bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Genesis 17
Genesis 17
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 16
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 18 →
1
Ibrom to‘qson to‘qqiz yoshga kirganda, Egamiz unga zohir bo‘lib dedi: — Men Qodir Xudoman. Men ko‘rsatgan yo‘ldan yur, har doim pokdil bo‘lib yashagin.
2
Men sen bilan ahd qilaman, senga juda ko‘p nasllar ato qilaman.
3
Ibrom yerga muk tushib ta’zim qildi. Keyin Xudo unga aytdi:
4
Sen bilan qiladigan ahdim shudir: sen ko‘plab xalqlarning otasi bo‘lasan.
5
Endi sening ismingni o‘zgartiraman. Isming endi Ibrom emas, Ibrohim bo‘ladi. Chunki Men seni ko‘plab xalqlarning otasi qilaman.
6
Seni juda ham barakali qilaman, sendan xalqlar yarataman, sendan shohlar kelib chiqadi.
7
Men senga va sendan keyingi nasllaringga bergan va’damda turaman. Bu abadiy ahd bo‘ladi. Men doimo Sening Xudoying, sendan keyingi nasllaringning Xudosi bo‘lib qolaman.
8
Sen musofir bo‘lib yashab turgan mana shu Kan’on yurtining hammasini Men senga va nasllaringga abadiy mulk qilib beraman. Men ularning Xudosi bo‘laman.
9
Xudo Ibrohimga yana dedi: — Sen va sendan keyingi nasllaring avlodlar osha Men bilan qilgan ahdga rioya qilishlaringiz lozim.
10
Sen va sening nasllaring rioya qilishlaringiz kerak bo‘lgan ahdim quyidagichadir: orangizdagi har bir erkak sunnat qilinsin.
11
Sunnat — sen bilan Mening o‘rtamizdagi ahdning belgisi bo‘ladi.
12
Hozirdan boshlab nasllar osha xonadoningdagi har bir o‘g‘il bola tug‘ilgandan keyin sakkiz kun o‘tgach, sunnat qilinsin. Bu faqat sening oila a’zolaringgagina tegishli bo‘lmay, balki xonadoningda tug‘ilgan xizmatkorlaringga va sening naslingdan bo‘lmagan, begonalardan sotib olgan xizmatkorlaringga ham tegishlidir.
13
Xonadoningda tug‘ilgan xizmatkoring ham, sotib olingan xizmatkoring ham sunnat qilinsin. Shunday qilib, Mening sen bilan qilgan ahdim abadiy ekanini tanangizdagi belgi ko‘rsatib turadi.
14
Sunnat qilinmagan erkak xalqim orasidan yo‘q qilinsin. U Mening ahdimni buzgan hisoblanadi.
15
Xudo Ibrohimga yana aytdi: — Xotining Sorayga kelsak, uning ismi bundan keyin Soray bo‘lmasin. Hozirdan boshlab uni Sora, deb chaqir.
16
Men Soraga marhamat ko‘rsataman. Men undan senga o‘g‘il ato qilaman. Ha, Men Soraga shunchalik baraka beramanki, u ko‘p xalqlarning onasi bo‘ladi. Uning nasllari orasidan shohlar chiqadi.
17
Ibrohim muk tushib ta’zim qildi, keyin kulib qo‘ydi–da, o‘ziga o‘zi dedi: “Yuz yoshga kirgan odam bola ko‘rar ekanmi?! Buning ustiga, Sora ham to‘qsonga kirdi, endi bola tug‘armidi.”
18
Ibrohim Xudoga: — Qaniydi, Ismoil Sening marhamating ostida yashasa, — dedi.
19
— Yo‘q, xotining Sora senga o‘g‘il tug‘ib beradi, — dedi Xudo. — Sen o‘g‘lingning otini Is’hoq qo‘yasan. Men o‘g‘ling bilan va uning kelgusi nasli bilan abadiy ahdimni davom ettiraman.
20
Ismoil to‘g‘risida qilgan iltimosingni ham eshitdim. Men unga baraka beraman, uning naslini haddan tashqari ko‘paytiraman. U o‘n ikki yo‘lboshchining otasi bo‘ladi. Undan buyuk xalq keltirib chiqaraman.
21
Lekin Men O‘z ahdimni tug‘iladigan o‘g‘ling Is’hoq bilan qilaman. Kelgusi yili xuddi shu paytda Sora senga Is’hoqni tug‘ib beradi.
22
Xudo Ibrohim bilan gaplashib bo‘lgach, uning yonidan ketdi.
23
O‘sha kuniyoq Ibrohim Xudo amr etganday qildi: o‘g‘li Ismoilni, xonadonida tug‘ilgan xizmatkorlarini, begonalardan sotib olgan xizmatkorlarini — xonadonidagi hamma erkakni sunnat qildi.
24
Ibrohim sunnat bo‘lganda, to‘qson to‘qqiz yoshda,
25
o‘g‘li Ismoil o‘n uch yoshda edi.
26
Ibrohim bilan o‘g‘li bir kunda sunnat qilindilar.
27
Shunday qilib, Ibrohimning xonadonidagi jamiki erkak zoti ham u bilan birga sunnat qilindi.
← Chapter 16
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 18 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50