bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Genesis 32
Genesis 32
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 31
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 33 →
1
Yoqub oila a’zolarini boshlab yo‘lda ketayotgan edi, Xudoning farishtalari unga duch kelib qoldi.
2
Yoqub ularni ko‘rib: “Bu Xudoning lashkargohi!” dedi. Shuning uchun bu joyga Moxanayim, deb nom berdi.
3
Yoqub borishidan oldin Seir, ya’ni Edom yurtida istiqomat qilayotgan akasi Esovga xabarchilarni yubordi.
4
Yoqub xabarchilarga shunday ko‘rsatma bergan edi: — Esov hazratlariga shunday deb aytinglar: “Qulingiz Yoqub aytmoqdaki, u shu paytgacha Lobonning xonadonida yashadi.
5
Endi mollar, eshaklar, qo‘y–echkilar, qul va cho‘rilarga ega bo‘ldi. Kelayotganidan sizni xabardor qilish uchun bizni xabarchi qilib yubordi. Uning umidi shuki, siz unga mehr–muruvvat ko‘rsatsangiz.”
6
Xabarchilar qaytib kelib, Yoqubga shunday dedilar: “Akangiz Esovning oldiga bordik. U sizni kutib olishga kelyapti, yonida to‘rt yuzta odami ham bor.”
7
Yoqub bu xabarni eshitdi–yu, qo‘rqib, vahimaga tushdi. Xonadonidagi odamlarini, qo‘y–echkilarini, mol podalarini, tuyalarini ikki qismga bo‘ldi.
8
U: “Agar Esov kelib, bitta qismni qirib tashlasa, narigi qismi qutulib omon qoladi–ku”, deb o‘yladi.
9
Keyin Yoqub ibodat qildi: — Ey, bobom Ibrohimning, otam Is’hoqning Xudosi! Ey, Egam! Menga: “O‘z yurtingga, qarindoshlaring oldiga qaytib bor, senga omad keltiraman”, deb va’da bergan eding.
10
Men, qulingga ko‘rsatgan sadoqatingga, inoyatingga loyiq emasman. Ilgari Iordan daryosini kechib o‘tganimda, tayog‘imdan boshqa hech narsam yo‘q edi. Endi oila a’zolarim ikki qo‘rg‘onni to‘ldiradigan bo‘ldi.
11
Iltijo qilaman, meni akam Esovning qo‘lidan qutqargin. U kelib, men bilan birga xotinlarimni, bolalarimni o‘ldiradi, deb qo‘rqaman.
12
Sen esa menga: “Senga omad keltiraman, sening naslingni dengizdagi qumdek ko‘paytiraman, ko‘pligidan naslingni sanab bo‘lmaydi”, deb va’da bergan eding. Iltijo qilaman, va’dangni yodingda tut.
13
[13-15] Yoqub tunni o‘sha yerda — ibodat qilgan joyda o‘tkazdi. Keyin suruvidan akasi Esovga ikki yuzta ona echki, yigirmata taka, ikki yuzta sovliq va yigirmata qo‘chqor, o‘ttizta sog‘in tuyani bo‘taloqlari bilan, qirqta sigir va o‘nta buqa, yigirmata mocha eshak va o‘nta erkak eshakni hadya qilish uchun tanlab oldi.
14
***
15
***
16
Yoqub bu hayvonlarni podalarga bo‘lib, xizmatkorlariga topshirar ekan, ularga shunday dedi: — Mendan oldin yuringlar, har bir podaning orasida bo‘sh masofa qoldiringlar.
17
U eng oldingi podani haydab borayotgan xizmatkoriga shunday ko‘rsatma berdi: — Esov akam seni uchratib qolib: “Kimning xizmatkorisan? Qayerga ketyapsan? Oldingdagi poda kimniki?” deb so‘raganda,
18
sen: “Bu podalar qulingiz Yoqubniki, bularni siz, to‘ramga, hadya qilib yubordilar, o‘zi ham orqamizda kelyaptilar”, deb aytgin.
19
Yoqub podani haydab borayotgan ikkinchi, uchinchi, xullas, hamma xizmatkorlariga ham bir xil ko‘rsatma berib: — Esovni uchratib qolganingizda, o‘sha gaplarimni aytinglar, — dedi.
20
“Qulingiz Yoqub orqamizda kelyaptilar”, deb albatta aytinglar, — deb ta’kidladi. Chunki Yoqub: “O‘zimdan oldin yuborgan hadyalarim bilan Esov akamning ko‘nglini yumshataman, u bilan yuzma–yuz uchrashganimizda, meni kechirsa ajabmas”, deb umid qilayotgan edi.
21
Shunday qilib, Yoqub o‘zi borishidan oldin, hadyalarni jo‘natib yubordi va bu kechani chodir tikkan joyda o‘tkazdi.
22
O‘sha kuni tunda Yoqub o‘rnidan turdi. Ikkala xotinini, ikkala cho‘risini, o‘n bitta bolasini Yavoq daryosi kechuvidan o‘tkazdi.
23
Ular daryoning narigi qirg‘og‘iga o‘tib bo‘lganlaridan keyin, butun mol–mulkini ham o‘tkazdi.
24
Yoqub daryoning bu tomonida yolg‘iz o‘zi qoldi. O‘sha yerda bir odam bilan tong otguncha kurashdi.
25
O‘sha odam ko‘rdiki, Yoqubni mag‘lub qila olmas ekan. Bir payt u Yoqubning bo‘ksasiga bir urgan edi, soni bo‘g‘inidan chiqib ketdi.
26
— Meni qo‘yib yubor, tong otyapti, — dedi o‘sha odam. — Meni duo qilmasang, ketkizmayman, — hansirab dedi Yoqub.
27
— Isming kim? — deb so‘radi o‘sha odam. — Yoqub, — deb javob berdi u.
28
— Bundan keyin sening isming Yoqub emas, Isroil bo‘lsin, — dedi o‘sha odam. — Chunki sen Xudo va insonlar bilan olishib, g‘olib chiqding.
29
— Iltimos, ismingni ayt! — dedi Yoqub. — Nimaga Mening ismimni so‘rayapsan? — deb so‘radi o‘sha odam. Shunday dedi–yu, u Yoqubni duo qildi.
30
Yoqub: “Xudo bilan yuzma–yuz bo‘libman–u, hayotim saqlanib qolibdi–ya”, deb bu joyga Paniyol, deb nom berdi.
31
Yoqub Paniyoldan ketayotganda, quyosh chiqqan edi. Soni og‘riyotgani uchun, u oqsoqlanib yurardi.
32
O‘sha odam Yoqubning bo‘ksasiga urgani sababli, Isroil xalqi o‘sha tunda yuz bergan voqeaning xotiri uchun bugungacha son go‘shtini yemaydi.
← Chapter 31
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 33 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50