bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Deuteronomy 29
Deuteronomy 29
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 28
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 30 →
1
[1-2] Egamiz Isroil xalqi bilan Sinay tog‘ida qilgan ahdidan tashqari, Musoga Mo‘abda Isroil xalqi bilan ahd qilishni amr etgan edi. Muso butun Isroil xalqini yig‘ib, o‘sha ahd shartlarini ularga quyidagicha tushuntirdi: Egamiz Misrda fir’avnni, uning a’yonlarini, butun yurtini ko‘z oldingizda nimalar qilganini ko‘rdingizlar.
2
***
3
Og‘ir sinovlarning, dahshatli alomatu mo‘jizalarning guvohi bo‘ldingizlar.
4
Lekin shu paytgacha Egamiz sizlarga anglaydigan ong, ko‘radigan ko‘z, eshitadigan quloq bermadi.
5
U sizlarni qirq yil sahroda olib yurdi. Shu davrda kiyimingiz eskirmadi, oyog‘ingizdagi chorig‘ingiz to‘zimadi.
6
Non yemadingiz, sharob, o‘tkir ichimlik ichmadingiz. Bularning hammasini U Egangiz Xudo ekanligini bilishingiz uchun qildi.
7
Mana shu yerga kelganimizda Xashbon shohi Sixo‘n bilan Bashan shohi O‘g bizga hujum qilishdi. Biz jang qilib ularni yengdik.
8
Ularning yerini tortib olib, Ruben va Gad qabilasiga hamda Manashe qabilasining yarmiga mulk qilib berdik.
9
Shunday ekan, qiladigan ishlaringiz o‘ngidan kelishi uchun mana shu ahd shartlarini bitta qoldirmay bajaringlar.
10
Bugun hammangiz — qabila boshliqlari, oqsoqollar, nazoratchilar, barcha Isroil erkaklari,
11
bolalar, xotinlar, orangizdagi musofirlar, o‘tin yoruvchidan tortib, suv tortuvchilargacha Egangiz Xudo oldida turibsizlar.
12
Bugun Egangiz Xudo bilan ahd qilasizlar. Bu ahdni Egangiz Xudo O‘z qasami bilan muhrlaydi,
13
toki bugundan boshlab sizlar Uning xalqi, U esa sizning Xudoyingiz bo‘lsin. U bunday qilishini sizlarga va ota–bobolaringiz Ibrohim, Is’hoq va Yoqubga qasam ichib va’da qilgan edi.
14
[14-15] Mana, bugun sizlar biz bilan birga Egamiz Xudoning huzurida turibsizlar. Bu ahd va qasamyodni Xudo nafaqat biz bilan, balki hali dunyoga kelmagan avlodlarimiz bilan qilyapti.
15
***
16
Misrda qanday turmush kechirganimizni, boshqa xalqlarning hududidan qanday qilib o‘tib kelganimizni sizlar bilasizlar.
17
Ularning toshdan, yog‘ochdan, kumushdan va oltindan yasalgan jirkanch butlarini ko‘rdingizlar.
18
Ehtiyot bo‘ling, oralaringizda Egamiz Xudodan yuragi sovigan, o‘sha xalqlarning xudolariga xizmat qiladigan erkak, ayol, nasl yoki qabila bo‘lmasin. Oralaringizda zaharli, achchiq ildiz o‘smasin.
19
Bordi–yu, orangizdagi biror odam bu ahd shartlarini eshitib, ko‘nglida: “O‘zim xohlagan ishni qilsam ham, menga hech narsa qilmaydi”, deb o‘ylasa, u hammaning boshiga birday kulfat keltiradi.
20
Egamiz bunday odamdan qattiq g‘azablanadi, uni kechirmaydi. Mana shu Tavrot kitobida yozilgan ahdning la’natlari uning boshiga keladi, Egamiz uning nomini yer yuzidan o‘chiradi.
21
Egamiz uni Isroil qabilalari orasidan ajratib oladi–da, mana shu Tavrot kitobida yozilgan ahdning barcha la’natlarini uning ustiga yog‘diradi.
22
Sizlardan keyingi avlod, sizlarning farzandlaringiz, uzoq yurtdan kelgan musofirlar Egamiz shu yurtga keltirgan ofatlar va xastaliklarni ko‘radi.
23
Butun yurtni oltingugurt va tuz kuydirib tashlagan bo‘ladi. U yerga hech nima ekib bo‘lmaydi, hech narsa unmaydi, hech qanday o‘t o‘smaydi. Yurtingiz Egamiz g‘azab ustida yo‘q qilgan Sado‘m, G‘amo‘ra, Adma va Zavo‘yim shaharlariga o‘xshab qoladi.
24
Barcha xalqlar shunday deydi: “Nima uchun bu xalqning Egasi bu yurtni shunday ahvolga soldi ekan–a? Bunday g‘azab sochishning sababi nima ekan–a?”
25
Keyin ular shunday aytishadi: “Eh–ha, bu xalq ota–bobolarining Xudosi bilan qilgan ahdidan kechdi. Egasi ularni Misrdan olib chiqqanda ular bilan bu ahdni tuzgan edi.
26
Ular O‘z Egasidan yuz o‘girib, begona xudolarga xizmat qilishdi. O‘zlari bilmagan, Egasi tayinlamagan xudolarga sajda qilishdi.
27
Shu sababdan Egasi g‘azabini sochdi. Mana shu kitobda yozilgan la’natlarning hammasini bu yurtga yog‘dirdi.
28
U qattiq jahl bilan, kuchli qahr–g‘azab bilan xalqini o‘z yurtidan sug‘urib olib, boshqa yurtga uloqtirib yubordi. Ular bugungacha o‘sha yurtlardadir.”
29
Sirlar Egamiz Xudoga tegishlidir. Ammo U qonunni bizga ayon qildi, toki biz farzandlarimiz bilan bu qonun shartlariga to abad amal qilaylik.
← Chapter 28
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 30 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34