bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Genesis 13
Genesis 13
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 12
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 14 →
1
Shunday qilib, Ibrom xotinini, jiyani Lutni va bor mol–mulkini olib, Misrdan chiqdi va shimolga — Nagav cho‘liga yo‘l oldi.
2
Ibrom endi juda boyib ketgan, mol–qo‘ylari, kumushu oltini ko‘p edi.
3
U Nagav cho‘lidan Baytilga borgunicha bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yurdi. Nihoyat, Baytil bilan Ay oralig‘iga yetib keldi. U oldin ham shu yerda chodir tikib,
4
qurbongoh qurgan edi. Ibrom o‘sha yerda yana Egamizga sajda qildi.
5
Ibrom bilan birga ketayotgan Lut ham juda boy bo‘lib, mol–qo‘ylari, ko‘plab chodirlari bor edi.
6
Ikkovlari chorvasi bilan bir joyda yashashlari uchun yer torlik qilib qoldi.
7
Qolaversa, Ibromning cho‘ponlari bilan Lutning cho‘ponlari o‘rtasida janjal chiqib qoldi. Bu paytda o‘sha yurtda Kan’on va Pariz xalqlari yashardilar.
8
Shunda Ibrom Lutga dedi: — Mening cho‘ponlarim bilan sening cho‘ponlaring o‘rtasida janjal bo‘lmasligi kerak. Axir, biz yaqin qarindoshlarmiz.
9
Nima qilishimiz lozimligini men senga aytay. Sen mana shu yerdan yaxshi joyini keragicha tanlab ol, keyin bir–birimizdan ajralaylik. Agar sen chap tomonga ketsang, men o‘ng tomonga ketaman, agar sen o‘ng tomonga ketsang, men chap tomonga ketaman.
10
Lut Zo‘var tomondagi Iordan vodiysining serhosil tekisliklariga qaradi. Hammayoq sersuv, go‘yo Egamiz yaratgan boqqa va Misrning ajoyib yerlariga o‘xshardi. Egamiz Sado‘m va G‘amo‘ra shaharlarini vayron qilmasdan oldin vodiy shunaqa edi.
11
Shunday qilib, Lut Iordan tekisliklarini tanladi va sharq tomonga ketdi. Shu tariqa Ibrom bilan Lut bir–biridan ayrildilar.
12
Ibrom Kan’on yurtida o‘rnashdi, Lut esa Iordan tekisliklaridagi shaharlar orasiga o‘rnashib, chodirlarini Sado‘m yoniga ko‘chirdi.
13
Sado‘m aholisi qabihlik qilishar, Egamiz oldida qattiq gunohkor edilar.
14
Lut Ibromdan ayrilib ketgandan keyin, Egamiz Ibromga dedi: — Mana shu turgan joyingdan shimolga, janubga, sharqqa va g‘arbga qara.
15
Sen ko‘rib turgan hamma yerni senga va sening naslingga abadiy mulk qilib beraman.
16
Men sening naslingni yerdagi qumday ko‘paytiraman. Kimki yerdagi qumni sanay olsa, sening naslingni ham sanay oladi.
17
Qani, otlan, yurtni aylanib chiq. Men bu yurtni senga mulk qilib beraman.
18
Shunday qilib, Ibrom chodirini yig‘ishtirib, Xevrondagi Mamre nomli muqaddas emanzor yoniga keldi va o‘sha yerda o‘rnashdi. U yerda Egamizga qurbongoh qurdi.
← Chapter 12
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 14 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50