bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
2 Chronicles 21
2 Chronicles 21
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 20
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 22 →
1
Yohushafat olamdan o‘tdi. U ham Dovud qal’asida ota–bobolari yoniga dafn qilindi, uning o‘rniga o‘g‘li Yohuram shoh bo‘ldi.
2
Yohuramning Ozariyo, Yoxiyol, Zakariyo, Ozariyohu, Mikoyil, Shafatiyo degan ukalari bor edi. Bularning hammasi Yahudo shohi Yohushafatning o‘g‘illari edi.
3
Otasi ularga ko‘p miqdorda oltinu kumush va qimmatbaho ashyolar bilan birga Yahudo yurtidagi mustahkam shaharlarni hadya etgan edi. Yohuramni esa to‘ng‘ich o‘g‘il bo‘lgani uchun taxt vorisi qilgan edi.
4
Yohuram otasining taxtiga o‘tirib, o‘zini mustahkamlab olgandan keyin, ukalarining hammasini va Isroil a’yonlaridan ba’zilarini qilichdan o‘tkazdi.
5
Yohuram Yahudo shohi bo‘lganda, o‘ttiz ikki yoshda edi. U Quddusda sakkiz yil hukmronlik qildi.
6
Xotini Axabning qizi bo‘lgani uchun, Yohuram ham, Axab xonadoni singari, Isroil shohlari yo‘lidan yurib, Egamiz oldida qabihliklar qildi.
7
Shunday bo‘lsa–da, Dovudning xonadonini Egamiz halokatga uchratishni istamadi, chunki U Dovud bilan ahd qilib: “Sening naslingga to abad so‘nmaydigan chiroq beraman”, deb va’da qilgan edi.
8
Yohuram davrida Edom Yahudo shohligiga qarshi isyon qildi. Edom xalqi o‘zlarining mustaqil shohligini qurdilar.
9
Yohuram hamma lashkarboshilari va jang aravalarini Edomga boshlab bordi. Edom lashkari Yohuramni va uning jang aravalari sardorlarini o‘rab oldi, lekin Yohuram tunda hujum qilib, qamalni yorib chiqdi.
10
Shunday qilib, Edom xalqi hozirgacha Yahudo hukmronligidan ozoddir. Yohuram ota–bobolarining Xudosi — Egamizni tark etgani uchun, Libna shahri ham o‘sha paytda isyon ko‘targan edi.
11
Yohuram Yahudo qirlarida sajdagohlar barpo qildi, Yahudo va Quddus aholisini Xudoga bevafolik qilishga boshladi, ularni haq yo‘ldan ozdirdi.
12
Ilyos payg‘ambar unga quyidagicha maktub yubordi: “Bobong Dovudning Xudosi — Egamiz shunday demoqda: — Sen otang Yohushafatning yo‘lidan yurmading, Yahudo shohi Osoning izidan ham bormading,
13
balki Isroil shohlarining yo‘lidan yurding. Axab xonadoni Isroilni Xudoga bevafolik qilishga boshlaganday, sen ham Yahudo va Quddus aholisini Xudoga bevafolik qilishga boshlading. Sen hatto o‘z ukalaringni o‘ldirding, ular sendan yaxshiroq edi.
14
Shu sababdan Men, Egangiz, sening xalqing, bolalaring, xotinlaring boshiga va butun mol–mulkingga og‘ir kulfat keltiraman.
15
Sen o‘zing esa og‘ir ichak xastaligiga yo‘liqasan. Ichak–chovoqlaring tashqariga chiqqunga qadar, xastaliging kundan kunga kuchayib boraveradi.”
16
Egamiz Filistlarni va Habashistonning yonida yashayotgan Arablarni Yohuramga qarshi qo‘zg‘atdi.
17
Ular Yahudoga bostirib kelib, shoh saroyidagi hamma boyliklarni, shohning o‘g‘illarini va xotinlarini olib ketdilar. Shohning kenja o‘g‘li Oxaziyodan boshqa o‘g‘li qolmadi.
18
Shundan keyin Egamiz shoh Yohuramni tuzalmas ichak xastaligiga yo‘liqtirdi.
19
Oradan ikki yil o‘tgach, Yohuramning xastaligi zo‘rayib, ichak–chovoqlari tashqariga chiqdi. Yohuram qattiq azob–uqubat bilan vafot etdi. Odamlar Yohuramning ota–bobolari sharafiga gulxan yoqishgan bo‘lsa–da, Yohuramning sharafiga gulxan yoqishmadi.
20
Yohuram taxtga o‘tirgan paytda o‘ttiz ikki yoshda bo‘lib, Quddusda sakkiz yil hukmronlik qildi. Uning o‘limi uchun hech kim qayg‘urmadi. Garchi uni Dovud qal’asiga dafn etgan bo‘lsalar–da, shohlar qabriga dafn qilmadilar.
← Chapter 20
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 22 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36