bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Deuteronomy 17
Deuteronomy 17
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 16
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 18 →
1
Nuqsoni yoki kamchiligi bor mol–qo‘ylarni Egangiz Xudoga qurbonlik qilmanglar. Bu Egangiz Xudoga jirkanchdir.
2
Egangiz Xudo sizga berayotgan shaharlarning birida orangizdan birorta erkak yoki ayol Egangiz oldida qabihlik qilib, Uning ahdini buzsa,
3
begona xudolarga xizmat qilsa, o‘sha xudolarga yoki quyoshga, oyga va samoviy jismlarga topinsa, taqiqlangan bu ishlarni qilsa,
4
bu voqeadan sizlar xabardor bo‘lsangiz, eshitganlaringizni yaxshilab tekshiringlar. Isroil xalqi orasida haqiqatan ham bunday jirkanch ish qilingan bo‘lsa,
5
o‘sha gunohkor erkak yoki ayolni shahar darvozasidan tashqariga olib chiqib, toshbo‘ron qilib o‘ldiringlar.
6
Odam faqat ikkita yoki uchta guvohning so‘zi bilan o‘limga hukm qilinishi mumkin, bitta guvohning so‘zi bilan o‘ldirilmasin.
7
Gunohkorga birinchi bo‘lib guvohlar tosh otsin, keyin butun xalq uni toshbo‘ron qilsin. Shunday qilib, orangizdan yomonlikni yo‘q qilinglar.
8
Agar shahringizda qon to‘kish, haq–huquq talashish va zo‘ravonlik kabi mojarolarni hukm qilish qiyin bo‘lsa, Egangiz Xudo tanlaydigan joyga boringlar.
9
Levi ruhoniylarining va o‘sha vaqtda xizmatda bo‘lgan hakamning oldiga borib, ulardan so‘ranglar. Ular hukm chiqaradi.
10
Ular chiqargan hukm bo‘yicha ish tutinglar, o‘rgatganlarini bitta qoldirmay bajaringlar.
11
Tushuntirgan qonunni va qonunga asosan chiqargan hukmni to‘liq bajaringlar. Ularning aytganlaridan chapga ham, o‘ngga ham og‘manglar.
12
Egangiz Xudoning xizmatida turgan ruhoniy va hakamning gapiga quloq solmay, o‘zboshimcha ish tutgan odam o‘lishi kerak. Shunday qilsangiz, Isroil xalqi orasidan yomonlikni yo‘q qilgan bo‘lasizlar.
13
Butun xalq bu voqeani eshitib qo‘rqadi, bundan keyin o‘zboshimcha ish qilmaydigan bo‘ladi.
14
Egangiz Xudo sizlarga beradigan yurtga borib, u yerga joylashib, egalik qilasizlar. Shundan keyin, “Atrofimizdagi xalqlarga o‘xshab biz ham ustimizdan shoh qo‘yaylik”, deysiz.
15
Ko‘taradigan shohingiz albatta Egangiz Xudo tomonidan tanlangan bo‘lsin. Shoh o‘z xalqingizdan bo‘lsin. Begona bo‘lgan musofirni ustingizdan shoh qilishingiz mumkin emas.
16
Shoh o‘zi uchun ot ko‘paytirmasin, ot sotib olish uchun odamlarni Misrga jo‘natmasin. Chunki Egamiz sizlarga: “U yerga qaytib bormanglar”, degan.
17
Tayinlangan shoh xotinlarni ko‘paytirmasin, aks holda Egamizdan yuragi soviydi. O‘zi uchun ko‘p miqdorda oltin va kumushni yig‘masin.
18
U shohlik taxtiga o‘tirganda, levi ruhoniylari saqlagan Tavrotdan o‘zi uchun bir nusxa ko‘chirtirib olsin.
19
Tavrotning o‘sha nusxasi doimo shohning yonida bo‘lsin. Shoh uni har kuni, umri davomida o‘qisin, toki o‘zining Egasi Xudodan qo‘rqishni o‘rgansin, Tavrot va farmonlarning so‘zlarini bitta qoldirmay bajarsin.
20
O‘zini birodarlaridan ustun qo‘ymasin, amrlardan chapga ham, o‘ngga ham og‘masin. Shunda o‘zi ham, o‘g‘illari ham Isroil ustidan uzoq yillar hukmronlik qiladilar.
← Chapter 16
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 18 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34