bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Genesis 20
Genesis 20
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 19
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 21 →
1
Ibrohim bu yerdan ko‘chib, janubga — Nagav cho‘li tomonga yo‘l oldi va Kadesh bilan Shur oralig‘ida joylashdi. Keyinroq Garorga ketdi. U yerda bir oz yashadi.
2
Ibrohim bu yerdagi odamlarga xotini Sorani, u mening singlim, deb aytar edi. Garor shohi Abumalek odam yuborib, Sorani saroyiga oldirib keldi.
3
Abumalek kechasi tush ko‘rdi. Tushida Xudo zohir bo‘lib, unga dedi: “Sen mana shu xotinni olganing uchun o‘lasan, chunki uning eri bor.”
4
Lekin Abumalek hali Soraga yaqinlashmagan edi. — Yo, Rabbiy! — dedi Abumalek. — Men begunohman–ku! Endi begunoh odamni ham o‘ldiraverasanmi?
5
Ibrohim menga, u mening singlim, dedi–ku! Ayolning o‘zi ham, Ibrohim — mening akam, dedi. Men bu ishni pok ko‘ngil bilan qildim.
6
Xudo Abumalekka tushida yana dedi: — Sening pok ko‘ngilli ekaningni bilaman. Shu sababdan Menga qarshi gunoh qilishdan seni saqladim. Soraga tegishingga yo‘l qo‘ymadim.
7
Endi sen bu ayolni eriga qaytarib ber. Uning eri — payg‘ambar, sen uchun ibodat qiladi. Shunda sen tirik qolasan. Agar bu ayolni eriga qaytarib bermasang, shuni bilib qo‘yki, o‘zing ham, butun oila a’zolaring ham o‘lasizlar.
8
Ertasi kuni saharda Abumalek hamma a’yonlarini chaqirib, ularga bo‘lgan voqeani aytib berdi. Hammalari qattiq vahimaga tushdilar.
9
Keyin Abumalek Ibrohimni chaqirtirdi va unga dedi: — Bizni nima qilib qo‘yding? Senga qarshi qanday gunoh qilibman–a! Men ham, shohligim ham shunchalik og‘ir gunohga botishiga sen sababchi bo‘lding! Sen menga hech qachon hech kim qilishi kerak bo‘lmagan ishni qilding.
10
Abumalek Ibrohimdan: — Nimani o‘ylab bu ishni qilding? — deb so‘radi.
11
— Bu yerda hech kim Xudodan qo‘rqmaydi, xotinimni tortib olish uchun meni o‘ldiradilar, deb o‘yladim, — dedi Ibrohim.
12
— Buning ustiga, u haqiqatan ham mening singlim, otamiz bir, lekin onamiz boshqa–boshqa bo‘lgani uchun unga uylanganman.
13
Xudo meni otamning xonadonidan begona yurtlarga sayohatga olib ketganda, xotinimga shunday degan edim: “Qaysi joyga borsak ham, men to‘g‘rimda gapirganingda, u mening akam, deb aytgin. Shunda menga sodiqligingni ko‘rsatgan bo‘lasan.”
14
Shundan keyin Abumalek mol–qo‘yidan, qul va cho‘rilaridan Ibrohimga berdi. Xotini Sorani ham qaytarib berdi.
15
— Mana, shohligimga qarashli yerlar qarshingda turibdi, — dedi Abumalek. — Qayerda yashashni xohlasang, o‘sha joyni tanlab olaver.
16
Soraga esa shunday dedi: — Mana, akangga ming bo‘lak kumush bilan tovon to‘layapman. Bu kumushlar yoningdagilarga sening pokligingni isbotlaydi.
17
[17-18] Egamiz Sora tufayli Abumalekning xonadonidagi hamma ayolni tug‘maydigan qilib qo‘ygan edi. Ibrohim Xudoga ibodat qildi. Xudo Abumalekka shifo berdi, shuningdek, uning xotini va cho‘rilariga ham shifo berib, ularni tug‘adigan qildi.
← Chapter 19
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 21 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50