bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Genesis 35
Genesis 35
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 34
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 36 →
1
Xudo Yoqubga dedi: — Qani, otlan, Baytilga ko‘chib ket, o‘sha yerda joylashib, qurbongoh o‘rnat. Sen akang Esovdan qochib ketayotganingda, Men u yerda senga zohir bo‘lgan edim.
2
Yoqub xonadonidagilarga va yonidagilarga aytdi: — Begona xudolaringizni yo‘qotinglar, o‘zlaringizni poklab, toza kiyimlaringizni kiyinglar.
3
Endi bu yerdan ketib, Baytilga boramiz. U yerda men Xudoga qurbongoh quraman. Kulfatda qolganimda, Xudo menga madad bergan edi. Qayerga borsam, U men bilan birga bo‘ldi.
4
Hammalari begona xudolarini, ziraklarini Yoqubga berishdi. Yoqub bu narsalarni Shakam yaqinidagi eman daraxtining ostiga ko‘mdi.
5
Yoqub xonadonidagilarini boshlab yo‘lga tushganda, Xudo butun atrofdagi shaharlar aholisiga qo‘rquv yubordi. Shuning uchun hech kim ularni ta’qib qilmadi.
6
Nihoyat, Yoqub butun xonadonidagilarni boshlab Luz shahriga yetib keldi. (Luz hozir Baytil, deb yuritiladi.)
7
Yoqub bu yerda bir qurbongoh qurib, bu joyni Baytilning Xudosi, deb atadi. Yoqub akasidan qochib ketayotganda, Xudo O‘zini unga shu yerda zohir qilgan edi.
8
Ular shu yerda turganlarida, Rivqoning enagasi Dobira vafot qildi. Uni Baytilning yonidagi eman daraxti ostiga dafn qildilar. O‘shandan buyon bu daraxt Yig‘i daraxti, deb yuritiladi.
9
Yoqub Paddon–Oramdan qaytib kelgandan keyin, Xudo unga yana zohir bo‘ldi va unga marhamat ko‘rsatib, dedi:
10
“Sening isming Yoqub, lekin bundan keyin seni Yoqub, deb chaqirmaydilar, sening isming Isroil bo‘ladi.” Shuning uchun u Isroil, deb nom oldi.
11
Xudo shunday dedi: — Men Qodir Xudoman, barakali bo‘l, nasling ko‘p bo‘lsin. Buyuk xalq, hatto ko‘p xalqlar sendan paydo bo‘ladi. Sen shohlarning bobosi bo‘lasan.
12
Men Ibrohimga va Is’hoqqa va’da qilgan yurtni senga beraman. Sendan keyin bu yerni naslingga beraman.
13
Shundan keyin Xudo Yoqubga gapirgan joyidan ketdi,
14
Yoqub o‘sha joyga yodgorlik toshi o‘rnatdi. So‘ngra yodgorlik toshi ustiga Xudoga atab sharob va zaytun moyi quydi.
15
Yoqub bu joyga Baytil, deb nom berdi.
16
Yoqub bilan uning oilasi Baytildan chiqib, Efrat tomon yo‘l oldilar. Ular Efratga hali yetib bormasdan, Rohilaning ko‘zi yoriydigan payti keldi, uni qattiq to‘lg‘oq tutib qoldi.
17
Rohila to‘lg‘oqdan ko‘p azob chekkandan keyin, nihoyat, doyasi: “Qo‘rqma, yana o‘g‘il tug‘ding”, dedi.
18
Rohila jon berayotganda, oxirgi nafasda o‘g‘lining ismini Beno‘n, deb qo‘ydi. Otasi esa unga Benyamin, deb ism qo‘ydi.
19
Shunday qilib, Rohila vafot etdi va Efrat yo‘lida dafn qilindi. (Efrat hozir Baytlahm, deb yuritiladi.)
20
Yoqub Rohilaning qabriga yodgorlik toshi o‘rnatdi. Bu tosh shu kungacha bor.
21
Shundan keyin Yoqub yana ko‘chib, Eder minorasi ortida chodirini tikdi.
22
Yoqub o‘sha yerda yashayotganda, Ruben otasining cho‘risi Bilxaxning yoniga kirdi. Yoqub buni eshitib qoldi. Yoqubning o‘n ikkita o‘g‘li bor edi:
23
Leaxdan tug‘ilgan o‘g‘illari — Ruben (Yoqubning to‘ng‘ich o‘g‘li), Shimo‘n, Levi, Yahudo, Issaxor va Zabulun.
24
Rohiladan tug‘ilgan o‘g‘illari — Yusuf bilan Benyamin.
25
Rohilaning cho‘risi Bilxaxdan tug‘ilgan o‘g‘illari — Dan bilan Naftali.
26
Leaxning cho‘risi Zilpodan tug‘ilgan o‘g‘illari — Gad bilan Osher. Yoqubning Paddon–Oramda tug‘ilgan o‘g‘illari ana shular edi.
27
Yoqub Mamrega — Xirat–Arbaga otasining uyiga keldi. (Xirat–Arba hozir Xevron, deb yuritiladi.) Ibrohim va Is’hoq Xevronda istiqomat qilib turgan edilar.
28
Is’hoq 180 yil umr ko‘rdi.
29
U keksayib, yoshini yashab olamdan o‘tdi. O‘g‘illari Esov bilan Yoqub uni dafn qilishdi.
← Chapter 34
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 36 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50