bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Deuteronomy 14
Deuteronomy 14
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 13
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 15 →
1
Sizlar Egangiz Xudoning farzandlarisiz. Marhumga aza tutganingizda badaningizni tilmang, sochingizning oldini qirmang.
2
Sizlar Egangiz Xudoning muqaddas xalqisiz. Egamiz yer yuzidagi barcha xalqlar orasidan sizlarni O‘z xalqi, O‘z xazinasi qilib tanlab oldi.
3
Jirkanch hayvonlarning go‘shtini yemang.
4
Mana bu hayvonlarni yesangiz bo‘ladi: mol, qo‘y, echki,
5
ohu, kiyik, bug‘u, yovvoyi echki, zubr, jayron, arxar.
6
Ayri tuyoq va kavsh qaytaradigan har qanday hayvonni tanovul qilishingiz mumkin.
7
Lekin kavsh qaytaradigan yoki ayri tuyoq hayvonlardan tuya, quyon va sug‘urni yemanglar, ular kavsh qaytarsa ham, tuyog‘i ayrilmagan. Bu hayvonlar sizlar uchun haromdir.
8
Cho‘chqani ham yemanglar, uning tuyog‘i ayrilgan, lekin kavsh qaytarmaydi. Bu hayvonlarning go‘shtini yemanglar, murdasiga ham tegmanglar.
9
Suvda yashaydigan suzgichi va tangachalari bor har qanday jonivorni yesangiz bo‘ladi.
10
Suzgichi va tangasi bo‘lmaganlarini yemang, ular sizga haromdir.
11
Halol qushlardan xohlaganingizning go‘shtini yesangiz bo‘ladi.
12
Quyidagi qushlarning go‘shtini yeyish mumkin emas: qumoy, boltayutar, tasqara,
13
qirg‘iy, qizil kalxat va uning zoti,
14
qarg‘a zoti,
15
tuyaqush, lochin, quloqli ukki, qarchig‘ay va uning zoti
16
yapaloq qush, boyo‘g‘li, oq boyo‘g‘li,
17
birqozon, jo‘rchi, baliqchi ukki,
18
laylak, oq qarqara va uning zoti, sassiqpopishak, qo‘rshapalak.
19
Qanotli hasharotlar sizlarga haromdir, ularni yemanglar.
20
Ammo ba’zi turdagi qanotli hasharotlarni yeyishingiz mumkin.
21
O‘limtikni yemang, uni shahringizda yashagan musofirga bering, u yeyaversin, yoki o‘limtikni begonaga soting, sizlar Egangiz Xudoning muqaddas xalqisiz. Uloqchani o‘z onasining sutida qaynatmang.
22
Har yili dalangizda o‘sadigan hamma narsadan, ekiningizning hosilidan o‘ndan birini ajratinglar.
23
Bu ushrlaringizni Egangiz Xudo O‘zi ulug‘lanishi uchun tanlaydigan joyga olib boringlar. Doningiz, sharobingiz va zaytun moyingizning ushrlarini, mol va qo‘ylaringizning birinchi tug‘ilgan bolalarini Uning huzurida yenglar. Shunday qilib, Egangiz Xudodan har doim qo‘rqishni o‘rganasizlar.
24
Agar Egangiz Xudo tanlaydigan bu joy sizdan uzoq bo‘lsa, shu sababdan Egangiz bergan barakaning ushrini u yerga olib bora olmasangiz,
25
o‘sha narsalaringizni kumushga almashtiring. Kumushni olib, Egangiz Xudo tanlaydigan joyga boring.
26
Mana shu kumushga ko‘nglingiz tusagan narsani: mol, qo‘y, sharob, o‘tkir ichimlik va ko‘nglingiz xohlagan hamma narsani sotib olib, u yerda Egangiz Xudo huzurida yeb, oilalaringiz bilan xursandchilik qilinglar.
27
Shahringizda yashagan levilarni unutib qo‘ymanglar, ularning siznikiga o‘xshagan ulushi ham, mulki ham yo‘qdir.
28
Har uchinchi yil oxirida o‘sha yili olgan hosilingizning o‘ndan bir qismini to‘liq olib, shahringizdagi omborlarda saqlab qo‘yinglar.
29
Ulushi ham, mulki ham bo‘lmagan shahringizdagi levilar, shuningdek, musofir, yetim va bevalar kelib, yeb to‘yadi. Shunda qilgan har bir ishingizga Egangiz Xudo baraka beradi.
← Chapter 13
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 15 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34