bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Deuteronomy 23
Deuteronomy 23
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 22
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 24 →
1
Jinsiy a’zosi kesib tashlangan yoki moyagi ezilgan odam Egamiz jamoasiga kirolmaydi.
2
Noqonuniy tug‘ilgan bola Egamiz jamoasiga kirolmaydi, uning o‘ninchi avlodigacha birorta avlodi ham Egamiz jamoasiga kirolmaydi.
3
Ommonliklar va Mo‘abliklar Egamiz jamoasiga kirolmaydi, ularning o‘ninchi avlodigacha birorta avlodi Egamiz jamoasiga aslo kirolmaydi.
4
Chunki Misrdan chiqib kelayotganingizda ular yo‘lda sizlarni non va suv bilan kutib olmadilar. Ular Oram–Naxrayimdagi Pato‘r shahridan Bavo‘r o‘g‘li Balomni sizlarni la’natlash uchun yolladi.
5
Lekin Egangiz Xudo Balomga quloq solishni xohlamadi. Egangiz Xudo sizlarni sevgani uchun, Balomning la’natini barakaga aylantirdi.
6
Tirik ekansiz, ularning tinchligini, farovonligini hech qachon ko‘zlamanglar.
7
Edomliklardan esa hazar qilmanglar, chunki ular sizlarning qarindoshlaringizdir. Misrliklardan ham hazar qilmanglar, chunki sizlar ularning yurtida musofir bo‘lgan edingizlar.
8
Ulardan tug‘ilgan uchinchi avlod bolalari Egamiz jamoasiga kirsa bo‘ladi.
9
Dushmanlaringiz bilan jang qilishga borganingizda, har qanday haromlikdan saqlaning.
10
Agar orangizdan birortasi, kechasi maniy oqqani tufayli harom bo‘lib qolsa, u qarorgohdan chiqib ketsin. U qarorgohda qolishi mumkin emas.
11
Kech kirayotganda yuvinib, quyosh botgandan keyin qarorgohga kirishi mumkin.
12
Qarorgohning tashqarisida hojat chiqarishingiz uchun joy bo‘lsin.
13
Qurol–aslahangiz orasida kurakchangiz ham bo‘lsin, ehtiyojingizni qondirib bo‘lganingizdan keyin kurakchangiz bilan chuqurcha kovlab, ko‘mib qo‘ying.
14
Qarorgohingizni pok saqlang, chunki Egangiz Xudo sizlarga najot berish va dushmanlaringiz ustidan g‘alaba qozonishingiz uchun sizlar bilan qarorgohdadir. Agar U orangizda uyatli ishlarni ko‘rsa, sizlardan yuz o‘giradi.
15
Egasidan qochib, Isroildan panoh so‘rab kelgan qulni yana qaytarib egasiga berib yubormanglar.
16
U sizlarning orangizda, o‘zi yoqtirgan joyda, tanlagan shaharlaringizning birida yashayversin. Unga zulm qilmanglar.
17
Isroil ayollari orasida sajdagoh fohishalari bo‘lmasin. Isroil erkaklari orasida sajdagoh fahshbozlari bo‘lmasin.
18
Egangiz buzuq ayolu erkaklardan jirkanadi. Ularning ish xaqini Egangiz Xudoning uyiga olib kirmanglar. O‘shani atalgan nazr sifatida keltirmanglar.
19
Isroil xalqidan bo‘lgan birodaringizga kumushni, nonni yoki har qanday boshqa narsani qarzga berganingizda, foiz talab qilmanglar.
20
Boshqa xalqdan bo‘lgandan foiz talab qilsangiz bo‘ladi, lekin birodaringizdan foiz talab qilmanglar. Shunda Egangiz Xudo sizga mulk qilib beradigan yurtda har bir ishingizga baraka beradi.
21
Egangiz Xudoga nazr atagan bo‘lsangiz, uni kechiktirmasdan keltiring. Egangiz Xudo va’dangizni bajarishni sizdan talab qiladi. Keltirmasangiz, o‘zingizga gunoh orttirib olasiz.
22
Nazr atamasangiz gunoh bo‘lmaydi.
23
Ammo o‘z xohishingiz bilan Egangiz Xudoga ont ichib nazr atasangiz, og‘zingizdan chiqqan va’dangizni albatta bajaring.
24
Birovning uzumzoriga kirganingizda, to‘yguningizcha uzumdan yesangiz bo‘ladi, lekin idishingizga terib olmang.
25
Birovning dalasiga kirganingizda qo‘lingiz bilan boshoq uzsangiz bo‘ladi, lekin ekiniga o‘roq solmang.
← Chapter 22
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 24 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34