bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Genesis 34
Genesis 34
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 33
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 35 →
1
Bir kuni Yoqubning Leaxdan ko‘rgan qizi Dina shu yerlik qizlarni ko‘rishga bordi.
2
Bu yerning begi Xamo‘r bo‘lib, u Xiv urug‘idan edi. Xamo‘rning o‘g‘li Shakam qizni ko‘rib qolib, ushladi va uning nomusiga tegdi.
3
Shakam Dinani qattiq sevib qoldi, qizning sevgisini qozonishga harakat qildi.
4
Otasiga: “Shu qizni menga olib bering”, deb aytdi.
5
Yoqub qizining nomusi toptalganini eshitdi. Yoqubning o‘g‘illari esa dalada mol–qo‘ylarini boqib yurgan edilar. Ular qaytib kelgunlaricha Yoqub o‘zini bosib turdi.
6
Shakamning otasi Xamo‘r bu ish yuzasidan gaplashgani Yoqubning oldiga keldi.
7
Shu paytda Yoqubning o‘g‘illari daladan kelib qolishdi. Singillari sharmanda bo‘lganini eshitishdi–yu, qattiq g‘azablanib, tutaqib ketdilar. Shakam Yoqubning qizini bulg‘ab, Isroilda sharmandali ish qilgan edi. Bunday ish hech bo‘lmasligi kerak edi.
8
Xamo‘r ularga: — O‘g‘lim Shakamning qizingizga ishqi tushib qolibdi, iltimos, qizingizni o‘g‘limga bersangizlar, — dedi.
9
— Bir–birimiz bilan quda–andachilik qilaylik, qizlaringizni o‘g‘illarimizga olib beraylik, o‘g‘illaringizga qizlarimizni olib beringlar.
10
Shunda yurtimizda biz bilan birga yashayverasizlar, xohlagan yeringizda yashayverasizlar, bemalol savdo–sotiq qilaverasizlar, yerlarimizdan o‘zlaringizga mulk orttirasizlar.
11
Shakam ham Dinaning otasi bilan akalariga iltimos qilib, dedi: — Menga muruvvat qilinglar, Dinani menga beringlar, evaziga istagan narsalaringizni beraman.
12
Qancha qalin yoki sovg‘a talab qilasizlar — men uchun ahamiyati yo‘q, beraman. Faqat qizingizga uylansam bo‘ldi.
13
Shakam Dinani sharmanda qilgani uchun, Shakam bilan Xamo‘rni Dinaning akalari aldadilar.
14
Ular Shakam bilan Xamo‘rga dedilar: — Singlimizni qandaydir sunnatsiz odamga berolmaymiz. Agar bersak, biz isnodga qolamiz.
15
Biz faqat bir shart bilan rozi bo‘lamiz: hamma erkaklaringiz bizga o‘xshab sunnat qilinishlari kerak.
16
Shunda biz qizlarimizni sizlarga beramiz, sizlarning qizlaringizni olamiz. Sizlarning orangizda yashab, sizlar bilan bir xalq bo‘lamiz.
17
Lekin bizning shartimizga ko‘nmasdan, sunnat qilinmasalaringiz, singlimizni olib ketamiz.
18
Ularning gapiga Xamo‘r bilan Shakam bajonidil rozi bo‘lishdi.
19
Shakam Dinaga xushtor bo‘lib qolganidan, bu talabni bajarishni tezlashtirdi. U oilasida eng hurmatga sazovor odam edi.
20
Xamo‘r bilan Shakam shahar darvozasiga kelib, shaharning oqsoqollariga shunday deyishdi:
21
— U odamlar — bizning do‘stlarimiz. Ular bizning yurtimizda yashab, savdo–sotiq qilaversinlar. Yurtimiz keng, ularga ham yetadi. Shunda bir–birimiz bilan qiz olib, qiz berishamiz.
22
Ular faqat bir shart bilan bizning oramizda yashab, biz bilan bir xalq bo‘lishga rozi: oramizdagi hamma erkaklar, ular singari, sunnat bo‘lishlari kerak ekan.
23
Agar biz shunday qilsak, ularning hamma qo‘y–echkilari, mol–mulki bizniki bo‘ladi. Kelinglar, ularning aytganlariga rozi bo‘laylik, toki ular bizning oramizda yashab qolishsin.
24
Shahar darvozasiga borganlar Xamo‘r bilan uning o‘g‘li Shakamning gaplarini eshitgach, rozi bo‘ldilar. Butun shahar erkaklari sunnat qilindilar.
25
Oradan uch kun o‘tdi. Shaharning hamma erkaklari sunnat qilinganlari uchun hali ham og‘rib yotgan edilar. Yoqubning ikki o‘g‘li — Dinaning akalari Shimo‘n bilan Levi qilichlarini oldilar va bamaylixotir shaharga kirdilar. Shahardagi hamma erkakni o‘ldirdilar.
26
Xamo‘r bilan uning o‘g‘li Shakamni ham o‘ldirib, Shakamning uyidan Dinani olib ketdilar.
27
Yoqubning qolgan o‘g‘illari, singlimizni sharmanda qilganlari uchun qasos olamiz, deb jasadlarni talab, shaharni talon–taroj qildilar.
28
Ular shahardagi va dalalardagi jamiki qo‘y–echkilarni, mol podalarini, eshaklarni olib ketdilar.
29
Shahar xalqining hamma boyliklarini, uylaridagi hamma narsasini o‘lja qilib, bolalarini va ayollarini asir qilib olib ketdilar.
30
Shunda Yoqub Shimo‘n bilan Leviga dedi: — Sizlar boshimga balo keltirdingiz. Endi bu yurtdagi Kan’on va Pariz xalqlari, qolaversa, hamma meni yomon ko‘radi. Biz ozchilik bo‘lsak, axir. Ular birgalashib hujum qilib qolgudek bo‘lsa, hammamiz qirilib ketamiz–ku!
31
Shunda o‘g‘illar: — Singlimizga fohishaday muomala qilishiga yo‘l qo‘ymaymiz! — deb e’tiroz bildirdilar.
← Chapter 33
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 35 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50