bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Deuteronomy 6
Deuteronomy 6
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 5
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 7 →
1
Egangiz Xudo, xalqqa o‘rgatgin, deb menga bergan amrlar, farmonlar va qonun–qoidalar shulardan iboratdir. Iordanni kechib o‘tib, mulk qilib oladigan yurtda bularga rioya qilinglar.
2
Men sizlarga beradigan farmon va amrlarga o‘zlaringiz, farzandlaringiz va nabiralaringiz, hammangiz rioya qilinglar. Bir umr Egangiz Xudodan qo‘rqinglar, shunda umringiz uzoq bo‘ladi.
3
Ey Isroil xalqi, quloq soling, bularni bitta qoldirmay bajaring. Shunda ota–bobolaringizning Xudosi — Egamiz bergan va’daga ko‘ra, sut va asal oqib yotgan yurtda ko‘payasizlar, baxtiyor bo‘lasizlar.
4
Ey Isroil, quloq sol! Egamiz Xudo tanho Egadir.
5
Egangiz Xudoni butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan, butun vujudingiz bilan sevinglar.
6
Bugun men sizlarga bergan bu amrlarni yuragingizda saqlanglar.
7
Bularni bolalaringizga ham o‘rgatinglar. Uyda o‘tirganda ham, yo‘lda yurganda ham, yotganingizda ham, turganingizda ham shular haqida gapiringlar.
8
Bularni qo‘lingizga belgi qilib bog‘langlar, peshanangizga nishon qilib taqib olinglar.
9
Eshigingiz kesakisiga, darvozalaringizga yozib qo‘yinglar.
10
Egangiz Xudo ota–bobolaringiz Ibrohim, Is’hoq, Yoqubga qasam ichib, va’da qilgan yerga sizlarni olib kiradi. U sizlarga o‘zingiz qurmagan katta va chiroyli shaharlarni beradi.
11
O‘zingiz to‘ldirmagan, boyliklarga to‘la uylarni, o‘zingiz qazimagan sardobalarni, siz ekmagan toklar va zaytunzorlarni beradi. O‘shanda yeb to‘yganlaringizdan keyin
12
ehtiyot bo‘linglar! Sizlarni Misrdagi qullikdan olib chiqqan Egamizni unutmanglar.
13
Egangiz Xudodan qo‘rqinglar. Faqat Unga xizmat qilinglar. Yolg‘iz Uning nomi bilan qasam ichinglar.
14
Begona xudolarga, atrofingizdagi xalqlarning xudolariga ergashmanglar.
15
Axir, orangizdagi Egangiz Xudo rashkchi Xudodir. U g‘azablanib, sizlarni yer yuzidan yo‘qotib yuboradi.
16
Massaxda qilganingizdek, Egangiz Xudoni sinamanglar.
17
Uning amrlarini, farmon va shartlarini bitta qoldirmay bajaringlar.
18
Egamiz to‘g‘ri va yaxshi deb bilgan ishlarni qilinglar. Shunda Egamiz ota–bobolaringizga qasam ichib, va’da qilgan hosildor yurtni sizlar mulk qilib olasizlar, baxtiyor bo‘lasizlar.
19
Egamiz O‘zi aytganidek, yurtingizda yashagan barcha dushmanlaringizni haydab chiqaradi.
20
Kelajakda farzandlaringiz sizlardan: “Egamiz Xudo sizlarga bergan qonun–qoidalar, farmon va shartlarning ma’nosi nima?” deb so‘raydi.
21
Ularga shunday deb javob beringlar: “Biz Misrda fir’avnning qullari edik. Egamiz O‘z qudrati bilan bizni Misrdan olib chiqdi.
22
U bizning ko‘z oldimizda Misrga, fir’avn va uning butun xonadoniga buyuk, qo‘rqinchli alomatu mo‘jizalarni ko‘rsatdi.
23
Ota–bobolarimizga ont ichib va’da qilgan yurtga bizni olib kirish uchun, o‘sha yurtni bizga berish uchun bizni Misrdan olib chiqdi.
24
Egamiz Xudo: ‘Mana shu farmonlarning hammasiga rioya qilinglar, Mendan qo‘rqinglar, shunda bugungiday tirik bo‘lasiz, baxtli hayot kechirasiz’, dedi.
25
Egamiz Xudoning oldida mana shu amrlarni bitta qoldirmay bajarsak, solih bo‘lamiz.”
← Chapter 5
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 7 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34