bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Deuteronomy 10
Deuteronomy 10
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 9
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 11 →
1
Shundan keyin Egamiz menga dedi: “Ikkita tosh lavhani kesib ol. Ular oldingilariga o‘xshagan bo‘lsin. Keyin toqqa Mening oldimga chiq. Yana yog‘ochdan bir sandiq yasa.
2
Men o‘sha tosh lavhalarga sen sindirgan lavhalardagi amrlarni yozaman. Sen lavhalarni sandiqqa solib qo‘yasan.”
3
Shunday qilib, men akas yog‘ochidan sandiq yasadim, oldingisiga o‘xshagan ikkita tosh lavhani kesib oldim. Keyin ikkala toshni ko‘tarib, toqqa chiqdim.
4
Egamiz tosh lavhalarga oldingiday o‘nta amrni yozdi. Sizlar tog‘da yig‘ilganingizda o‘sha amrlar Egamiz olov ichidan sizga aytgan so‘zlarning o‘zginasi edi. Egamiz o‘sha lavhalarni menga berdi.
5
Men tog‘dan qaytib tushdim. Egamizning amriga ko‘ra, lavhalarni sandiqqa soldim. Lavhalar hali ham o‘sha sandiqda turibdi.
6
( Isroil xalqi Yaqon urug‘iga qarashli quduqlardan Mosaraxga yo‘l oldi. Horun o‘sha yerda vafot etib, dafn qilindi. O‘rniga o‘g‘li Elazar ruhoniy bo‘ldi.
7
Isroil xalqi u yerdan Gudgodaxga, Gudgodaxdan oqar suvlar o‘lkasi Yotbotoga borishdi.
8
Egamiz: “Mening ahd sandig‘imni ko‘tarib yursin, Mening huzurimda xizmat qilsin, Mening ismim bilan odamlarni duo qilsin”, deb o‘shanda Levi qabilasini tanlab olgan edi. Ular bugungacha ham shu xizmatni ado etib kelmoqdalar.
9
Shuning uchun Levi qabilasiga birodarlari orasidan ulush ham, mulk ham berilmagan. Zotan Levi qabilasining ulushi Egamizning O‘zidir. Bu gapni Egangiz Xudoning O‘zi aytdi.)
10
Men yana oldingiday tog‘da qirq kechayu qirq kunduz qoldim. Egamiz bu safar ham mening iltijoimni eshitib, sizlarni halok qilmaydigan bo‘ldi.
11
U menga shunday dedi: “Qani, xalqni boshla. Ularni Men ota–bobolariga qasam ichib va’da bergan yurtga olib bor. Ular o‘sha yurtga borib, uni qo‘lga kiritishsin.”
12
Ey Isroil xalqi! Egangiz Xudo sizlardan bitta narsani talab qiladi: Egangiz Xudodan qo‘rqing, Uning yo‘lidan yuring, Egangiz Xudoni seving, butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan Unga xizmat qiling.
13
Men bugun sizlarga berayotgan Egamizning amru farmonlariga rioya qiling, shunda baxtiyor bo‘lasiz.
14
Osmon va falak toqi, yer yuzi va undagi hamma narsa Egangiz Xudonikidir.
15
Ammo Egamiz faqatgina ota–bobolaringizga qattiq muhabbat qo‘ydi. Mana bugun ko‘rib turganingizday, ularning avlodini, sizlarni barcha xalqlar orasidan tanlab oldi.
16
Yuraklaringizni sunnat qilinglar, bundan keyin o‘jar bo‘lmanglar.
17
Egangiz Xudo xudolarning Xudosidir, egalarning Egasidir, buyuk qudratli, qo‘rqinchli Xudodir. U tarafkashlik qilmaydi, pora olmaydi.
18
Yetim va bevalarga adolat qiladi, musofirga mehribonlik qiladi, ularga non va kiyim beradi.
19
Sizlar ham musofirlarga mehribon bo‘linglar, o‘zlaringiz ham Misrda musofir edingizlar.
20
Egangiz Xudodan qo‘rqinglar. Yolg‘iz Unga sajda qilinglar, Unga sodiq bo‘lib, Uning nomi bilan qasam ichinglar.
21
Faqat Unga hamdlar aytinglar, chunki U sizlarning Xudoyingizdir. Sizlar o‘z ko‘zingiz bilan Uning buyuk va qo‘rqinchli alomatlarini ko‘rdingiz.
22
Misrga borgan ota–bobolaringiz yetmish kishi edi, xolos. Endi esa Egangiz Xudo sizlarni osmondagi yulduzlar kabi son–sanoqsiz qildi.
← Chapter 9
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 11 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34