bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Deuteronomy 24
Deuteronomy 24
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 23
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 25 →
1
Agar biror kishi uylansa–yu keyinchalik xotinidan birorta uyatli qiliq topib, uni yoqtirmay qolsa, uning qo‘liga taloq xati yozib berib, uyidan chiqarib yuborishi mumkin.
2
Ayol erining uyidan ketib, boshqa erga tegsa–yu,
3
bu eri ham uni yoqtirmay qolsa, ayolning qo‘liga taloq xati yozib berib, uyidan chiqarib yuborsa yoki ayolning keyingi eri o‘lib qolsa,
4
birinchi eri ayolga qaytadan uylanishi mumkin emas. Chunki u ayol harom bo‘ldi. Bunday qilmishdan Egangiz Xudo jirkanadi. Egangiz Xudo sizlarga mulk qilib berayotgan yurtni bulg‘amang.
5
Yangi uylangan odam urushga bormasin, shunga o‘xshash majburiyat unga yuklanmasin. U bir yil davomida erkin bo‘lib, xotinini uyda baxtli qilsin.
6
Hech kim tegirmonni yoki tegirmon toshini garovga olmasin. Shunday qilsa, u hayotni garovga olganday bo‘ladi.
7
Agar birortasi Isroil xalqidan bo‘lgan birodarini o‘g‘irlab, uni qul qilib olgani yoki sotgani ma’lum bo‘lsa, bunday o‘g‘ri o‘ldirilsin. Shu tariqa orangizdan yomonlikni yo‘q qilinglar.
8
Teri kasalligidan ehtiyot bo‘linglar. Men levi ruhoniylariga bergan amrlarimni bitta qoldirmay bajaringlar.
9
Misrdan chiqqanlaringizdan keyin, Egangiz Xudo yo‘lda Maryamni nima qilganini esingizda tutinglar.
10
Birovga biror narsani qarzga berganingizda, garov olgani uning uyiga kirmang.
11
Tashqarida kutib turing. Siz qarz berayotgan odamning o‘zi sizga garovni ko‘chaga olib chiqib bersin.
12
Agar u kambag‘al bo‘lsa, uning kiyimini garovga olib, uxlagani yotmang.
13
Quyosh botayotganda undan olgan garovni qaytarib bering. U o‘zining kiyimini kiyib uxlasin, sizni duo qilsin. Bu bilan siz Egangiz Xudoning nazarida to‘g‘ri ish qilgan bo‘lasiz.
14
Kambag‘al, muhtoj mardikorning ish haqini ushlab qolmang. U Isroil xalqidan bo‘ladimi yoki shahringizga kelgan musofir bo‘ladimi, bunday qilmang.
15
U kambag‘aldir, tirikchiligi mana shu ish haqiga bog‘liq. Shuning uchun, har kuni, quyosh botmasdan oldin unga xaqini bering. Aks holda birodaringiz Egamizga sizdan noliydi, natijada siz gunoh orttirib olasiz.
16
Otalar farzandlarining gunohi uchun o‘ldirilmasin. Farzandlar otalarining gunohi uchun o‘ldirilmasin. Har kim o‘z gunohi uchun o‘zi o‘lim jazosini olsin.
17
Musofir va yetimga nohaqlik qilmang, bevaning kiyimini garovga olmang.
18
O‘zlaringiz ham Misrda qul bo‘lganingizni, Egangiz Xudo sizlarni ozod qilib, u yerdan olib chiqqanini yodingizda tuting. Shuning uchun ham men sizlarga shunday qilinglar, deb buyuryapman.
19
Dalangiz hosilini o‘rganingizda, biron bog‘lam esingizdan chiqib qolsa, shu bog‘lamni olib kelgani qaytib bormang. O‘sha bog‘lam musofirlarga, yetim va bevalarga qolsin. Shunda Egangiz Xudo qiladigan har bir ishingizga baraka beradi.
20
Zaytun daraxtingiz mevasini qoqib olganingizdan keyin, qolgan–qutganiga tegmang. Ularni musofirlarga, yetim va bevalarga qoldiring.
21
Uzumzoringiz hosilini yiqqaningizda, toklarda qolib ketgan uzum boshlarini yig‘ib olmang. Ularni musofir, yetim va bevalarga qoldiring.
22
Misrda qul bo‘lganingizni esingizdan chiqarmang. Shuning uchun ham men sizlarga shunday qilinglar, deb buyuryapman.
← Chapter 23
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 25 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34