bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Genesis 1
Genesis 1
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 2 →
1
Xudo azalda osmon bilan yerni yaratdi.
2
Yer ayqash–uyqash bo‘lib, tubsiz dengizlar ustini zulmat qoplagan edi. Xudoning Ruhi suvlar uzra yurardi.
3
Xudo: “Yorug‘lik bo‘lsin”, deb amr bergan edi, yorug‘lik paydo bo‘ldi.
4
Xudo yorug‘likning ajoyib ekanini ko‘rib, yorug‘likni qorong‘ilikdan ajratdi.
5
Xudo yorug‘likni kunduz, qorong‘ilikni tun, deb atadi. Kech kirib, tong otdi. Birinchi kun o‘tdi.
6
Shunda Xudo: “Suvlarni bir–biridan ajratib turadigan gumbaz paydo bo‘lsin”, deb amr qildi.
7
Shunday ham bo‘ldi: Xudo gumbazni yaratib, gumbazning ostidagi suvlardan gumbaz ustidagi suvlarni ajratdi.
8
Xudo gumbazga osmon, deb nom berdi. Kech kirib, tong otdi. Ikkinchi kun o‘tdi.
9
Keyin Xudo: “Osmon ostidagi suvlar bir joyga to‘planib, quruq yer paydo bo‘lsin”, deb amr qildi. Shunday ham bo‘ldi.
10
Xudo quruqlikka yer, deb nom berdi. Bir joyga yig‘ilgan suvlarni esa dengizlar, deb atadi. Xudo buning ajoyib ekanini ko‘rdi.
11
So‘ngra Xudo shunday amr berdi: “Yerda o‘t–o‘lan ko‘karsin. Don beradigan har xil o‘simliklar, ichida danagi bor har xil mevali daraxtlar o‘ssin.” Shunday ham bo‘ldi.
12
Yerda o‘t–o‘lan ko‘kardi, don beradigan har xil o‘simliklar, ichida danagi bor har xil mevali daraxtlar o‘sdi. Xudo bularning ham ajoyib ekanini ko‘rdi.
13
Kech kirib, tong otdi. Uchinchi kun o‘tdi.
14
Keyin Xudo shunday amr qildi: “Kunduzni tundan ajratish uchun osmon gumbazida yoritqichlar paydo bo‘lsin. Bular kunlarning, yillarning, nishonlanadigan bayramlarning vaqtini ko‘rsatsin.
15
Bu yoritqichlar osmon gumbazida nur sochib, yerga yorug‘lik bersin.” Shunday ham bo‘ldi.
16
Xudo ikkita katta yoritqichni — quyosh va oyni yaratdi: kunduzi nur sochib turishi uchun kattaroq yoritqich — quyoshni, tunda nur sochib turishi uchun kichikrog‘i — oyni yaratdi. Shuningdek, Xudo yulduzlarni ham yaratdi.
17
[17-18] Bu yoritqichlar yerga yorug‘lik bersin, kunduz va tun ustidan hukmronlik qilsin, yorug‘likni qorong‘ilikdan ajratib tursin, deb Xudo bularni osmon gumbaziga joylashtirdi. Xudo buning ajoyib ekanini ko‘rdi.
18
***
19
Kech kirib, tong otdi. To‘rtinchi kun o‘tdi.
20
Keyin Xudo shunday amr berdi: “Suv har xil tirik jonivorlar bilan to‘lib–toshsin, qushlar paydo bo‘lib, havoda parvoz qilsin.”
21
Shunday qilib, Xudo bahaybat dengiz maxluqlarini va suvda suzuvchi turli–tuman jonivorlarni, har turli qushlarni yaratdi. Xudo buning ham ajoyib ekanini ko‘rdi.
22
Shunda Xudo bularning hammasiga marhamat qilib dedi: “Baliqlar va qushlar serpusht bo‘lib, ko‘paysin. Dengizlar baliqlar bilan to‘lib–toshsin, yer uzra qushlar ko‘paysin.”
23
Kech kirib, tong otdi. Beshinchi kun o‘tdi.
24
So‘ngra Xudo: “Yer turli–tuman jonzotlarni — chorvani, sudralib yuruvchi jonivorlarni, har turli yovvoyi hayvonlarni paydo qilsin”, deb amr qildi. Shunday ham bo‘ldi.
25
Xudo har turli yovvoyi hayvonlarni, chorvaning har xil turlarini, yer yuzida sudralib yuruvchi jonivorlarning va hasharotlarning har xil turlarini yaratdi. Xudo buning ajoyib ekanini ko‘rdi.
26
Keyin Xudo shunday dedi: “Endi inson zotini yarataylik, ular O‘z suratimizday, O‘zimizga o‘xshagan bo‘lsin. Inson zoti dengizdagi baliqlar ustidan, osmondagi qushlar, yer yuzidagi chorva hamda jamiki yovvoyi hayvonlar, yerda sudralib yuruvchi har qanday jonivor va hasharotlar ustidan hukmronlik qilsin.”
27
Shunday qilib, Xudo O‘z suratiday qilib yaratdi inson zotini. Erkagu ayol qilib yaratdi ularni.
28
Xudo insonlarga marhamat qilib, aytdi: “Uvali–juvali bo‘linglar, yer yuzini to‘ldirib, itoat ettiringlar, dengizdagi baliqlar ustidan, osmondagi qushlaru yer yuzida yashovchi har turli jonivorlar ustidan hukmronlik qilinglar.”
29
Xudo yana aytdi: “Mana, sizlarga butun yer yuzidagi har xil donli o‘simliklarni va mevali daraxtlarni berdim. Sizlar bulardan yegulik uchun foydalanasizlar.
30
Yer yuzidagi jamiki tirik jonzotlarga — hamma hayvonlarga, hamma qushlarga yemish qilib ko‘k o‘t–o‘lanni berdim.” Shunday ham bo‘ldi.
31
Xudo O‘zi yaratgan hamma narsaga nazar soldi. Bular juda ajoyib edi. Kech kirib, tong otdi. Oltinchi kun o‘tdi.
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 2 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50