bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
2 Chronicles 3
2 Chronicles 3
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 2
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 4 →
1
Sulaymonning otasi shoh Dovud Egamizning uyi uchun Quddusda bir joy tayyorlab qo‘ygan edi. Bu joy Moriyox tog‘ida — Dovudga Egamiz zohir bo‘lgan Yobuslik O‘rnanning xirmonida edi. Sulaymon Xudoning uyini o‘sha yerda barpo qila boshladi.
2
Qurilish Sulaymon hukmronligining to‘rtinchi yili, ikkinchi oyining ikkinchi kunida boshlangan edi.
3
Sulaymon Xudoning uyi uchun poydevor qo‘ydi, poydevorning uzunligi (qadimgi o‘lchov birligiga asosan) 60 tirsak, eni 20 tirsak edi.
4
Uyning asosiy xonasi oldida ayvon bo‘lib, ayvonning uzunligi asosiy xonaning eni bilan bir o‘lchovda — 20 tirsak, balandligi 120 tirsak edi. Sulaymon ayvonning ichini toza oltin bilan qoplatdi.
5
Asosiy xonaning devorlarini oldin sarv taxtasi bilan qoplatib, ustidan toza oltinni qoplatdi, so‘ng xurmo daraxti va zanjirlar shakllarini o‘ydirib soldirdi.
6
Uyni qimmatbaho toshlar bilan bezattirdi. Parvayimdan keltirilgan oltin bilan
7
uyning to‘sinlarini, ostonalarini, devorlarini va eshiklarini qoplatdi. Devorlarga karublar suratini o‘ydirdi.
8
Sulaymon Eng muqaddas xonani ham qurdirdi. Bu xonaning uzunligi asosiy xonaning eni bilan bir o‘lchovda — 20 tirsak, eni ham 20 tirsak edi. Sulaymon bu xonani 200 pud toza oltin bilan qoplatdi.
9
Ishlatilgan oltin mixlarning umumiy og‘irligi 125 misqol edi. Yuqori xonalarning devorlari ham oltin bilan qoplandi.
10
So‘ng Sulaymon ikkita karub shaklini yasattirdi. Ularni oltin bilan qoplatib, Eng muqaddas xonaga o‘rnashtirdi.
11
[11-13] Karublar yonma–yon, kiraverishga qaratib qo‘yilgan edi. Har birining ikkitadan qanoti bo‘lib, har bir qanotining uzunligi besh tirsak edi. Qanotlar yoyilgan holda yasalgan bo‘lib, karublarning bir qanoti devorga tegib turar edi. Ikkinchi qanoti esa xonaning markazida boshqa karubning qanotiga tegib turar edi. Ikkala karubning yoyilgan qanotlari jami 20 tirsakni tashkil qilar edi.
12
***
13
***
14
Sulaymon ko‘k, safsar, qizil matolardan va mayin zig‘ir matosidan ichki parda qildirib, pardaning ustiga karublar suratini soldirdi.
15
Sulaymon 35 tirsak balandlikdagi ikki ustun yasattirib, ularni Egamiz uyining old tomoniga o‘rnatdi. Har bir ustun tepasida ustunqosh bo‘lib, ustunqoshning balandligi 5 tirsak edi.
16
Ustunqoshlar to‘qilgan zanjirlar va yuzta anor surati bilan bezatilgan edi.
17
Ustunlar uyning oldiga — bittasi o‘ng tomonga, ikkinchisi chap tomonga o‘rnatilgan edi. O‘ng tomondagi ustunga Yoxin deb, chap tomondagisiga Bo‘az deb nom berildi.
← Chapter 2
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 4 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36