ir kulfat tushganda, ular Isroil xalqining Xudosi — Egamizga qaytdilar, Uni izladilar, shunda topdilar.
5
O‘sha notinch davrda yo‘lga chiqish xatarli edi, chunki hamma joyda behalovatlik va tartibsizlik hukmron edi.
6
Bir xalq ikkinchisini yakson qilardi, bir shahar boshqasini vayron etar edi, chunki Egamiz ularni iztirobga solib, behalovat qilib qo‘ygan edi.
7
Lekin sizlar dadil bo‘linglar! Tushkunlikka tushmanglar! Sizlar qilgan ishlaringiz uchun mukofot olasizlar.”
8
Oso Odod o‘g‘li Ozariyoning aytgan bashoratini eshitgach, dadillandi. U Yahudo va Benyamin yerlaridan, shuningdek, Efrayim qirlarida qo‘lga kiritgan shaharlardan makruh butlarni yo‘q qildi. Ma’bad hovlisidagi Egamizning qurbongohini tuzatdi.
9
U Yahudo va Benyamin xalqini, shuningdek, oralarida istiqomat qilayotgan Efrayim, Manashe va Shimo‘n qabilasidan bo‘lgan musofirlarni to‘pladi. Ularning ko‘pchiligi Oso hukmronligi davrida Yahudoga ko‘chib kelgan edilar, chunki Egasi Xudo Oso bilan birga bo‘lganini ko‘rgan edilar.
10
Ular Oso hukmronligining o‘n beshinchi yili uchinchi oyida Quddusda to‘plandilar.
11
O‘sha kuni o‘zlari olib kelgan o‘ljalardan yetti yuzta buqa va yetti mingta qo‘yni Egamizga qurbonlik qildilar.
12
So‘ng ota–bobolarining Xudosi — Egamizga butun qalbi bilan, jonu dili bilan intilishga ahd qildilar.
13
Kimki Isroil xalqining Xudosi — Egamizga intilmasa, xoh yosh bo‘lsin, xoh qari, xoh erkak bo‘lsin, xoh ayol, o‘ldiriladigan bo‘ldi.
14
Ular baland ovozda Egamizga qasamyod qildilar, hayqirdilar, karnay va burg‘ular chaldilar.
15
Jamiki Yahudo xalqi chin dildan qasamyod qilgani uchun xursand edi. Ular Egamizni astoydil izlaganlari uchun, Uni topdilar. Egamiz ularga har tarafdan osoyishtalik ato qildi.
16
Shoh Osoning buvisi Maxo Asheraning makruh tasvirini yasagani uchun, Oso buvisini malikalik unvonidan mahrum qildi. So‘ng buvisi yasagan tasvirni qo‘porib tashlab, parcha–parcha qilgandan keyin, Qidron soyligida yoqib yubordi.
17
Oso Isroildagi sajdagohlarni yo‘q qilmagan bo‘lsa ham, umr bo‘yi Egamizga sodiq qoldi.
18
U Egamizning uyiga otasi Abiyo Xudoga atagan ashyolarni, shuningdek, o‘zi atab qo‘ygan oltin va kumush ashyolarni olib keldi.
19
Oso shohligining o‘ttiz beshinchi yiliga qadar urush bo‘lmadi.
← Chapter 14
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 16 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36