bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Genesis 3
Genesis 3
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 2
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 4 →
1
Parvardigor Egamiz hamma yovvoyi hayvonlarni ham yaratgan edi. O‘sha hayvonlar orasida ancha ayyori ilon edi. Ilon xotindan: — Haqiqatan ham Xudo, bog‘dagi bironta daraxtning mevasidan yemanglar, deb aytdimi? — deb so‘radi.
2
Xotin ilonga: — Yo‘g‘–e, biz bog‘dagi hamma daraxtlarning mevasidan yeyishimiz mumkin, — deb javob berdi.
3
— Lekin Xudo, bog‘ o‘rtasidagi daraxtning mevasidan yemanglar ham, tegmanglar ham, yesalaringiz o‘lasizlar, deb aytgan.
4
Ilon esa xotinga: — Yo‘q, o‘lmaysizlar, — dedi.
5
— Chunki Xudo biladiki, sizlar bu mevalardan yesalaringiz, ko‘zlaringiz ochilib, sizlar ham barcha yaxshi va yomon narsalarni biladigan bo‘lib, Xudoga o‘xshab qolasizlar.
6
Xotin qarasaki, o‘sha daraxt ko‘zga chiroyli ko‘rinadi, mevalari juda yeyishli ekan. Xotin: “Qani, endi mevalar menga donolik ato qilsaydi”, deb orzu qildi. U daraxtning mevasidan olib yedi, keyin yonida turgan eriga ham berdi. Eri ham yedi.
7
O‘sha zahoti ikkovining ham ko‘zlari ochilib, ular yalang‘och ekanliklarini anglab yetdilar, anjir barglarini sonlari atrofiga tizib, o‘zlariga yopinchiq yasadilar.
8
Oqshom payti shabada esib turganda, ikkovi bog‘da Parvardigor Egamizning yurganini bildi. Odam va xotini Parvardigor Egamizning nazaridan qochib, bog‘dagi daraxtlar orasiga yashirindilar.
9
Parvardigor Egamiz: “Qayerdasan, ey, odam?” deb chaqirdi.
10
Odam: — Men bog‘da yurganingni bildim–u, yalang‘och bo‘lganim uchun qo‘rqib, yashirindim, — dedi.
11
— Yalang‘och ekaningni senga kim aytdi? — deb so‘radi Xudo. — Men, yemanglar, deb amr etgan daraxtning mevasidan yedingmi?
12
Odam javob berdi: — O‘zing menga bergan xotin o‘sha daraxtning mevasidan menga olib kelgan edi, men ham yedim.
13
Shunda Parvardigor Egamiz xotinga: — Bu nima qilganing? — dedi. — Ilon meni aldadi, men mevadan yedim, — dedi xotin.
14
Parvardigor Egamiz ilonga shunday dedi: “Shu qilmishlaring uchun La’nati bo‘lgaysan barcha jonzotlar orasida Va jamiki yovvoyi hayvonlar orasida. Qorning bilan sudralib yurgaysan, Umring bo‘yi tuproq yegaysan.
15
Dushmanlik paydo qilaman sen bilan xotin o‘rtasida, Sening zoting bilan uning zoti orasida. Uning zoti ezib tashlaydi sening boshingni, Sen chaqib olasan uning tovonini.”
16
Xotinga esa shunday dedi: “Homiladorligingda g‘oyat azob beraman, Mashaqqat ila bola tug‘asan. Ammo eringni qo‘msayverasan, Ering esa hokim bo‘ladi sening ustingdan.”
17
Parvardigor Egamiz odamga shunday dedi: “Xotiningning gapiga kirganing uchun, Men, yema, deb taqiqlagan mevani yeganing uchun, Sen tufayli yerni la’nati qildim. Butun umring bo‘yi timdalab yerni, Yerdan o‘tkazasan tirikchiligingni.
18
Yerning hosili yemishing bo‘lsa ham, Yer sen uchun tikanlaru qushqo‘nmas o‘stiradi.
19
Sen tuproqdan yaralgansan, To tuproqqa qaytguningga qadar, Peshana tering bilan non yeysan. Zero, sen tuproqdirsan Va tuproqqa qaytasan.”
20
Xotin jamiki insonlarning onasi bo‘lgani uchun, Odam Ato unga Momo Havo, deb ism berdi.
21
Odam Ato va uning xotini uchun Parvardigor Egamiz teridan kiyim–kechak yasab, ularni kiyintirib qo‘ydi.
22
Keyin Parvardigor Egamiz shunday dedi: “Mana, inson hamma narsani — yaxshilik va yomonlikni bilib, bizning bittamizga o‘xshab qoldi. Endi u qo‘lini uzatib, hayot ato etuvchi daraxt mevasidan ham olmasin, mevani yeb, abadiy yashaydigan bo‘lib qolmasin.”
23
Shu sababdan Parvardigor Egamiz Odam Atoni va Momo Havoni Adan bog‘idan chiqarib yubordi. U Odam Atoni yerning tuprog‘idan yasagan edi, unga yana o‘sha yerni ishlashga berdi.
24
U Odam Atoni haydab yuborgandan keyin, hayot daraxtiga boradigan yo‘lni qo‘riqlash uchun Adan bog‘ining sharq tomoniga qanotli mavjudotlar — karublarni va doimo aylanib turadigan alangali qilichni o‘rnatdi.
← Chapter 2
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 4 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50