bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Genesis 29
Genesis 29
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 28
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 30 →
1
Yoqub yo‘lida davom etib, nihoyat, sharqdagi yurtga yetib keldi.
2
U dashtda bir quduqni uzoqdan turib ko‘rdi. Quduq yonida uch to‘p poda yotardi. Chorva shu quduqdan sug‘orilar, quduqning og‘zi kattakon tosh bilan yopib qo‘yilardi.
3
Cho‘ponlar hamma qo‘y–echkilarni u yerga haydab kelganlaridan keyin, quduqning og‘zidagi toshni surishib, qo‘ylarni sug‘orishardi–da, quduqning og‘zini yana o‘sha tosh bilan berkitib qo‘yishardi.
4
Yoqub cho‘ponlarning oldiga borib, ulardan: — Birodarlar, qayerliksizlar? — deb so‘radi. — Xorondanmiz, — deb javob berishdi ular.
5
— Lobon degan odamni taniysizlarmi? — deb so‘radi Yoqub, — u Naxo‘rning nabirasi bo‘ladi. — Ha, taniymiz, — deb javob berishdi cho‘ponlar.
6
— Lobon tinch–omonmi? — deb so‘radi Yoqub. — Yaxshi, — deb javob berishdi cho‘ponlar. — Ana, uning qizi Rohila ham qo‘ylarini haydab shu yoqqa kelyapti.
7
— Suruvni bir joyga to‘plabsizlar, oqshomgacha hali erta, hozir payti emas–ku! — dedi Yoqub. — Qo‘ylarni sug‘orib, o‘tlatgani qaytarib olib bormaysizlarmi?
8
Cho‘ponlar shunday javob berishdi: — Hamma suruvni bu yerga to‘plab, toshni quduqning og‘zidan surganimizdan keyingina qo‘ylarni sug‘oramiz.
9
Yoqub cho‘ponlar bilan gaplashib turganda, Rohila otasining qo‘ylarini haydab kelib qoldi. Rohila cho‘ponlik qilardi.
10
Yoqub tog‘asi Lobonning qizi Rohilani va uning qo‘ylarini ko‘rdi. Quduq yoniga borib, quduq og‘zidagi toshni surdi–da, tog‘asining qo‘ylarini sug‘ordi.
11
Keyin Rohilani o‘pdi, xursandchiligidan ko‘zlariga yosh keldi.
12
— Men otangning jiyani, ammang Rivqoning o‘g‘liman, — deb Yoqub o‘zini tanishtirdi. Rohila yugurib borib, otasiga xabar berdi.
13
Lobon, singlimning o‘g‘li kelibdi, deb eshitdi–yu, o‘sha zahoti, Yoqubni kutib olishga shoshildi. Yoqub bilan quchoqlashib ko‘rishdi. Lobon Yoqubni uyiga olib keldi. Yoqub boshidan kechirganlarini tog‘asiga aytib berdi.
14
— Sen mening jigarimsan, oilamning bir a’zosisan, — dedi Lobon. Yoqub Lobonnikida bir oy turgandan keyin,
15
Lobon unga dedi: — Sen mening qarindoshim bo‘lsang ham, tekinga ishlamasliging kerak. Ayt–chi, xizmat haqingga nima istaysan?
16
Lobonning ikki qizi bo‘lib, kattasining ismi — Leax, kichiginiki — Rohila edi.
17
Leaxning ko‘zlari chiroyli, Rohila esa har jihatdan go‘zal — yuzlari chiroyli, qaddi–qomati kelishgan edi.
18
Yoqub Rohilani sevardi, shuning uchun: “Men sizga kichik qizingiz Rohila uchun yetti yil xizmat qilib beraman”, dedi.
19
Shunda Lobon unga dedi: — Mayli, roziman, qizimni begonaga berganimdan ko‘ra, senga berganim yaxshi–ku. Menikida qolaver.
20
Shunday qilib, Yoqub Rohilaga qalin uchun yetti yil xizmat qildi. Lekin Yoqubning Rohilaga bo‘lgan sevgisi shunchalik kuchli ediki, yetti yil bir necha kunday tuyuldi.
21
Nihoyat, Yoqub Rohilaga uylanadigan payt ham keldi. — Men shartni bajardim, — dedi Yoqub Lobonga. — Endi qizingizga uylanishimga ijozat bering.
22
Lobon butun yurt aholisini to‘plab, ziyofat berdi.
23
[23-24] Lekin o‘sha kuni kechasi Lobon Rohilaning o‘rniga, to‘ng‘ich qizi Leaxni Yoqubga berdi. Leaxga xizmat qilsin, deb Lobon o‘zining Zilpo degan cho‘risini Leaxga berdi. Yoqub Leaxning yoniga kirdi.
24
***
25
Yoqub ertalab turib qarasa, yonida Leax yotibdi! — Bu nima qilganingiz?! — dedi Yoqub g‘azablanib Lobonga. — Men sizga yetti yil Rohila uchun xizmat qildim–ku! Nimaga meni aldadingiz?
26
Bizning yurtdagi odat bo‘yicha, katta qizdan oldin kichigi turmushga berilmaydi, — deb javob berdi Lobon.
27
— Bir haftada bu qizimning to‘yi tantanasi tugaydi, kutib tur. Agar menga yana yetti yil xizmat qilib beradigan bo‘lsang, xizmating evaziga kichkinasini ham senga beraman.
28
Yoqub rozi bo‘ldi. Bir haftadan keyin Yoqub bilan Leaxning to‘yi tantanasi tugadi. Lobon Rohilani ham Yoqubga berdi.
29
Lobon o‘zining Bilxax degan cho‘risini qizi Rohilaga bergan edi.
30
Shunday qilib, Yoqub Rohilaning yoniga kirdi. U Leaxdan ko‘ra, Rohilani ko‘proq yaxshi ko‘rardi. Yoqub Lobonga yana yetti yil xizmat qilib berdi.
31
Yoqub Leaxga ko‘ngilsiz ekanini Egamiz ko‘rib turardi. Shuning uchun U Leaxni tug‘ishga qodir qildi, Rohila esa befarzand o‘taverdi.
32
Leax homilador bo‘lib, o‘g‘il tug‘di. U: “ Egam mening baxtsizligimni ko‘rdi, endi erim menga albatta ko‘ngil qo‘yadi”, deb o‘g‘lining ismini Ruben qo‘ydi.
33
Leax homilador bo‘lib, yana o‘g‘il tug‘di. “Erim menga ko‘ngilsizligini Egam eshitib, yana bir o‘g‘il berdi”, deb o‘g‘lining ismini Shimo‘n qo‘ydi.
34
Leax yana homilador bo‘ldi va yana o‘g‘il tug‘di. U: “Erimga uchta o‘g‘il tug‘ib berdim, endi u albatta menga bog‘lanib qoladi”, deb o‘g‘lining ismini Levi qo‘ydi.
35
Leax yana homilador bo‘lib, yana o‘g‘il tug‘di. U: “Endi Egamga hamdu sano aytaman”, deb o‘g‘lining ismini Yahudo qo‘ydi. Shundan keyin u bola tug‘ishdan qoldi.
← Chapter 28
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 30 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50