bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Deuteronomy 19
Deuteronomy 19
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 18
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 20 →
1
Egangiz Xudo sizlarga beradigan yurtning xalqlarini yo‘q qilganda, sizlar o‘sha yurtni mulk qilasizlar, shaharlariga, uylariga joylashasizlar.
2
[2-3] O‘shanda yurtni uch qismga bo‘linglar. Har bir qismida bittadan panoh shahar ajratinglar. O‘sha shaharlarga boradigan yo‘llar quringlar, toki qotil o‘sha shaharlarning biriga qochib bora olsin.
3
***
4
Birovni adovatsiz, bilmasdan o‘ldirib qo‘ygan odam o‘sha shaharlarning biriga qochib, tirik qoladi.
5
Masalan, bir odam boshqasi bilan daraxt kesgani o‘rmonga bordi, deylik. U daraxt kesmoqchi bo‘lib boltani ko‘targanda, bolta sopidan chiqib ketib, sherigiga borib tegsayu, sherigi o‘lib qolsa, qotil o‘sha shaharlarning biriga qochib borib tirik qoladi.
6
Aks holda marhumning xunini oladigan odam qotilning orqasidan quvishi mumkin, yo‘l uzoq bo‘lganidan unga yetib olib, o‘ldirishi mumkin. Lekin u o‘limga loyiq emas, chunki marhumga oldindan uning adovati yo‘q edi.
7
Uchta shahar ajratinglar, deb sizlarga buyurganimning sababi shudir.
8
[8-9] Egangiz Xudoni seving, har doim uning yo‘lidan yuring, deb sizlarga bugun amr qildim. Agar sizlar bu amrlarni bitta qoldirmay bajarsangiz, Egangiz Xudo ota–bobolaringizga qasam ichib, bergan va’dasiga ko‘ra, yerlaringizni kengaytiradi, va’da qilgan butun yurtni sizga beradi. Shunda sizlar ajratgan uchta shahringizga yana uchta panoh shahar qo‘shinglar,
9
***
10
toki Egangiz Xudo sizlarga mulk qilib berayotgan yurtda aybsizning qoni to‘kilmasin. Sizlar qon uchun javobgar bo‘lib qolmanglar.
11
Lekin birorta odam boshqasini adovat bilan poylab turib, hujum qilib o‘ldirsa, so‘ng o‘sha shaharlarning birortasiga qochib borsa,
12
qotilning ona shahridagi oqsoqollar qotil orqasidan odam yuborib, uni oldirib kelsin. Qotilni qasoskorning qo‘liga topshirsin. Qotil o‘ldirilishi kerak.
13
Unga rahm qilmanglar, Isroilni aybsizning qonidan tozalanglar. Shunda baxtiyor bo‘lasiz.
14
Egangiz Xudo sizlarga mulk qilib berayotgan yerda, ota–bobolaringiz ilgaridan belgilagan qo‘shningizning chegarasini surmanglar.
15
Birovni gunoh yoki jinoyat qilishda ayblash uchun bitta guvoh yetarli emas. Ish ikkita yoki uchta guvohning so‘zlari asosida ko‘rib chiqiladi.
16
Agar soxta guvoh yomon niyat bilan birortasini ayblasa,
17
janjallashayotgan ikkala odam Egamizning huzuriga borsinlar. O‘sha kunlarda xizmatini o‘tayotgan ruhoniylarga va hakamlarga uchrashsinlar.
18
Hakamlar ishni yaxshilab ko‘rib chiqishsin. Agar guvoh birodariga qarshi yolg‘on guvohlik berayotgan bo‘lsa,
19
birodariga qarshi o‘ylagan niyatini o‘ziga qaytaringlar. Shu tariqa orangizdan yomonlikni yo‘q qilinglar.
20
Boshqalar bo‘lib o‘tgan voqealarni eshitib, qo‘rqadilar, orangizda bunday jinoyatni boshqa qilmaydilar.
21
Bundaylarga rahm qilmanglar: jonga — jon, ko‘zga — ko‘z, tishga — tish, qo‘lga — qo‘l, oyoqqa — oyoq.
← Chapter 18
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 20 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34