bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Deuteronomy 13
Deuteronomy 13
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 12
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 14 →
1
Agar orangizda biror payg‘ambar yoki tush ta’birlovchi paydo bo‘lib: “Alomat yoki mo‘jiza ko‘rsataman”, deb aytsa,
2
uning aytganlari bajo bo‘lsa, keyin u: “Yur, sen bilmagan boshqa xudolarga ergashaylik, ularga xizmat qilaylik”, desa,
3
o‘sha payg‘ambar yoki tush ta’birlovchining so‘zlariga quloq solmanglar. Egangiz Xudo: “Qani bilay–chi, ular butun qalbi bilan, jonu dili bilan Meni sevadimi yoki yo‘qmi”, deb sizlarni sinayotgan bo‘ladi.
4
Sizlar faqatgina Egangiz Xudoga ergashinglar. Undan qo‘rqinglar, Uning amrlariga itoat etinglar. Egamizga quloq solinglar, Unga xizmat qilinglar, Unga sodiq bo‘linglar.
5
Egangiz Xudo sizni Misr yurtidan olib chiqqan, Misrdagi qullikdan ozod qilgan. O‘sha payg‘ambar yoki tush ta’birlovchi esa sizni Xudoyingizdan yuz o‘girtirishga harakat qildi. Egangiz Xudo amr qilgan yo‘ldan sizni ozdirmoqchi bo‘ldi. Shuning uchun uni o‘ldiringlar. Orangizdan yomonlikni yo‘q qilinglar.
6
Hatto aka–ukangiz yoki o‘g‘lingiz, qizingiz, sevikli xotiningiz yo jonajon do‘stingiz sizni yashirincha o‘zingiz bilmagan, ota–bobolaringiz ham bilmagan begona xudolarga sajda qilishga undashi mumkin.
7
Atrofingizda yashayotgan uzoq–yaqindagi, yerning bu chetidan narigi chetigacha o‘rnashgan xalqlarning xudolariga sig‘inishga undashi mumkin.
8
Ammo sizlar rozi bo‘lmanglar. Bunday odamga quloq solmanglar, unga rahm–shafqat qilmanglar, uning yonini olmanglar.
9
Uni o‘ldiringlar. Birinchi bo‘lib sen, keyin butun xalq unga tosh otsin.
10
Uni toshbo‘ron qilib o‘ldiringlar. Chunki u sizlarni Misrdagi qullikdan olib chiqqan Egangiz Xudodan yuz o‘girishga undadi.
11
Bu voqeani Isroil xalqi eshitib qo‘rqadi, bundan keyin orangizda bunday qabihlik qilinmaydi.
12
Egangiz Xudo sizlarga yashash uchun berayotgan shaharlarning birortasida
13
manfur odamlar chiqib, ular shahar ahlini: “Yuringlar, o‘zlaringiz bilmagan boshqa xudolarga xizmat qilaylik”, deb yo‘ldan urganini eshitsangiz,
14
so‘rab surishtiringlar, yaxshilab tekshiringlar. Bu jirkanch voqea haqiqatan yuz bergan bo‘lib, eshitganlaringiz rost bo‘lib chiqsa,
15
o‘sha shaharning butun aholisini, hayvonlarigacha qilichdan o‘tkazinglar. Shaharni va undagi hamma narsani butunlay vayron qilinglar.
16
O‘ljalarni maydon o‘rtasiga yig‘inglar. Shaharni va u yerdagi hamma o‘ljani Egangiz Xudoga bag‘ishlab, yondirib tashlanglar. U joy abadiy vayronaga aylansin, hech qachon qayta tiklanmasin.
17
Yondiriladigan narsalardan hech birini o‘zingizga olmanglar. Shunda Egamiz g‘azabidan tushadi, sizlarga mehr–shafqat ko‘rsatadi, rahm qiladi, ota–bobolaringizga qasam ichib va’da berganiday sizlarni ko‘paytiradi.
18
Shuning uchun sizlar Egangiz Xudoga quloq solishingiz kerak. Men bugun sizlarga berayotgan Uning amrlariga itoat etib, Uning oldida to‘g‘ri ishlar qilishingiz kerak.
← Chapter 12
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 14 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34