bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
2 Chronicles 30
2 Chronicles 30
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 29
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 31 →
1
Hizqiyo butun Isroil va Yahudo xalqiga xabar jo‘natdi, Efrayim hamda Manashe qabilalariga ham maktub yozib, ularni Isroil xalqining Xudosi — Egamizga atab Fisih ziyofatini nishonlash uchun Egamizning Quddusdagi uyiga taklif qildi.
2
Shoh, a’yonlar hamda Quddusdagi jamoa Fisih ziyofatini ikkinchi oyda nishonlashga qaror qilgan edilar.
3
Ular Fisih ziyofatini o‘z vaqtida — birinchi oyda nishonlay olmagan edilar. Bunga sabab poklangan ruhoniylarning soni yetarli bo‘lmagani va odamlarning ko‘pchiligi Quddusga yig‘ilmagani bo‘ldi.
4
Fisih ziyofati to‘g‘risidagi bu qaror shohga ham, jamoaga ham to‘g‘riday tuyuldi.
5
Ular janubdagi Bershevadan tortib to shimoldagi Dan shahrigacha bo‘lgan Isroil hududlarida istiqomat qilgan hammani Isroil xalqining Xudosi — Egamizga atab Fisih ziyofatini nishonlash uchun Quddusga taklif qildilar. Negaki bu ziyofat ancha vaqtdan beri, qonunda ko‘rsatilganday butun xalq tomonidan nishonlanmagan edi.
6
Choparlar shoh va uning a’yonlari nomidan yozilgan maktubni butun Isroil va Yahudo xalqlariga yetkazdilar. Maktubda quyidagilar bitilgan edi: “Ey Ossuriya bosqinchiligidan omon qolgan Isroil xalqi! Ibrohimning, Is’hoqning va Yoqubning Xudosi — Egamizga qaytinglar, shunda U ham sizga qaytadi.
7
Egasi Xudoga xiyonat qilgan ota–bobolaringizga va Isroillik qarindoshlaringizga o‘xshamanglar. O‘zingiz ko‘rib turganingizday Xudo ularni qattiq jazoladi.
8
Ota–bobolaringiz singari qaysar bo‘lmanglar, Egamizga bo‘ysuninglar, Uning Ma’badiga kelinglar. Egamiz Ma’badni abadiy muqaddas qilgan. Egangiz Xudoga sajda qilinglar, ana shunda u g‘azabidan tushadi.
9
Agar Egamizga qaytsangiz qarindoshu bola–chaqalaringizni asir qilgan bosqinchilar ularga rahm qiladilar, uylariga qaytib kelishlariga yo‘l qo‘yadilar. Zotan Egangiz Xudo inoyatli va rahmdildir, Unga qaytsangiz U sizdan yuzini o‘girmaydi.”
10
Shunday qilib, choparlar to shimoldagi Zabulun hududigacha bo‘lgan Efrayim va Manashe hududlaridagi hamma shaharlarga kirib chiqdilar. Lekin odamlar ularning ustidan zaharxandalik bilan kulib, masxara qildilar.
11
Faqat Osher, Manashe va Zabulun qabilasidan ba’zilari itoat etib, Quddusga keldilar.
12
Yahudo xalqini esa Xudo birlashtirib, ularga shoh va a’yonlarning ko‘rsatmasini bajarishga xohish bergan edi. Bu ko‘rsatma Xudoning amriga asoslangan edi.
13
Ikkinchi oyda Xamirturushsiz non bayramini nishonlash uchun juda ko‘p xalq Quddusga yig‘ildi.
14
Ular Quddusdagi hamma begona qurbongohlarni va hamma tutatqi qurbongohlarini qo‘porib, Qidron soyligiga uloqtirib tashladilar.
15
Ikkinchi oyning o‘n to‘rtinchi kuni esa Fisih qo‘zilarini so‘ydilar. O‘zlarini poklamagan ruhoniylar va levilar uyatli ahvolda qolganidan poklanish marosimini ado etib, kuydiriladigan qurbonliklarini Egamizning uyiga olib keldilar.
16
So‘ng ular Xudoning odami Musoning qonuniga muvofiq Ma’badda o‘z joylarini egalladilar. Ruhoniylar levilarning qo‘lidan qurbonlik qonini olib, qurbongohga sepdilar.
17
Xalqdan ko‘pchiligi o‘zlarini poklamagani uchun, Fisih qo‘zisini qurbon qila olmadilar. Bunday odamlarning Fisih qo‘zisini so‘yish va Egamizga atash vazifasini levilarning o‘zlari bajardilar.
18
Efrayim, Manashe, Issaxor va Zabulun qabilasidan kelganlarning aksariyati o‘zlarini poklamagan bo‘lsalarda, Xudoning qonuniga zid ravishda Fisih taomidan tanovul qildilar. Lekin Hizqiyo ular uchun quyidagicha ibodat qildi: “Ey Egam, muruvvating ila bu bandalaringni kechir.
19
Ular poklanish marosimini ado etmagan bo‘lsalarda, ota–bobolarining Xudosi — Egamizga chin yurakdan sajda qilishga qaror etganlar.”
20
Hizqiyoning ibodatini Egamiz eshitib, xalqni kechirdi, ularga zarar yetkazmadi.
21
Quddusda to‘plangan xalq katta xursandchilik bilan yetti kun Xamirturushsiz non bayramini nishonladi. Levilar va ruhoniylar har kuni sozlarning baland kuylari jo‘rligida Egamizni madh qildilar.
22
Hizqiyo Egamizga xizmat qilishda mohirlik ko‘rsatgan hamma levilarni ruhlantirdi. Xullas, xalq tinchlik nazrlarini qurbon qildi, ota–bobolarining Xudosi — Egamizga shukronalar aytib, yetti kun bayram taomini tanovul qildi.
23
Butun jamoa bayramni yana yetti kun nishonlashga qaror qildi. Shunday qilib, ular yana yetti kun xursandchilik bilan bayram qildilar.
24
Yahudo shohi Hizqiyo jamoaga qurbonlik qilish uchun 1.000 ta buqa va 7.000 ta qo‘y berdi. Shoh a’yonlari esa 1.000 ta buqa va 10.000 ta qo‘y berdilar. Juda ko‘p ruhoniylar o‘zlarini pokladilar.
25
Yahudo xalqi, ruhoniylar, levilar, Isroil xalqi, Isroil va Yahudoda istiqomat qilayotgan musofirlar o‘zlarida yo‘q xursand edilar.
26
Quddusda katta xursandchilik hukm surardi. Isroil shohi Dovud o‘g‘li Sulaymon zamonidan beri Quddusda bunday voqea yuz bermagan edi.
27
So‘ngra ruhoniylar va levilar turib, xalqni duo qildilar. Ularning ibodati Xudoning samodagi muqaddas makoniga yetib, ijobat bo‘ldi.
← Chapter 29
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 31 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36