bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Deuteronomy 21
Deuteronomy 21
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 20
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 22 →
1
Egangiz Xudo sizlarga mulk qilib berayotgan yurtning biror dalasida odam jasadi topilsa va uni kim o‘ldirgani noma’lum bo‘lsa,
2
oqsoqollar va hakamlar murda bilan atrofdagi shaharlar oralig‘idagi masofani o‘lchashsin.
3
Murdaga eng yaqin shaharning oqsoqollari hali qo‘shga qo‘shilmagan, bo‘yinturuq solinmagan g‘unajinni olishsin.
4
Shahar oqsoqollari yerga ishlov berilmagan, urug‘ ekilmagan, suv oqib turadigan soylikka bu g‘unajinni olib borishsin. O‘sha soylikda g‘unajinning bo‘ynini sindirishsin.
5
Levi ruhoniylari bu yerga kelishsin. Egangiz Xudo “ Levi nasli Menga xizmat qilsin, Mening nomim bilan xalqni duo qilsin”, deb ularni tanlagan. Barcha janjalli ishlar va zo‘ravonlik masalalari ularning so‘zi bilan hal qilinadi.
6
Murdaga eng yaqin bo‘lgan shaharning oqsoqollari soylikda bo‘yni sindirilgan g‘unajinning tepasida qo‘llarini yuvishsin.
7
Keyin ular shunday desin: “Bu odamning qonini bizning qo‘llarimiz to‘kkani yo‘q. Kim qilganini ko‘zlarimiz ko‘rgani yo‘q.
8
Ey Egamiz! O‘zing Misrdan ozod qilgan xalqing Isroilni kechirgin, xalqing Isroilni to‘kilgan aybsiz qonga javobgar qilmagin.” Shundan so‘ng ular to‘kilgan qonga javobgarlikdan holi bo‘ladilar.
9
Shunday qilsangizlar, Egamizning oldida to‘g‘ri ish qilgan bo‘lasizlar, aybsizning qonidan o‘zingizni tozalaysizlar.
10
Egangiz Xudo jangda dushmanlaringizni sizlarga mag‘lub etganda, ularni asirga olganingizda,
11
asirlar orasida chiroyli bir ayolni ko‘rib, uni sevib qolganingizdan unga uylanmoqchi bo‘lsangiz,
12
uni uyingizga olib keling. O‘sha ayol sochini qirib tashlasin, tirnoqlarini olsin.
13
Asirlikda kiygan kiyimlarini almashtirsin. Bir oy davomida ota–onasi uchun aza tutib, uyingizda yashasin. Shundan keyin siz u ayolning oldiga kira olasiz, siz uning eri, u esa sizning xotiningiz bo‘ladi.
14
Agar o‘sha ayol sizga yoqmay qolsa, uni ozod qiling. Uni sotmang, unga qulday munosabatda bo‘lmang, chunki uni xotiningiz bo‘lishga majbur qilgansiz.
15
Agar birortasining ikkita xotini bo‘lsa–yu, birini yaxshi ko‘rib, ikkinchisini yaxshi ko‘rmasa, ikkalasi ham unga o‘g‘il tug‘ib bersa, to‘ng‘ichi yaxshi ko‘rmagan xotinining o‘g‘li bo‘lsa,
16
o‘g‘illariga meros bo‘lib berayotganda, yaxshi ko‘rgan xotinning o‘g‘lini ustun qo‘ymasin, unga to‘ng‘ich o‘g‘il huquqini bermasin.
17
Yaxshi ko‘rmagan xotinning o‘g‘lini to‘ng‘ich, deb tan olsin, unga mol–dunyosidan ikki hissa meros bersin. Chunki o‘sha o‘g‘il otasi qudratining ilk hosilidir. To‘ng‘ichlik huquqi o‘sha o‘g‘ilga tegishlidir.
18
Agar birortasining o‘g‘li ota–onasining gapiga quloq solmaydigan, o‘jar va itoatsiz bo‘lsa, uni jazolaganlarida ham gaplariga kirmasa,
19
ota–onasi u o‘g‘ilni shahar darvozasida xizmat qiladigan shahar oqsoqollari oldiga olib kelsin.
20
Ota–onasi oqsoqollarga: “Bu o‘g‘limiz o‘jar va itoatsizdir. U bizning gapimizga quloq solmaydi. U ochko‘z va mayxo‘rdir”, desin.
21
Shundan keyin shahar erkaklari o‘sha yigitni toshbo‘ron qilib o‘ldirsin. Shunday qilib, orangizdan yomonlikni yo‘q qilinglar. Butun Isroil xalqi bu voqeani eshitib, qo‘rqadi.
22
Agar birortasi o‘lim hukmiga loyiq gunoh qilsa, sizlar uni o‘ldirib, jasadini tik o‘rnatilgan xodaning uchiga qoqsangiz,
23
o‘sha jasad kechasi bilan xodada osig‘liq qolmasin. Uni o‘sha kuniyoq dafn qilinglar, chunki xodaga qoqilgan odam Xudo tomonidan la’natlangandir. Egangiz Xudo sizga mulk qilib berayotgan yurtni harom qilmanglar.
← Chapter 20
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 22 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34