bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Deuteronomy 15
Deuteronomy 15
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 14
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 16 →
1
Har yettinchi yilning oxirida qarzlaringizdan kechinglar.
2
Qarzdan kechish shundan iboratki, yaqiniga qarz bergan odam qarzidan kechsin. Isroil xalqidan bo‘lgan birodaridan o‘sha qarzini so‘ramasin, chunki Egamiz qarzdan kechishni e’lon qildi.
3
Begonadan qarzingizni so‘rasangiz bo‘ladi. Isroil xalqidan bo‘lgan birodaringizdan esa qarzingizni so‘ramang.
4
Sizlarning orangizda kambag‘al bo‘lmaydi. Egangiz Xudo mulk qilib berayotgan yurtda sizlarga baraka beradi.
5
Faqat Egangiz Xudoga itoat etib, Men bugun sizlarga berayotgan mana shu amrlarni bitta qoldirmay bajarishingiz kerak.
6
Egangiz Xudo O‘zi va’da qilganday, sizlarga baraka berganda, ko‘p xalqlarga qarz berasiz, o‘zingiz esa ulardan qarz olmaysiz. Ko‘p xalqlar ustidan hukmronlik qilasiz, ular esa sizlarning ustingizdan hukmronlik qilmaydi.
7
Egangiz Xudo sizga beradigan yurtdagi shaharlaringizning birida Isroillik birodaringizdan birortasi kambag‘al bo‘lsa, kambag‘al birodaringizga bag‘ritoshlik qilmang, ziqna bo‘lmang.
8
Ochiq qo‘l bo‘ling, unga kerakli narsani yetarlicha qarzga bering.
9
Ehtiyot bo‘ling, ko‘nglingizda yomon niyat qilmang, yettinchi yil, qarzdan kechish yili kelyapti, deb kambag‘al birodaringizga nafrat bilan qaramang, unga yo‘q demang. Aks holda birodaringiz Egamizga sizdan noliydi, natijada siz gunoh orttirib olasiz.
10
Unga saxiylik bilan qarz bering, buning uchun achinmang. Shunda Egangiz Xudo har bir ishingizga baraka beradi.
11
Yer yuzida har doim kambag‘allar bo‘ladi. Shuning uchun sizlarga amrim shuki, yurtingizdagi kambag‘al, muhtoj birodaringizga ochiq qo‘l bo‘ling.
12
Birodaringizdan ibroniy erkagi yoki ayoli sizga o‘zini sotsa, olti yil xizmat qilsin, yettinchi yili uni ozod qilishingiz kerak.
13
Uni ozod qilganingizda, quruq jo‘natmang.
14
Unga saxiylik bilan mol–qo‘yingizdan, don, sharobingizdan bering, Egangiz Xudo sizlarga ato etgan barakadan bering.
15
Yodingizda tuting: sizlar ham Misr yurtida qul bo‘lgansiz, Egangiz Xudo sizlarni ozod qilgan. Shuning uchun men bugun sizlarga o‘sha amrni berdim.
16
Agar qulingiz, sizni, oilangizni yaxshi ko‘raman, sizning xonadoningizda o‘zimga to‘qman, siznikidan ketmayman, deb aytsa,
17
uni uyingiz eshigi yoniga olib boring. Qulog‘ini eshikka qo‘yib, bigiz bilan teshing. Shunda u bir umr sizning qulingiz bo‘ladi, cho‘ringizni ham shunday qiling.
18
Qulingizni ozod qilayotganingizda afsuslanmang, chunki u olti yil ichida mardikorning haqiga arziydigan mehnatni qildi. Uni ozod qilsangiz Egangiz Xudo qilgan har bir ishingizga baraka beradi.
19
Mol–qo‘ylaringizning birinchi tug‘ilgan erkagini Egangiz Xudoga bag‘ishlang. Birinchi tug‘ilgan buqangizni ishlatmang, birinchi tug‘ilgan qo‘yingizning yungini olmang.
20
Bularning go‘shtini Egamiz tanlaydigan joyda, o‘zingiz oilalaringiz bilan birga har yili Uning huzurida yenglar.
21
Agar o‘sha hayvon cho‘loq yoki ko‘r bo‘lsa yo uning boshqa bir nuqsoni bo‘lsa, uni Egangiz Xudoga qurbonlik qilmang.
22
Uni shaharlaringizda yeyaveringlar. Pok odam ham, harom odam ham, ohu va kiyikni yeganday, uning go‘shtini yesa bo‘ladi.
23
Faqat qonini iste’mol qilmang. Qonni suv singari yerga to‘kib tashlang.
← Chapter 14
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 16 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34