bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Deuteronomy 25
Deuteronomy 25
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 24
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 26 →
1
Ikki kishi janjallashganda, ular hakamlar oldiga kelsin. Hakamlar da’voga qarab, ulardan birini haq, ikkinchisini nohaq, deb e’lon qilsin.
2
Agar nohaq deb topilgan kishi kaltaklanishga loyiq bo‘lsa, hakam aybdorni yotqizsin. O‘z oldida aybiga ko‘ra, unga darra urdirsin.
3
Aybdorga qirq darradan ortig‘i urilmasin. Aks holda birodaringiz ko‘zingiz oldida xo‘rlanadi.
4
G‘alla yanchayotgan ho‘kizning og‘zini to‘smang.
5
Agar birga yashayotgan aka–ukalarning bittasi o‘lsayu uning o‘g‘li bo‘lmasa, marhumning xotini begonaga turmushga chiqmasin. Marhumning akasi yoki ukasi bevani o‘ziga xotin qilib olsin. Uning oldida qaynog‘alik vazifasini bajarsin.
6
O‘sha ayol tuqqan to‘ng‘ich o‘g‘il marhum aka yoki ukaning nomini olib yuradi. Shunda marhumning nomi Isroildan o‘chib ketmaydi.
7
Agar o‘sha odam marhum akasi yoki ukasining bevasiga uylanishni xohlamasa, beva ayol shahar darvozasiga borib, oqsoqollarga aytsin: “Qaynog‘am tug‘ishganining nomini Isroil xalqi orasida tiklashni rad qilyapti, men uchun qaynog‘alik vazifasini bajarishni istamayapti.”
8
Shunda shahar oqsoqollari o‘sha odamni chaqirib, u bilan suhbatlashsin. Agar o‘sha odam: “Men bu ayolga uylanishni xohlamayman”, deb turib olsa,
9
beva ayol qaynog‘asining yoniga borsin. Shahar oqsoqollari oldida uning chorig‘ini yechsin, so‘ng uning yuziga tupurib, aytsin: “Birodarining naslini tiklashni xohlamagan odamga shunday qilinadi.”
10
Isroil xalqi orasida u odamning xonadoni “chorig‘i yechkizilgan” deb nom oladi.
11
Ikki kishi bir–biri bilan urishayotganda, ulardan birining xotini kelib, erini qutqarish maqsadida narigi erkakning nozik joyidan ushlasa,
12
o‘sha ayolning qo‘li kesib tashlansin. Unga rahm qilmanglar.
13
Qadoq toshlaringiz to‘g‘ri bo‘lsin, biri og‘ir, biri yengil bo‘lmasin.
14
Uyingizdagi o‘lchov kosalarning hajmi to‘g‘ri bo‘lsin, biri katta, biri kichik bo‘lmasin.
15
Toshlaringiz halol va to‘g‘ri bo‘lsin, o‘lchovlaringiz ham halol va to‘g‘ri bo‘lsin. Shunda Egangiz Xudo sizlarga beradigan yurtda umringiz uzoq bo‘ladi.
16
G‘irromlik qiladiganlarning hammasidan Egangiz Xudo jirkanadi.
17
Misrdan chiqayotganingizda yo‘lda Omolek xalqi sizlarga nima qilganini esingizdan chiqarmang.
18
Sizlar charchab, holsizlanib qolganingizda, ular Xudodan qo‘rqmay sizlarga hujum qilgan edilar. Orqangizda kelayotgan hamma holdan toyganlarni o‘ldirgan edilar.
19
Egangiz Xudo sizlarga yurtni mulk qilib berganda, dushmanlaringizni yengib, har tarafdan osoyishtalik ato qilganda, Omolek xalqini halok qilib, ularning nomini yer yuzidan o‘chiringlar. Bunday qilishni unutmanglar!
← Chapter 24
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 26 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34