bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Deuteronomy 27
Deuteronomy 27
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 26
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 28 →
1
Muso va Isroil oqsoqollari xalqqa shunday buyruq berishdi: — Bugun men sizlarga berayotgan barcha amrlarga rioya qilinglar.
2
[2-4] Ko‘p o‘tmay sizlar Egangiz Xudo beradigan yurtga kirasizlar. Sut va asal oqib yotgan bu yurtni ota–bobolaringizning Xudosi sizlarga va’da qilgan. Sizlar Iordan daryosidan kechib o‘tganingizdan keyin, Ebal tog‘iga boringlar. O‘sha yerga katta toshlarni o‘rnashtiringlar. Ularni suvab, bu qonunlarning nusxasini yozinglar.
3
***
4
***
5
O‘sha yerda Egangiz Xudoga atab, tosh qurbongoh quringlar. Qurbongohga temir asbob tekkizmanglar.
6
Egangiz Xudoning bu qurbongohini yo‘nilmagan toshlardan quringlar. Qurbongoh ustida Egangiz Xudoga kuydiriladigan qurbonliklar keltiringlar.
7
Tinchlik qurbonliklarini ham shu yerda keltirib, tanovul qilinglar. Egangiz Xudo oldida xursandchilik qilinglar.
8
O‘rnatadigan toshlarga bu qonunning hamma so‘zlarini yozishni unutmanglar. Ularni o‘qish oson bo‘lsin.
9
Shundan keyin Muso bilan levi ruhoniylari butun Isroil xalqiga aytdilar: — Tinchlaning, quloq soling, ey Isroil xalqi! Bugun sizlar Egangiz Xudoning xalqi bo‘ldingiz.
10
Egangiz Xudoga quloq solinglar. Bugun men sizlarga berayotgan Uning amrlariga va farmonlariga rioya qilinglar.
11
O‘sha kuni Muso xalqqa quyidagi buyruq berdi:
12
Iordandan o‘tganlaringizdan keyin, xalqni duo qilish uchun quyidagi qabilalar Garizim tog‘ida tursinlar: Shimo‘n, Levi, Yahudo, Issaxor, Yusuf, Benyamin.
13
La’natlar o‘qish uchun esa quyidagi qabilalar Ebal tog‘ida tursin: Ruben, Gad, Osher, Zabulun, Dan, Naftali.
14
Levilar jamiki Isroil xalqiga baland ovoz bilan shunday desin:
15
“O‘yma yoki quyma but yasagan, uni yashirincha o‘rnatgan har qanday odam la’nati bo‘lsin. Hunarmandlar qilgan bu butlardan Egamiz jirkanadi.” Butun xalq: “Omin”, deb aytsin.
16
“Otasini yoki onasini hurmat qilmagan la’nati bo‘lsin.” Butun xalq: “Omin”, deb aytsin.
17
“O‘z qo‘shnisining chegarasini surgan la’nati bo‘lsin.” Butun xalq: “Omin”, deb aytsin.
18
“Ko‘r odamni yo‘ldan adashtirgan la’nati bo‘lsin.” Butun xalq: “Omin”, deb aytsin.
19
“Musofir, yetim va bevalarga nohaqlik qilgan la’nati bo‘lsin.” Butun xalq: “Omin”, deb aytsin.
20
“Otasini sharmanda qilib, uning xotini bilan yotgan la’nati bo‘lsin.” Butun xalq: “Omin”, deb aytsin.
21
“Birorta hayvon bilan jinsiy aloqa qilgan la’nati bo‘lsin.” Butun xalq: “Omin”, deb aytsin.
22
“Otasining yoki onasining qizi bilan yotgan, o‘z opasi yoki singlisi bilan yotgan la’nati bo‘lsin.” Butun xalq: “Omin”, deb aytsin.
23
“Qaynanasi bilan yotgan la’nati bo‘lsin.” Butun xalq: “Omin”, deb aytsin.
24
“Odamni yashirincha o‘ldirgan la’nati bo‘lsin.” Butun xalq: “Omin”, deb aytsin.
25
“Begunohni o‘ldirmoq uchun pora olgan la’nati bo‘lsin.” Butun xalq: “Omin”, deb aytsin.
26
“Mana shu qonunga rioya qilmagan va uni bajarmagan la’nati bo‘lsin.” Butun xalq: “Omin”, deb aytsin.
← Chapter 26
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 28 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34