bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Genesis 40
Genesis 40
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 39
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 41 →
1
Bir kuni soqiysi bilan novvoyi Misr fir’avnini qattiq xafa qildi.
2
Fir’avn bu ikkala a’yonidan — soqiy bilan novvoyidan g‘azablanib,
3
ularni ham Yusuf yotgan zindonga qamatib qo‘ydi. Zindon qo‘riqchilar boshlig‘ining uyida edi.
4
Qo‘riqchilar boshlig‘i Yusufni soqiy bilan novvoyning xizmatiga qo‘ydi. Yusuf ularga xizmat qila boshladi. Ular ancha vaqt zindonda qoldilar.
5
Fir’avnning soqiysi bilan novvoyi zindonda yotar ekanlar, bir kuni kechasi ikkovi ham tush ko‘rdilar. Har bir tushning o‘ziga xos ma’nosi bor edi.
6
Ertalab Yusuf ularning yoniga keldi. Ularning yuzi g‘amgin edi. Yusuf buni payqadi.
7
— Nimaga bugun juda g‘amgin ko‘rinasizlar? — deb so‘radi Yusuf ulardan.
8
— Biz tush ko‘rgan edik, bu yerda tushimizni ta’birlab beradigan biron kimsa yo‘q, — deb javob berishdi ular. — Tushlarni ta’birlash Xudodandir, — dedi Yusuf. — Marhamat, tushingizni menga ayting–chi.
9
Avval soqiy tushini Yusufga aytib berdi: — Tushimda tok ko‘ribman. Tok oldimda turgan emish.
10
Tokning uchta novdasi bor ekan. Novdalar darrov kurtak otib, meva tugib uzumlar pishibdi.
11
Fir’avnning qadahi qo‘limda emish. Men uzumlarni olib, fir’avnning qadahiga uzumning sharbatini siqibman. Keyin qadahni fir’avnning qo‘liga beribman.
12
Yusuf unga dedi: — Tushingizning ta’biri shunday bo‘lur: uchta novda — uch kun degani.
13
Uch kun ichida fir’avn sizni zindondan ozod qilib, oldingi mansabingizga qaytaradi: siz yana soqiy bo‘lib, ilgarigiday shohga qadah tutasiz.
14
Lekin sizdan bir iltimos: ishlaringiz yaxshi bo‘lib ketganda, meni ham eslab qo‘ying. Siz menga iltifot ko‘rsatib, fir’avnga men to‘g‘rimda ham eslatib qo‘ying: meni zindondan chiqarib olsin.
15
Men aslida ibroniylar yurtidan o‘g‘irlab keltirilganman. Buning ustiga, yana bu yerda zindondaman, lekin hech qanday aybim yo‘q.
16
Novvoy qarasa, tushning ta’biri yaxshilikka ekan. U Yusufga dedi: — Men ham tush ko‘ribman. Boshimda uchta non savatni olib ketayotgan emishman.
17
Eng tepadagi savatda fir’avnga atalgan pishiriqlarning har turidan bor ekan. Lekin qushlar uchib kelib, boshimdagi savatdan pishiriqlarni cho‘qiyotgan ekan.
18
— Tushingizning ta’biri shunday bo‘lur, — dedi Yusuf. — Uchta savat — uch kun degani.
19
Uch kun ichida fir’avn boshingizni tanangizdan judo qilib, tanangizni tik o‘rnatilgan xodaning uchiga qoqtiradi. Qushlar tanangizni cho‘qib yeydi.
20
Oradan uch kun o‘tgach, fir’avn tug‘ilgan kunida barcha a’yonlariga ziyofat berdi. Soqiysi bilan novvoyini ham zindondan a’yonlari oldiga chaqirtirdi.
21
Fir’avn soqiysini ozod qilib oldingi mansabiga qaytardi. Shunday qilib, soqiy yana fir’avnga qadah tutadigan bo‘ldi.
22
Lekin Yusuf aytganday, fir’avn novvoyning boshini oldirib, jasadini tik o‘rnatilgan xodaning uchiga qoqtirdi.
23
Soqiy esa Yusufni eslamadi, uni unutib yubordi.
← Chapter 39
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 41 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50