bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Genesis 21
Genesis 21
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 20
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 22 →
1
Egamiz bergan va’dasi bo‘yicha Soraga marhamat qildi.
2
Sora homilador bo‘lib, Ibrohimga qarigan chog‘ida o‘g‘il tug‘ib berdi. Bularning hammasi Xudo aytgan vaqtda yuz berdi.
3
Ibrohim o‘g‘liga Is’hoq, deb ism qo‘ydi.
4
Xudo amr qilganday, Is’hoq sakkiz kunlik bo‘lganda, Ibrohim uni sunnat qildi.
5
Is’hoq tug‘ilganda, Ibrohim yuz yoshda edi.
6
Sora dedi: “Xudo menga shodlik va kulgi ato qildi, bu haqda eshitgan har kim men bilan birga kuladi.
7
Kim ham, Sora chaqaloqni emizadi, deb Ibrohimga aytar edi?! Axir, Ibrohimga qarigan chog‘ida o‘g‘il tug‘ib berdim–ku.”
8
Vaqt o‘tib, Is’hoq katta bo‘lib qolgach, Sora uni ko‘krakdan chiqardi. Bu baxtli kunni nishonlab, Ibrohim katta ziyofat berdi.
9
Misrlik Hojarning Ibrohimga tug‘ib bergan o‘g‘li Ismoil Is’hoqni masxara qilayotganini Sora ko‘rib qoldi.
10
Sora Ibrohimga: — Bu cho‘rini o‘g‘li bilan birga haydab yuboring! — deb talab qildi. — Cho‘rining o‘g‘li mening o‘g‘lim bilan merosxo‘r bo‘lmasin.
11
Bu gapdan Ibrohim juda xafa bo‘ldi, axir, Ismoil ham uning o‘g‘li edi–da.
12
Lekin Xudo Ibrohimga dedi: — Bola va cho‘ri xotining uchun tashvish tortma. Soraning aytganlarini qil. Chunki Men senga va’da qilgan nasling Is’hoq orqali kelib chiqadi.
13
Cho‘ri xotiningning bolasi sening ham o‘g‘ling bo‘lgani uchun, Men unga ham farzandlar ato etib, undan xalqlar yarataman.
14
Ibrohim ertasiga saharda turdi. Bir oz yegulik va bir mesh suv olib, Hojarning yelkasiga yukladi–da, o‘g‘li bilan birga jo‘natib yubordi. Hojar Bersheva atroflarida cho‘lda bemaqsad izg‘ib yurdi.
15
Meshdagi suv tamom bo‘lgach, Hojar bolasini bir butaning tagida qoldirdi.
16
So‘ngra: “Bolamning o‘lishini ko‘rmayin”, deb bolasidan bir o‘q otimi nariga borib o‘tirdi. Hojar o‘sha yerda o‘tirib, yig‘lab, faryod qila boshladi.
17
Xudo bolaning yig‘isini eshitdi. Xudoning farishtasi osmondan Hojarni chaqirib, unga dedi: — Nimaga g‘am chekyapsan, Hojar? Qo‘rqma, sen bolani qoldirib ketgan joydan Xudo uning yig‘isini eshitdi.
18
Qani, bolani turgiz, uning qo‘lidan ushla. Men uning naslidan buyuk xalq yarataman.
19
Xudo Hojarning ko‘zini ochib yuborgan edi, u bir quduqni ko‘rdi. Borib, meshni suvga to‘ldirib keldi–da, bolasiga ichirdi.
20
Xudo doimo bola bilan birga bo‘ldi. Bola Poron cho‘lida o‘sib–ulg‘aydi. U mohir kamonkash bo‘ldi.
21
Onasi uni Misr yurtidan bir qizga uylantirdi.
22
Bir kuni Abumalek lashkarboshisi Pixol bilan birga Ibrohimning oldiga bordi va unga dedi: — Sen har qanday ishni qilganingda ham Xudo sen bilan birga.
23
Endi Xudoning nomini o‘rtaga qo‘yib, seni, bolalaringni, naslingni aldamayman, deb qasam ich. Men senga sodiqligimni ko‘rsatdim. Shuning uchun hozir, senga va men istiqomat qilib turgan shu yurtingga sodiq bo‘laman, deb qasam ich.
24
— Qasam ichaman, — dedi Ibrohim.
25
Shunda Ibrohim Abumalekka: “Xizmatkorlaring zo‘rlik bilan mening qudug‘imni tortib olishdi”, deb shikoyat qilib qoldi.
26
— Bu haqda birinchi marta eshityapman, — dedi Abumalek. — Sen menga bu haqda aytmagan eding. Bu ishni kim qilganini bilmayman.
27
Shunday qilib, Ibrohim Abumalekka mol–qo‘ylar berdi va ikkalasi ahd qildilar.
28
Ibrohim yettita urg‘ochi qo‘zini suruvdan ajratib oldi.
29
Abumalek Ibrohimdan: — Sen yettita urg‘ochi qo‘zini ajratib olding, buning ma’nosi nima? — deb so‘radi.
30
Ibrohim shunday javob berdi: — Mana shu yettita urg‘ochi qo‘zini sen qo‘limdan olishing kerak, toki bu quduqni o‘zim qaziganimni bular isbotlaydi.
31
Shunday qilib, ikkovlari qasamyod qilishdi. Shuning uchun bu joy hozirgacha Bersheva, deb yuritiladi.
32
Ular ahd qilganlaridan keyin, Abumalek o‘z lashkarboshisi Pixol bilan Filistlar yeriga qaytib ketdi.
33
Ibrohim Bershevada tamarisk daraxti o‘tqazdi va u yerda abadiy Xudo — Egamizga sajda qildi.
34
Ibrohim Filistlar yerida ancha vaqt turib qoldi.
← Chapter 20
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 22 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50