bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Deuteronomy 18
Deuteronomy 18
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 17
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 19 →
1
Levi ruhoniylari, butun Levi qabilasi qatorida, Isroilda ulush ham, mulk ham olmaydilar. Ular Egamizga keltirilgan nazr va qurbonliklardan yeydilar.
2
Birodarlari orasida ularning ulushi bo‘lmaydi. Egamiz Levi qabilasiga: “Men O‘zim sizlarning ulushingiz bo‘laman”, deb va’da bergan edi.
3
Qurbonlik qilingan mol yoki qo‘yning yelka, jag‘ va ichak–chovoqlari ruhoniylarga berilsin.
4
G‘allangizning ilk hosilini, eng birinchi tayyorlagan sharobingizni va zaytun moyingizni, qo‘ylaringizning birinchi qirqilgan yungini ruhoniylarga beringlar.
5
Chunki Egangiz Xudo, Levi qabilasi va ularning avlodlari har doim Menga xizmat qilishsin, deb ularni qabilalaringiz orasidan tanlab oldi.
6
Agar biror levi Isroildagi o‘zi yashab turgan shahardan Egamiz tanlagan joyga o‘z xohishi bilan borsa,
7
u yerda Egamizga xizmat qilgan levi birodarlari singari Egasi Xudo nomidan xizmat qila oladi.
8
Oilasining mulkini sotishdan kelgan daromadi bo‘lsa ham, boshqa levilar qatori bir xil ulush yesin.
9
Egangiz Xudo beradigan yurtga kirganingizda, u yerdagi xalqlarning jirkanch odatlarini o‘rganmanglar.
10
O‘g‘li yoki qizini olovda qurbon qiladigan, folbin, bashoratgo‘y, romchi, sehrgar,
11
issiq–sovuq qiladigan, arvoh chaqiruvchi, o‘liklardan maslahat so‘raydiganlar orangizda bo‘lmasin.
12
Egamiz bundaylardan jirkanadi. Mana shu jirkanch odatlari uchun Egangiz Xudo o‘sha xalqlarni sizning oldingizdan haydab chiqaryapti.
13
Egangiz Xudoga butunlay sodiq qoling.
14
Sizlar yurtini olayotgan o‘sha xalqlar bashoratgo‘ylar va folbinlarning gapiga quloq soladilar. Sizlarning bunday qilishingizga esa Egangiz Xudo ruxsat bermaydi.
15
Egangiz Xudo sizlar uchun xalqingiz orasidan menga o‘xshagan bir payg‘ambar chiqaradi. Unga quloq solinglar.
16
Siz Sinay tog‘ida yig‘ilgan kuningizda Egangiz Xudodan o‘zingiz uni tilab olgandingiz, zotan siz shunday degan edingiz: “ Egamiz Xudoning ovozini ikkinchi eshitmaylik, mana shu buyuk olovni ham boshqa ko‘rmaylik, aks holda o‘lamiz.”
17
O‘shanda Egamiz menga shunday dedi: “Ularning aytganlari to‘g‘ri.
18
Ular uchun o‘z xalqi orasidan senga o‘xshagan bir payg‘ambar chiqaraman, Men unga nima aytishni o‘rgataman. O‘sha payg‘ambar bergan amrlarimning hammasini ularga aytadi.
19
U Mening nomimdan gapiradi, unga quloq solmagan odamni Men O‘zim jazolayman.
20
Ammo biror payg‘ambar Men buyurmagan so‘zni Mening nomimdan gapirishga jur’at qilsa yoki boshqa xudolar nomidan gapirsa, u payg‘ambar o‘lishi kerak.”
21
Ko‘nglingizda: “Bu so‘zlar Egamizdanmi yoki yo‘qmi, biz qanday qilib bilamiz?”, deb o‘ylashingiz mumkin.
22
Agar biror payg‘ambar Egamizning nomidan gapirsayu o‘sha voqea yuz bermasa, demak, bu so‘zni Egamiz aytmagan bo‘ladi. Payg‘ambar o‘zicha gapirgan, undan qo‘rqmanglar.
← Chapter 17
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 19 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34