bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Deuteronomy 7
Deuteronomy 7
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 6
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 8 →
1
Egangiz Xudo sizlarni egalik qiladigan yurtingizga olib kiradi. O‘shanda U oldingizdan Xet, Girgosh, Amor, Kan’on, Pariz, Xiv, Yobus kabi yettita xalqni haydaydi. Ular sizlardan ko‘ra, ko‘proq va kudratliroqdir.
2
Egangiz Xudo bu xalqlarni sizlarning qo‘lingizga topshirganda, sizlar ularni mag‘lub etasizlar. Shunda ularning hammasini tamomila qirib bitiringlar. Ular bilan ittifoq tuzmanglar, ularga rahm–shafqat qilmanglar.
3
Ular bilan quda–andachilik qilmanglar, ularga qiz uzatmanglar, o‘g‘illaringizga ularning qizlaridan olib bermanglar.
4
Aks holda ular farzandlaringizni Egamizdan qaytaradi. Farzandlaringiz boshqa xudolarga xizmat qiladigan bo‘ladi. O‘shanda Egamiz g‘azablanib, sizlarni bir lahzada halok qiladi.
5
Aksincha, o‘sha xalqlarni sizlar shunday qilinglar: ularning qurbongohlarini buzinglar, butsimon toshlarini parchalab tashlanglar, Asheraga atalgan ustunlarni kesinglar, butlarini yondiringlar.
6
Sizlar Egangiz Xudoning muqaddas xalqisiz. U sizlarni yer yuzidagi jamiki xalqlar orasidan O‘z xalqi, O‘z xazinasi qilib tanlab oldi.
7
Egamiz sizlarni boshqa xalqlardan ko‘p bo‘lganingiz uchun sevib, tanlamadi. Sizlar boshqa hamma xalqlardan oz edingiz.
8
Egamiz sizlarni sevgani uchun va ota–bobolaringizga bergan va’dasini ado etish uchun sizlarni tanladi. Shu bois U sizlarni Misr fir’avni hukmronligidan, Misrdagi qullikdan O‘z qudrati bilan olib chiqib, ozod qildi.
9
Shunday qilib, Egangiz Xudo haqiqiy Xudo ekanini bilib qo‘yinglar. U sodiq Xudodir! Uni sevadigan, Uning amrlarini bajaradiganlarning minginchi avlodigacha ahdini sodiq saqlaydi.
10
Xudodan nafratganlarning esa qilmishlariga yarasha boshlariga kulfat yog‘diradi. Ha, Egamiz Undan nafratlanganlarga javob berishda kechikmaydi.
11
Shuning uchun bugun men sizlarga berayotgan amrlarni, farmonlar va qonun–qoidalarni bitta qoldirmay bajaringlar.
12
Agar mana shu qonun–qoidalarga itoat etib, ularni bitta qoldirmay bajarsangiz, Egangiz Xudo ham ota–bobolaringizga ont ichib, va’da qilgan ahdini sizlar bilan sodiq saqlaydi.
13
U sizlarni sevadi, ota–bobolaringizga beraman, deb ont ichgan yurtda sizlarni barakali qilib ko‘paytiradi. Avlodingizga, yeringiz hosiliga, doningizga, sharobingizga, moyingizga, podangizu suruvlaringizga baraka beradi.
14
Sizlar barcha xalqlar orasida eng barakalisi bo‘lasizlar, orangizda farzandsiz erkak ham, ayol ham bo‘lmaydi, mollaringiz orasida qisiri bo‘lmaydi.
15
Egamiz sizlarni har qanday kasallikdan saqlaydi. Misrda o‘zlaringiz ko‘rgan har xil qo‘rqinchli xastaliklar sizlarning boshingizga kelmaydi. O‘sha xastaliklarni Egamiz sizlarning g‘animlaringizga yuqtiradi.
16
Egangiz Xudo sizlarning qo‘lingizga topshiradigan barcha xalqlarni qirib yuboringlar, ularga rahm qilmanglar, ularning xudolariga sig‘inmanglar. Aks holda ularning xudolari sizlarga tuzoq bo‘ladi.
17
Xayolingizda: “Bu xalqlar bizdan juda kuchli–ku, qanday qilib ularni haydaymiz?”, deb o‘ylashingiz mumkin,
18
ammo ulardan qo‘rqmanglar. Egangiz Xudo fir’avnni, butun Misrni nima qilganini esingizda tutinglar.
19
Egangiz Xudo O‘z qudrati va ajoyibotlari bilan sizlarni u yerdan olib chiqdi, buyuk sinovlar, alomatu mo‘jizalar ko‘rsatdi. Bularni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rdingiz. Siz qo‘rqayotgan hamma xalqlarni Egangiz Xudo xuddi o‘sha ahvolga soladi.
20
Hatto sizlardan yashirinib tirik qolganlarni U vahimaga solib, arilar galasi singari quvadi.
21
Ulardan qo‘rqmanglar. Orangizdagi Egangiz Xudo buyuk va haybatli Xudodir.
22
U o‘sha xalqlarni sizlarning oldingizdan oz–ozdan haydaydi. Sizlar ularni birdaniga halok qilolmaysizlar. Bo‘lmasa atrofingizda yovvoyi hayvonlar ko‘payib ketadi.
23
Egangiz Xudo o‘sha xalqlarni sizlarning qo‘lingizga beradi, ularning hammasini qattiq sarosimaga solib, halok qiladi.
24
Shohlarini ham sizlarning qo‘lingizga beradi. Sizlar ularning nomlarini yer yuzidan o‘chirasizlar. Hech kim sizlarga bas kelolmaydi, ularning hammasini halok qilasizlar.
25
Xudolarining tasvirlarini olovda yondiringlar, ularni qoplagan oltinu kumushlarga ko‘z olaytirmanglar, o‘sha narsalarni olmanglar, toki ular sizlarga tuzoq bo‘lmasin. Bu butlar Egangiz Xudoga jirkanchdir.
26
Bu jirkanchli narsalarni uyingizga olib kirmang, aks holda o‘shalar singari yo‘q qilinasiz. O‘sha narsalardan nafratlaninglar, jirkaninglar, chunki ular la’natlangandir.
← Chapter 6
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 8 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34