bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Genesis 11
Genesis 11
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 10
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 12 →
1
Butun yer yuzida bitta til bo‘lib, hamma odamlar bir xil so‘zlashardilar.
2
Odamlar sharqdan ko‘chib, Shinar yeridagi bir tekislikka keldilar va o‘sha yerda joylashdilar.
3
Odamlar bir–birlariga: “Kelinglar, g‘isht quyib, yaxshilab pishiraylik”, dedilar. Shunday qilib, ular qurilish uchun g‘ishtdan, qorishma uchun qora saqichdan foydalanadigan bo‘ldilar.
4
Keyin odamlar aytdilar: “Kelinglar, o‘zimiz uchun shahar quraylik, shahar minorasining cho‘qqilari osmonga tegib tursin. Shu tariqa nom tarataylik. Aks holda biz butun yer yuziga tarqalib ketamiz.”
5
Odamlar qurayotgan shaharni va minorani ko‘rish uchun Egamiz pastga tushdi.
6
Egamiz dedi: “Qaranglar, hammasi bitta xalq, hammasining tili bir! Bu hali ular qilmoqchi bo‘lgan ishning boshlanishi, xolos. Hademay, ular ko‘ngliga kelgan ishni qilishga qodir bo‘ladilar.
7
Qani, pastga tushaylik–da, ularning tilini aralashtirib yuboraylik, toki birining gapini ikkinchisi tushunolmay qolsin.”
8
Shunday qilib, Egamiz ularni bu yerdan butun yer yuzi bo‘ylab tarqatib yubordi. Odamlar shahar qurilishini to‘xtatdilar.
9
Egamiz hamma odamlarning tilini shu yerda chalkashtirib, ularning o‘zlarini butun yer yuziga tarqatib yuborgani uchun, shaharning nomi Bobil bo‘lib qoldi.
10
Somning nasl–nasabi tarixi quyidagichadir: Som 100 yoshga kirganda, o‘g‘li Arpaxshodni ko‘rgan edi. Arpaxshod tug‘ilganda, to‘fon bo‘lib o‘tganiga ikki yil bo‘lgan edi.
11
Arpaxshod tug‘ilgandan keyin, Som 500 yil yashab, yana o‘g‘il–qizlar ko‘rdi.
12
Arpaxshod 35 yoshida o‘g‘li Shilaxni ko‘rgan edi.
13
Shilax tug‘ilgandan keyin, Arpaxshod 403 yil yashab, yana o‘g‘il–qizlar ko‘rdi.
14
Shilax 30 yoshida o‘g‘li Ibirni ko‘rgan edi.
15
Ibir tug‘ilgandan keyin, Shilax 403 yil yashab, yana o‘g‘il–qizlar ko‘rdi.
16
Ibir 34 yoshida o‘g‘li Palaxni ko‘rgan edi.
17
Palax tug‘ilgandan keyin, Ibir 430 yil yashab, yana o‘g‘il–qizlar ko‘rdi.
18
Palax 30 yoshida o‘g‘li Ravuni ko‘rgan edi.
19
Ravu tug‘ilgandan keyin, Palax 209 yil yashab, yana o‘g‘il–qizlar ko‘rdi.
20
Ravu 32 yoshida o‘g‘li Sarug‘ni ko‘rgan edi.
21
Sarug‘ tug‘ilgandan keyin, Ravu 207 yil yashab, yana o‘g‘il–qizlar ko‘rdi.
22
Sarug‘ 30 yoshida o‘g‘li Naxo‘rni ko‘rgan edi.
23
Naxo‘r tug‘ilgandan keyin, Sarug‘ 200 yil yashab, yana o‘g‘il–qizlar ko‘rdi.
24
Naxo‘r 29 yoshida o‘g‘li Terahni ko‘rgan edi.
25
Terah tug‘ilgandan keyin, Naxo‘r 119 yil yashab, yana o‘g‘il–qizlar ko‘rdi.
26
Terah 70 yoshdan o‘tgandan keyin o‘g‘illari Ibrom, Naxo‘r va Xaronni ko‘rgan edi.
27
Terahning nasl–nasabi tarixi quyidagichadir: Terahdan Ibrom, Naxo‘r va Xaron tug‘ildilar. Xarondan Lut tug‘ildi.
28
Terah hali hayot ekan, Xaron otasidan oldin o‘z tug‘ilgan yurtida — Xaldeydagi Ur shahrida olamdan o‘tdi.
29
Ibrom — Soray degan qizga, Naxo‘r — Milxo degan qizga uylandilar. Milxo Xaronning qizi edi. Milxoning Iskax degan singlisi ham bor edi.
30
Soray bepusht bo‘lib, bolasi yo‘q edi.
31
Terah o‘g‘li Ibromni, Xaronning o‘g‘li — nabirasi Lutni, Ibromning xotini — kelini Sorayni ergashtirib, Xaldeydagi Ur shahridan chiqib, Kan’on yurtiga qarab yo‘l oldi. Ular Xoron shahriga kelishgach, o‘sha yerda o‘rnashdilar.
32
Terah 205 yoshida Xoronda olamdan o‘tdi.
← Chapter 10
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 12 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50