bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Genesis 14
Genesis 14
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 13
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 15 →
1
O‘sha paytda quyidagi shohlar bo‘lgan edi: Shinar shohi Omrafil, Elazar shohi Oriyox, Elam shohi Kado‘rlamar, Go‘yim shohi Tidol.
2
O‘sha to‘rtala shoh quyidagi beshta shohga qarshi urush ochdilar: Sado‘m shohi Beraga, G‘amo‘ra shohi Birshaga, Adma shohi Shinavga, Zavo‘yim shohi Shemoverga va Belax shohiga. (Belax hozir Zo‘var, deb yuritiladi.)
3
Ana shu beshta shoh ittifoq tuzib, Siddim vodiysida kuchlarini birlashtirdilar. (Siddim vodiysi hozirgi O‘lik dengizdir.)
4
Bu shohlar o‘n ikki yil davomida Kado‘rlamarga qaram bo‘lib keldilar. O‘n uchinchi yili unga qarshi isyon ko‘tardilar.
5
Bir yildan keyin Kado‘rlamar va uning ittifoqchilari lashkarlari bilan kelib, Ashtaro‘t–Karnayimdagi Rafa xalqini, Xomdagi Zuz xalqini, Xiratayim tekisligidagi Eyim xalqini,
6
Seir tog‘laridagi Xorim xalqini cho‘lning chetidagi El–Porongacha ta’qib qilib borib, mag‘lub qildilar.
7
So‘ngra ular orqaga qaytib, En–Mishpat shahriga keldilar va Omoleklarning butun yerlarini, shuningdek, Xazazon–Tamarda yashayotgan Amor xalqini qo‘lga oldilar. (En–Mishpat hozir Kadesh, deb yuritiladi.)
8
[8-9] Sado‘m, G‘amo‘ra, Adma, Zavo‘yim va Belax (ya’ni Zo‘var) shohlari o‘z lashkarlarini Siddim vodiysida saf torttirib, Elam shohi Kado‘rlamarning va Go‘yim, Shinar va Elazar shohlarining lashkarlariga qarshi jangga tayyor qilib qo‘ydilar. Xullas, to‘rtta shoh beshta shohga qarshi otlandi.
9
***
10
Vodiyda qora saqich to‘ldirilgan chuqurlar ko‘p edi. Sado‘m va G‘amo‘ra shohlari qochib ketayotganlarida, ba’zi lashkarlari o‘sha chuqurlarga yiqilib tushdilar. Tirik qolganlari tog‘larga qochib qutulib qoldilar.
11
Shunday qilib, bosqinchilar Sado‘m va G‘amo‘rani talon–taroj qilib, u yerdagi hamma boyliklarni, g‘amlab qo‘yilgan oziq–ovqatlarini olib, o‘z yo‘llariga ketdilar.
12
Ibromning jiyani Lut Sado‘mda yashayotgan edi. Bosqinchilar Lutning o‘zini asirga olib, uning ham bor narsasini tortib oldilar.
13
Bir odam bosqinchilardan qutulib, ibroniy Ibromning yoniga qochib bordi va bo‘lgan voqeani unga so‘zlab berdi. Ibrom bu paytda Amor xalqidan bo‘lgan Mamre degan odamning emanzori yonida chodir tikkan edi. Mamre va uning Eshko‘l, Onar degan ukalari Ibromning ittifoqchilari edilar.
14
Ibrom Lutning asirga olinganini eshitgach, o‘z xonadonida tug‘ilgan hamma qurolli odamlarni to‘pladi. Ular 318 kishi edi. U Kado‘rlamarning lashkari ortidan quvib, Dan shahrida ularga yetib oldi.
15
Ibrom o‘sha yerda odamlarini guruhlarga bo‘lib, tunda har tomondan ularga hujum qildi. Kado‘rlamarning lashkari qochdi, lekin Ibrom ularni Damashqning shimolidagi Xo‘vax shahrigacha quvlab bordi.
16
Ibrom bilan uning ittifoqchilari hamma narsani — o‘lja olingan narsalarni, Ibromning jiyani Lutni va uning mol–mulkini, ayollarni va boshqa asirlarni qaytarib olib keldilar.
17
Ibrom Kado‘rlamar va uning ittifoqchilari ustidan g‘alaba qilib qaytib kelayotganda, Sado‘m shohi uni kutib olgani Shovey soyligiga keldi. (Shovey soyligi Shoh soyligi, deb ham atalgan.)
18
Salim shohi Maliksidiq non va sharob olib chiqdi. U Xudoyi Taoloning ruhoniysi ham edi.
19
Maliksidiq Ibromni shunday deb duo qildi: “Yeru ko‘kni yaratgan Xudoyi Taolo Ibromga baraka bersin.
20
Yovlaringni qo‘lingga bergan Xudoyi Taologa Hamdu sanolar bo‘lsin.” Ibrom qaytarib olib kelgan hamma narsaning o‘ndan birini Maliksidiqqa berdi.
21
So‘ngra Sado‘m shohi Bera Ibromga shunday dedi: — Odamlarimni o‘zimga qaytarib bersang bo‘ldi, qaytarib olib kelgan hamma narsani o‘zingga olaver.
22
Lekin Ibrom Sado‘m shohiga shunday javob berdi: — Yeru ko‘kni yaratgan Xudoyi Taolo — Egamiz haqi qasam ichib aytamanki,
23
men sening birorta cho‘pingni yoki chorig‘ingning ipini ham olmayman. Aks holda: “Ibromni men boy qilganman”, deb aytishing mumkin.
24
Yigitlarimning yeb–ichganidan tashqari, men sendan hech narsa olmayman. Men bilan birga borgan ittifoqchilarim Onar, Eshko‘l va Mamre ham o‘zlarining ulushlarini olishsin.
← Chapter 13
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 15 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50