bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Deuteronomy 12
Deuteronomy 12
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 11
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 13 →
1
Ota–bobolaringizning Xudosi — Egamiz sizlarga mulk qilib berayotgan yurtda bajarishingiz lozim bo‘lgan farmonlar va qonun–qoidalar quyidagilardan iboratdir. Bularni bitta qoldirmay bajaringlar.
2
Sizlar boradigan yurtdagi xalqlar boshqa xudolarga sig‘inadi. Ularning yurtini qo‘lga kiritganingizdan keyin tog‘ cho‘qqilaridagi, qirlardagi va har bir yashil daraxt ostidagi sajdagohlarini buzib, yo‘q qilinglar.
3
Qurbongohlarini buzinglar, butsimon toshlarini parchalab tashlanglar, Asheraga atalgan ustunlarni yondiringlar, butlarini chopib tashlab, xudolarining nomini u yerdan yo‘q qilinglar.
4
Egangiz Xudoga o‘sha xalqlar singari sajda qilmanglar.
5
U ulug‘lanishi uchun barcha qabilalaringiz orasidan O‘ziga bir joy tanlaydi. Sizlar o‘sha joyda Unga sajda qilinglar.
6
U yerga kuydiriladigan va boshqa qurbonliklarni, ushrlaringizni, ehsonlaringizni, bergan va’dangizga muvofiq qilinadigan nazrlaringizni, ko‘ngildan chiqarib beradigan qurbonliklaringizni, mol–qo‘ylaringizning birinchi tug‘ilgan bolalarini olib boringlar.
7
U yerda, Egangiz Xudoning huzurida oilalaringiz bilan yeb, Egangiz Xudo hamma ishingizga bergan barakadan sevininglar.
8
U yerda biz hozir qilayotgan ishlarni qila ko‘rmanglar. Bu yerda hamma ko‘ngliga ma’qul kelganini qilyapti.
9
Chunki Egangiz Xudo sizga mulk qilib beradigan yerga hali kirmadingiz, osoyishta hayotga erishmadingiz.
10
Ammo ko‘p o‘tmay sizlar Iordan daryosidan o‘tasizlar, Egangiz Xudo mulk qilib beradigan yurtda joylashasizlar. U dushmanlaringizni yengib, sizlarga har tarafdan osoyishtalik ato qiladi, sizlar xavf–xatarsiz yashaysizlar.
11
Shunda Egangiz Xudo O‘zi ulug‘lanishi uchun tanlaydigan joyga men amr qilgan nazru qurbonliklaringizni olib boringlar. Kuydiriladigan va boshqa qurbonliklaringizni, ushrlaringizni, ehsonlaringizni, bergan va’dangizga muvofiq qilinadigan a’lo nazrlaringizni Egamizga atab, o‘sha yerga olib boringlar.
12
Egangiz Xudo huzurida o‘zlaringiz, o‘g‘illaringiz, qizlaringiz, qullaringiz, cho‘rilaringiz, shahringizdagi Levi qabilasidan bo‘lganlar bilan xursandchilik qilinglar. Chunki levilarning siznikiga o‘xshagan ulushi ham, mulki ham yo‘qdir.
13
Ehtiyot bo‘linglar, kuydiriladigan qurbonligingizni duch kelgan joyda qilavermanglar.
14
Ularni faqat Egamiz qabilalaringiz orasidan tanlagan joyda qilinglar. Men sizlarga amr qilganning hammasini o‘sha yerda ado etinglar.
15
Bordi–yu, go‘sht yemoqchi bo‘lsangiz, hayvonni istagan paytingizda, Egangiz Xudo bergan barakaga yarasha, xohlagan shahringizda so‘yib, yeyishingiz mumkin. Odam pok bo‘lsa ham, harom bo‘lsa ham, kiyik va ohu go‘shtini yeganday, bu go‘shtdan yeyaversin.
16
Faqat qonni iste’mol qilmanglar, uni suvday yerga to‘kib tashlanglar.
17
Nazru qurbonliklaringizni shaharlaringizda yemanglar. Doningiz, sharobingiz va zaytun moyingizning o‘ndan bir qismini, mol, qo‘yingizning birinchi tug‘ilgan bolasini, bergan va’dangizga muvofiq qilinadigan nazrlaringizni, ko‘ngildan chiqarib beradigan qurbonliklaringizni, ehsonlaringizni
18
faqat Egangiz Xudo tanlagan joyda yenglar. Bularni Uning huzurida o‘g‘lingiz, qizingiz, qullaringiz, cho‘rilaringiz, shahringizdagi levilar bilan birga yeb, Egangiz Xudo ishingizga bergan barakadan sevininglar.
19
Yurtingizda yashar ekansiz, ehtiyot bo‘linglar, levilarni unutib qo‘ymanglar.
20
Egangiz Xudo sizlarga bergan va’daga ko‘ra, yerlaringizni kengaytiradi. Shunda ko‘nglingiz go‘shtni tusab: “Go‘sht yegim kelyapti”, deb aytsangiz, xohlaganingizcha go‘sht yeysiz.
21
Egangiz Xudo O‘zi ulug‘lanishi uchun tanlaydigan joy sizlar turgan joydan uzoqda bo‘lsa, men buyurganimday, U sizlarga bergan mol yoki qo‘ylardan so‘yib, shahringizda xohlaganingizcha go‘sht yesangiz bo‘ladi.
22
Pok yoki harom odam bu go‘shtni ohu yoki kiyik go‘shtini yeganday tanovul qilaversin.
23
Qonni esa aslo iste’mol qilmanglar, chunki qon jondir, jonni go‘sht bilan birga yemanglar.
24
Qonni iste’mol qilmay, suv singari yerga to‘kib tashlanglar.
25
Sizlar ham, farzandlaringiz ham, qonni iste’mol qilmanglar, shunda baxtiyor bo‘lasizlar. Egamizning oldida ma’qul ish qilgan bo‘lasizlar.
26
Egamizga atagan ehsonlaringizni va va’da qilgan nazrlaringizni U tanlagan joyga olib boringlar.
27
Kuydiriladigan qurbonliklaringizni, ularning qonini, go‘shtini Egangiz Xudoning qurbongohida keltiringlar. Boshqa qurbonliklaringizning qonini ham Egangiz Xudoning qurbongohi yoniga to‘kinglar, go‘shtini esa yesangiz bo‘ladi.
28
Men berayotgan bu amrlarni bitta qoldirmay bajaringlar. Shunda o‘zlaringiz ham, sizlardan keyingi farzandlaringiz ham to abad baxtli bo‘lasizlar. Negaki, Egangiz Xudoning oldida to‘g‘ri, yaxshi ishlarni qilgan bo‘lasizlar.
29
Sizlar yurtga kirib, u yerdagi xalqlarga hujum qilganingizda, Egangiz Xudo ularni yo‘q qiladi. Sizlar ularning yerlariga joylashasizlar.
30
Shunda ehtiyot bo‘linglar, ularning udumlarini qilib, tuzoqqa tushib qolmanglar. “Bu xalqlar xudolariga qanday xizmat qilgan ekan–a?! Men ham ularday qilaman”, deb ularning xudolari haqida surishtirmanglar.
31
Ularga xos usul bilan Egangiz Xudoga sig‘inmanglar. Ular Egamiz nafratlanadigan har bir jirkanch ishni qiladilar. Hatto o‘g‘illarini, qizlarini xudolariga qurbonlik qilib, olovda yondiradilar.
32
Men sizlarga bergan amrlarni bitta qoldirmay bajaringlar. Bu amrlarga hech narsa qo‘shmanglar ham, olib tashlamanglar ham.
← Chapter 11
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 13 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34